Uzoq umr ko'ruvchilar psixologiyasi reja



Download 77,47 Kb.
bet1/3
Sana30.04.2022
Hajmi77,47 Kb.
#600599
  1   2   3
Bog'liq
UZOQ UMR KO\'RUVCHILAR PSIXOLOGIYASI


UZOQ UMR KO'RUVCHILAR PSIXOLOGIYASI
REJA:
1. Psixogerontologiya haqida tushuncha.
2. Keksalik davrining o‘ziga xos xususiyatlari.
3. Keksayish davridagi shaxs psixologiyasi.
4. Uzoq umr ko‘ruvchilar psixologiyasi.


Tayanch iboralar: psixogerontologiya, involyusiya, geriatriya, gerogigiena, geteroxronlik, nafaqa yoshi, uzoq umr ko`rish omillari.

Psixogerontologiya psixologiya fanining tarkibiy qismi bo‘lib, bu yo‘nalish bo‘yicha amerikalik psixolog S.Xoll qator tadqiqotlar olib borgan. U o‘zining “Keksayish” monografiyasida amaliy va metodologik ahamiyatga ega bo‘lgan g‘oyalarni ilgari surgan.


Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, YUsuf Xos Hojib kabi O‘rta Osiyolik allomalar ham keksalardagi donolik va donishmandlik haqidagi qimmatli fikr-mulohazalarni o‘z asarlarida qayd etganlar.
XX asrning 30-yillariga kelib keksalik davriga oid tibbiy-biologik tadqiqotlarning ko‘payishi psixogerontologiyaning rivojlanishiga birmuncha ta’sir ko‘rsatdi. Keksalarga xos psixologik jihatlar haqida maxsus jurnallar chiqa boshladi.
Psixogerontologiya fanida gerontologiya, involyusiya, geriatriya, gerogigiena, geteroxronlik kabi ilmiy tushunchalar mavjud. Gerontologiya – grekcha so‘z bo‘lib, keksayishning, keksalikning kelib chiqishi demakdir. Involyusiya - tushunchasievolyusiyaning aksi bo‘lib, o‘sishdan orqaga qaytini ifodalaydi. Geriatriya – so‘zi keksaygan insonlarni davolashni bildiradi. Gerogigiena – keksaygan kishilarning salomatligini saqlash bilan shug‘ullanadi va u keksalarda asab, ruhiy kasalliklarning oldini olish uchun xizmat qiladi. Geteroxronlik – esa bir xil yoshdagi odamlarda ruhiy jarayonlarning turlicha vaqtida namoyon bo‘lishidir. I.V.Davidovskiy o‘zining “Keksayish nima?” nomli asarida ta’kidlashicha, inson 50-60 yoshga to‘lganda yoki undan oshganda etuklikning kechikkan davriga kirib keladi. Uning fikricha, uzoq umr ko‘ruvchilar asosan ozg‘in, faol, harakatchan odamlar bo‘lib, ko‘roq ochiq havoda yurishni xush ko‘radiganlardir.
Mashhur psixolog G.S.Abromovaning fikricha keksayish yoshiga yaqinlashgan odamlarni 3 guruhga ajratish mumkin.
1.Tezroq nafaqaga chiqib, boshqa ish bilan shug‘illanishni istovchi odamlar. Ular bunga oldindan tayyorlanadilar, kerak bo‘lsa keksalikda zarur bo‘ladigan biror mutaxassislikni o‘rganib oladilar va nafaqaga chiqishni yangi hayotining boshlanishi sifatida qabul qiladilar yangi sevimli ishida qiziqish bilan faoliyat boshlaydilar.
2.Nafaqaga chiqishdan ancha xavotirlanuvchi odamlar. Ular qanday bo‘lmasin nafaqaga chiqishni iloji boricha orqaga surishga harakat qiladilar. Ishdan yki lavozimdan ajralib qolishsa hech kimga kerak bo‘lmay qoladigandek his qilishadi. Shuning uchun bu toifadagilar nafaqa yoshini uzatirish uchun barcha chegaralarni ishga solishga harakat qiladilar va majburan nafaqaga chiqarishganlarida ham o‘z ishxonasidan uzilmaslik paytida bo‘ladilar.
3.Bu guruhga mansub odamlar uchun esa nafaqaga chiqish va chiqmaslik deyarli ahamiyatsiz. Ular allaqachon keksalikni tan olib, nomigagina ishga kelib-ketishadilar. Bunday odamlar hayotga qiziqish bilan qaramaydilar va shunchaki odamlar orasida mavjud bo‘lsalar bo‘ladi, “Tuproqdan tashqarida” liklariga qanoat qilib yashayveradilar.
Keksaygan kishilar o‘zlarinng xilma-xil xususiyatlari bilan boshqa yosh davrdagilardan ajralib turadilar. Ular ijtimoiy faollikdan mahrum bo‘la boshlaydilar va holat ularning boshlaydi. Ular fe’l-atvorida injiqlik, mehr-muhabbatga tashnalik, qalb nozikligi kabi holatlar kuchaya boradi. Hali amalga oshirolmagan armonlari haqida ko‘proq qayg‘urish ularni bezovta qila boshlaydi. Aksariyat sezgi organlari zaiflashadi, asab sistemasi kuchsizlanadi, xotira, tafakkur, diqqat, iroda kabi psixologik xususiyatlar susaya boradi. SHuning uchun keksaygan kishilar bola tabiat arazchan, ko‘ngli bo‘sh, hissiyotga beriluvchan xarakterli bo‘lib qoladilar. SHu bois ular bilan muloqatga kirishishida mazkur holatlarni hisobga olish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Keksalikda er-xotin o‘rtasidagi munosabat yanada mustahkamlanadi. Ular muloqot chog‘ida yoshlikdagi taassurotlar kechinmalar, his-tuyg‘ular yuzasidan fikr almashadilar. Bir-birlarini qo‘msash, hamdardlik kabi yuksak tuyg‘ular totuvlikni yanada oshiradi.
Keksalik davrining yana bir xususiyati boshqa kishilarga, begonalarga ham xayrixoxlik bildirishdir. Ana shu yuksak insonparvarlik hissi tufayli ular er uzidagi jamiki inson zotiga yaxshilik tilaydilar. Keksalardagi rahmdillik, poklik, orastalik, muloyimlik, samimiylik singari tuyg‘ularning ifodalanishi boshqa yosh davridagi odamlar tuyg‘usiga aslo o‘xshamaydi. SHuning uchun “Qari bilganni-pari bilmas”,-degan naql bor.
Turli mamlakatlarda keksayish davri – bu nafaqa yoshi hisoblanadi. Garchi bizda bu yoshda “qarilik gashti” haqida gapirilsa-da, qarilik gashtini surib yashayotganlar, afsuski, kam. Qarilik gashtini, surish yoki azoblarga ko‘milib, tobora so‘nib borish juda ko‘p narsalarga bog‘liq. Lekin insonning o‘ziga juda ko‘p miqdorda bog‘liq bo‘ladi. SHu yosh davridagi ayollar va erkaklarni 3 guruhga ajratish mumkin.
1.Nafaqaga chiqqanda so‘nggi hayotini avvaldan rejalashtirib, unda yangi hayot boshini ko‘radilar va aktiv ravishda tayyorlik ko‘rib boradilar.
2.Nafaqaga chiqishdan cho‘chiydilar, o‘zlarini hech kimga kerakmas bo‘lib qoladigandek his qilib, shuni bahona qilib ish joyida uzoqroq qolishga harakat qiladilar.
3.Befarq odamlar. Bularda egoistik stagnatsiya deb nomlanadigan bir holat kuzatiladi. Egoistik stagnatsiya holatidagi odam “faqat o‘zim” konsepsiyasini yaratib, tashqi olam bilan qiziqmay, ichki ruhiy kechinmalarni butun dunyoda ustun deb biladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, etuklik bosqichidagi va keksayish davridagi odamlar ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan juda katta o‘zgarishlarga duch keladilar. Chunki, ularning kun sayin ortib borayotgan iqtisodiy ehtiyojiga mos bo‘lmagan talablari va ijtimoiy muhitda tutadigan yangi o‘rin va muloqotga ehtiyoji ortib borishi bilan farqlanadi. Bu davrgv xos bo‘lgan konsepsiya “YA mogu” – “Men bajara olaman” konsepsiyasidir.
Bu davrdagi Ichki nutq murakkablashib boradi. Undagi ziddiyatlarni hal qilish uchun yangi energiya – yangi kuch – g‘ayrat, kerak bo‘ladi. Uni qaerdan olish mumkin?
Zamonaviy gerontologiya bunga javob beradi: Oiladan tashqari munosabatlarni ko‘paytiring! Dala joyga istiqomat qiluvchilar uchun imkoniyat katta ya’ni bekorchilikdan o‘tirmasdan biror foydali yumush bilan band bo‘lish mumkin! Afsuski, shahar aholisi uchun bu munosabatlar pod’ezd oldidagi skameyka bilan chegaralanadi.
Oiladan tashqari munosabatlar kimgadir kerakligini his qilishga yordam beradi. Ular kimgadir nimanidir o‘rgatishni juda yaxshi ko‘radilar, lekin buni to‘g‘ri amalga oshirishni bilmaydilar. Ichki dialogdagi qarama-qarshiliklar hayotdagi asil reallikni ko‘rishga halaqit beradi.
O‘rgatish malakasi va maslahat berish mahorati o‘tishga munosabat bilan bog‘liq psixologlar buni namoyon qilish 3 soha bilan deb hisoblashadi:

Download 77,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish