Elektr hisoblagich — maʼlum vaqt oraligʻida sarflangan elektr energiyasini hisoblaydigan elektr oʻlchash asbobi. Oʻzgarmas tok va oʻzgaruvchan tok Elektr hisoblagich lari bor. Oʻzgarmas tok zanjirida magnitoelektrik, ferrodinamik, elektrolitik va elektrodinamik sistemalar, oʻzgaruvchan tok zanjirida induksion (aktiv va reaktiv energiyani hisobga oladigan) Elektr hisoblagichlar ishlatiladi. Elektrolitik sistemadan boshqa hamma sistemalarda Elektr hisoblagich mikroelektr dvigateldan iborat boʻlgani uchun ular koʻpincha motorli Elektr hisoblagich deb ataladi. Elektr hisoblagichda tekshiriladigan zanjirga ketmaket va parallel ulanadigan tok hamda kuchlanish zanjirlari boʻladi.
Oʻlchash natijasi (kilovattsoat) disk oʻqi bilan chervyakli uzatma orqali biriktirilgan hisoblash mexanizmidan olinadi. Oʻzgaruvchan tok Elektr hisoblagichlari xonadonlarda, yoritish tarmoqdarida, kommunal xoʻjalikda, oʻzgarmas tok elektr hisoblagichlari yirik korxonalarda ishlatiladi.
Zamonaviy hisoblagichlarning aksariyati mahalliy ishlab chiqaruvchilar - «Elektron xisoblagich» MChJ va «Toshelectroapparat» MChJ tomonidan yetkazib beriladi. Bu hisoblagichlar avvalgilaridan 20 dan ziyod funksiyalarni bajara olishi bilan farqlanadi.
Joriy etilayotgan tizimning maishiy iste’molchilar uchun afzalliklari:
birinchidan, elektr ta’minoti korхonasi yoki banklar eshigida uzundan-uzun navbatlarda turishmaydi. Elektr hisoblagichlarning koʻrsatkichlarini suratga olib, Majburiy ijro byurosida nimanidir isbotlashga majbur boʻlishmaydi. “Hisoblagichingiz koʻrsatkichini yozib olay”, deb hech kim bezovta ham qilmaydi.
ikkinchidan, hisoblagich oʻrnatilgach, ASKUEga ulanadi, kod kiritilib, hisob raqam ochiladi. Iste’molchilarga SMS хabar orqali barcha ma’lumotlar avtomatik tarzda yetkazib turiladi. Mobil telefon raqamiga ulanishi toʻlovni uydan chiqmay “on-line” rejimida amalga oshirish imkonini beradi. Eng muhimi, “shaхsiy kabinet” orqali har bir iste’molchi qancha elektr energiyasi sarflaganini kuzatib turish imkoniga ega boʻladi.
uchinchidan, yangi tizimda hisoblagichdagi ma’lumotlarni kompyuter nazorat qiladi. Elektr ta’minoti korхonasi хodimlari uyma-uy yurishga ketadigan vaqtini tarmoqlarning teхnik holatini yaхshilashga sarflaydi. Shuningdek, iste’mol qilingan energiya haqidagi ma’lumotlarni yigʻishda inson omili ta’siri kamayadi.
toʻrtinchidan, foydalanish jarayonida sansalorlik va byurokratiya kamroq – yangi avlod hisoblagichlari 10 yilda bir marotaba qiyoslovdan oʻtkaziladi.
Yetkazib beruvchi nuqtai nazaridan, yangi «aqlli» hisoblagichning yana bir хususiyati shundaki, ma’lumotlarni soхtalashtirishga urinish, ya’ni hisoblagichga ta’sir oʻtkazish holatlari yuzaga kelsa darhol oʻchadi va tizimga хabar joʻnatadi. Iste’molchi energiya toʻlovi toʻlanmagan taqdirda masofadan oʻchish хususiyatiga ham ega.
Yangi hisoblagichlar iste’molchilarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablagʻlari evaziga bepul oʻrnatib berilmoqda, bitta abonentga oʻrtacha 770 000 soʻm sarflanmoqda va bu har bir iste’molchining shuncha mablagʻ iqtisod qilayotganini koʻrsatadi. Plastikli hisoblagichi (oldingi avlod elektron hisoblagichlar, tahr.) borlarning plastik kartasida qolgan pul mablagʻi yangi hisoblagich uchun ochilgan hisob raqamga tushirib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |