Uzoq muddatli aktivlarning hisobi


Moliyaviy investitsiyalarning hisobi



Download 39,99 Kb.
bet4/5
Sana12.06.2022
Hajmi39,99 Kb.
#659561
1   2   3   4   5
Bog'liq
UZOQ MUDDATLI AKTIVLARNING HISOBI

Moliyaviy investitsiyalarning hisobi
Moliyaviy qo‘yilmalar buxgalteriya hisobida dastlabki qiymatlarda hisobga olinadi. Moliyaviy qo‘yilmalarni dastlabki qiymatlari ularning korxonaga qaysi manbalar hisobidan kelishiga bog‘liq.
Korxonalar faoliyatida turli hil shakldagi moliyaviy investitsiyalar yuzaga keldi, xususan, boshqa korxonalar qimmatli qog‘ozlariga qilingan qisqa muddatli (bir yil muddatdan ko‘p bo‘lmagan) investitsiyalari (qo‘yilmalar), davlat qarzlarining foizli obligatsiyalari, boshqa korxonalarga berilgan qarzlar va boshqa shu kabilar. Bunday investitsiyalarni buxgalteriya hisobi O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan 23.12.1998-y. N 65№ buyrug‘i bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 16.01.1999-y. N 596 raqam bilan ro‘yxatga olingan №12 sonli «Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish» nomli buxgalteriya hisobining milliy aadazasi talablari doirasida tashkil qilinadi.
Moliyaviy investitsiyalarni xarid qilish chogida ular xarid qiymati bo‘yicha baholanadi va bu qiymat quyidagi sarflardan tashkil topadi:
1. Sotuvchiga shatnoma bo‘yicha to‘langan summa;
2. Vositachi korxonalarga vositachilik xizmati uchun to‘langan haq (masalan, birja brokerlariga to‘lanadigan taqdirlovchi haq);
3. Bank xizmati uchun to‘lovlar;
4. Bojlar;
5. Axborot-maslahat xizmatlari uchun to‘lovlar va boshqa xarajatlar.
Agarda investitsiya, aksiyalarni emissiya qilish yoki boshqa qimmatli qog‘ozlar chiqarish yo‘li bilan to‘laligicha yoki qisman olinayotgan bo‘lsa, xarid qilingan qimmatli qog‘ozlarning qiymati ularning joriy qiymatiga teng bo‘ladi. Agar investitsiya boshqa aktivga almashtirib to‘la yoki qisman olingan bo‘lsa, u holda investitsiya qiymati topshirilgan aktivning joriy qiymatiga qarab aniqlanadi.
Ustav kapitaliga ulush sifatida olingan investitsiyalar Ta’sischi bilan kelishilgan pul qiymatlarida yoki buxgalteriya hisobining 12 sonli-«Moliyaviy investitsiyalar hisobi» nomli milliy standartida aktivlarni sotib olish uchun nazarda tutilgan baholarda hisobga olinadi.
Qaytarib olmaslik sharti bilan berish tekinga olingan investitsiyalar Moliyaviy qo‘yilmalarni buxgalteriya hisobida hisobga olish sanasidagi joriy bozor baholarida yoki Tekinga olingan moliyaviy fo‘yilmalarni buxgalteriya hisobida hisobga olish sanasiga sotishdan olinadigan pul mablag‘lari da hisobga olinadi.
Oddiy sherikchilik shartnomasi asosida olingan investitsiyalar sherikchilik shartnomasida ko‘rsatilgan baholarda hisobga olinadi.
Moliyaviy investitsiyalarni olingan paytgacha bo‘lgan davr uchun foizlar ulushi, hisoblangan dividendlarni o‘z ichiga olgan xarid qiymati bo‘yicha xarid qilish xaridor tomonidan sotuvchiga to‘langan foizlar miqdorini chiqarib tashlab, xarid qiymati bo‘yicha hisobga olinadi.
Investitsiyalarning xarid qiymati bilan qarzga berilgan qimmatli qog‘ozlarni to‘lash qiymati o‘rtasidagi tafovut (diskont yoki xarid qilish chogida mukofot tarzida berilgan mablag‘) investor tomonidan investitsiyalar bo‘yicha doimiy daromad bo‘lishi uchun xarid qilingan paytdan boshlab qarz to‘langan paytgacha hisobdan o‘chiriladi.
Qisqa muddatli (joriy) investitsiyalarni bozor qiymati bo‘yicha hisobga oluvchi xo‘jalik yurituvchi subyekt hisob siyosatida investitsiyalar balans qiymatining kamayishi yoki ko‘payishini, birinchidan, daromad yoki xarajat sifatida aks ettiriladi, ikkinchidan, uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni qayta baholash natijasida paydo bo‘lgan qo‘shimcha miqdor xususiy kapitalga qayta baholashdan kelgan daromad sifatida qo‘shiladi.
Moliyaviy investitsiyalar qiymati kamaygan taqdirda, kamayish miqdori xususiy kapitalda aks ettirilgan usha investitsiyalarni oldingi baholash qiymati hisobidan amalga oshiriladi. Agar moliyaviy investitsiyalar qiymatini kamayishi miqdori, ilgarigi qayta baholashdan olingan daromad miqdoridan ko‘p bo‘lsa, bu tafovut xarajat sifatida hisobga olinadi. Qiymati pasaytirilgan investitsiyalarni qo‘shimcha baholash miqdori, mazkur investitsiyalardan kelgan zarar qoplangandan so‘ng, kxususiy kapital ko‘payishiga kiritiladi.
Investitsiyalarni sotish chogida sotishdan tushgan mablag‘ bilan balans qiymati o‘rtasidagi tafovut xarajatlar (broker yoki diler xizmati haqi) chiqarib tashlangandan so‘ng daromad yoki xarajat sifatida e’tirof etiladi.
Agar qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar balansda portfel uslubi bo‘yicha ikki qiymatning eng kami bo‘yicha hisobga olingan bo‘lsa, ularni sotish chogidagi chetlanish (daromad yoki zarar) sotish narxi bilan xarid narxi o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi. Bunda ilgari qayta baholangan yoki bozor qiymati bo‘yicha hisobga olingan investitsiyalarni balans qiymati bilan qo‘shimcha baholash qiymati orasidagi daromad taqsimlanmagan foyda hisobiga o‘tkaziladi.
Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar toifasiga o‘tkazish xarid qilish qiymati va bozor qiymatidan eng kami bo‘yicha yoki agar investitsiya ilgari shu qiymat bo‘yicha hisobga olingan bo‘lsa, bozor qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi.
Qisqa muddatli investitsiyalar bo‘yicha quyidagi ko‘rinishdagi daromadlar va xarajatlar sodir bo‘ladi:
1. Foizlar, royalti, dividendlar va ijara haqlari;
2. Sotishdan keladigan daromadlar va zararlar;
3. Bozor qiymati bo‘yicha hisobga olingan qisqa, muddatli (joriy) moliyaviy investitsiyalar bo‘yicha amalga oshmagan daromadlar va zararlar;
4. Xarid va bozor qiymatining eng kami bo‘yicha baholangan qisqa muddatli moliyaviy investitsiya berish uchun talab qilinadigan, bozor qiymatining kamayishini qaytadan tiklash xarajatlari.
Buxgalteriya hisobida hisobga olingan moliyaviy qo‘yilmalarni qiymati O‘zbekiston respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan hollarda uzgartirilishi mumkin.
Moliyaviy qo‘yilmalar keyinchalik baholash maqsadlarida quyidagi ikki guruhga bo‘linadi:
1. Joriy bozor bahosini hisoblab chiqish mumkin bo‘lgan moliyaviy qo‘yilmalar;
2. Joriy bozor bahosini hisoblab chiqish mumkin bo‘lmagan moliyaviy qo‘yilmalar.
Qimmatli qog‘ozlarning joriy bozor baholari (ularning chaqana baholari) qimmatli qog‘ozlar bozori savdosi tashkilotchisi tomondan o‘rnatilgan tartibda hisoblanadi.
Joriy bozor bahosini hisoblab chiqish mumkin bo‘lgan moliyaviy qo‘yilmalar hisobot yilining oxiriga moliyaviy hisobotlarda utgan davr moliyaviy hisobotlariga nisbatan tuzatishlar kiritilib (korrektirovka qilinib), joriy bozor baholarida aks ettiriladi.
Joriy bozor bahosini hisoblab chiqish mumkin bo‘lmagan moliyaviy qo‘yilmalar hisobot davrida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarda dastlabki qiymatlarda aks ettiriladi. Bozor bahosini aniqlash mumkin bo‘lmagan, qimmati tushib ketgan (qadrsizlashgan) qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha qorxonaning hisob-kitobi asosida ularning hisob baholari bilan ulardan olinadigan daromad orasidagi farq sifatida hisob qiymati aniqlanadi.
XULOSA.
Iqtisodiy isohotlarning chuqurlashuvi O’zbekistonda buxgalteriya hisobi va auditning yangicha me’zonlarini ishlab chiqish zaruriyatini vujudga keltiradi. Har qanday miqdoriy ko’rsatkichlar bo’yicha tekshirish hamda ular faoliyatini baholashda sifat ko’rsatkichlari orqali korxona rivojlanish yo’lini auditorlik baholash chog’ida tekshiriladigan dinamik aloqalar asosiga qurilgan baholarga va o’lchash usullariga asta-sekin o’tish lozim. Boshqacha aytganda, hozirgi vaqtda auditorlar va buxgalterlar oldida juda muhim vazifa – taraqqiyot yo’lini baholashning yangicha usullaridan foydalanib, yuqoridagi tasnif qilingan usullarga asoslangan holda, iqtisodiy axborotni kompyuter dasturlaridan foydalanib, hisob yuritish hamda auditorlik faoliyatini amalga oshirishning eng maqbul imkoniyatlarini vujudga keltiradilar.
Bugungi kunda barcha sohalarda bo’lgani kabi hisob va hisobot tizimida ham keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda, ayniqsa, uzoq muddatli aktivlar , shu jumladan, uzoq muddatli aktivlarni tashkil etish mexanizmiga ham ta’sir etmoqda. Uzoq muddatli aktivlar hisobida boshqaruv va moliyaviy hisob ob’ektlarining aniq belgilab olinishi hamda uni tadqiq etish natijasida shunday xulosaga kelish mumkinki,ushbu masala yuzasidan aniq chegaralanish haligacha belgilanmagan. Bu nafaqat material xarajatlarida, balki hisobning boshqa ob’ektlarida ham ko’zgatashlanadi. Uzoq muddatli aktivlarni takomillashtirish yuzasidan yuqoridagi fikr hamda mulohazalarni umumlashtirgan holda quyidagi xulosaga kelindi:
-xo’jalik faoliyati jarayonining yakuniy bosqichidan olinadigan tayyor mahsulotlarning tannarxidagi sarflangan xom-ashyo va materiallar ulushini imkoni boricha kamaytirish muhim o’rin tutadi, chunki,talab va taklifdan kelib chiqqan holda ularga o’rnatilagan baho mahsulotlarning xaridorgirlik darajasini belgilaydi. Ushbu muomalalar va talablardan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishni tashkil qilayotganda tabiiy va moddiy resurslardan unumli foydalanish, ikkilamchi resurslarni hamda yondosh mahsulotlarni keng talab qilishi lozim


Download 39,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish