Uzoq muddatli aktivlarning hisobi


Nomoddiy aktivlarning hisobi



Download 39,99 Kb.
bet3/5
Sana12.06.2022
Hajmi39,99 Kb.
#659561
1   2   3   4   5
Bog'liq
UZOQ MUDDATLI AKTIVLARNING HISOBI

Nomoddiy aktivlarning hisobi
Nomoddiy aktivlar — moddiy ko`rinish va shaklga ega bo`lmagan biroq ishlab chiqarish jarayonida bir yildan ortiq muddatda ishlatiladigan, hisobda boshlang`ich bahosiga ega bo`lgan va ishlab chiqarish jarayonida eskirib boradigan aktivlarga aytiladi.
- ixtirolardan foydalanish uchun olinadigan patent huquqi;
- ayrim turdagi faoliyat turlari bilan shug`ullanish huquqini qo`lga kiritish uchun olinadigan litsenziyalar;
- innovatsiya predmeti bo`lgan ishlab chiqarish jarayonlarida to`plangan tajribalarning izohlari yoritilgan va texnik hujjatlar ko`rinishida rasmiylashtirilgan, ammo patentlashtirilmagan texnikaviy, texnologik, boshqaruv, tijorat va boshqa bilimlarning yig`indisi hisoblanadigan – «nou-xau»;
- yaratilgan sanoat namunalari va modellaridan foydalanishga bo`lgan huquq;
- yuridik shaxsning firma nomidan foydalanish huquqini beruvchi savdo markalari;
- muayyan ishlab chiqaruvchi tovarlarini boshqa shu turdagi tovarlardan farqlash uchun xizmat qiladigan va o`rnatilgan tartibda ro`yxatdan o`tkazilgan tovar belgilari – emblemalar, chizmalar yoki timsollar;
- kompyuter dasturiy ta’minotidan foydalanish huquqi ;
- korxonaning yer va tabiiy resurslardan foydalanish huquqini qo`lga kiritishi;
- korxonani tashkil etish va ro`yxatdan o`tkazish davrida amalga oshirilgan tashkiliy xarajatlar;
- bozorda yuqori obro`ga ega firmaning savdo markasi yoki ishlab chiqarish texnologiyasidan foydalanish huquqini (litsenziyani) sotib olish chog`ida xaridorning litsenziya egasi tomonidan qat’iy belgilab berilgan shartlarga (mahsulot va xizmatlarni sotish chog`ida sifat standartlariga rioya etish) so`zsiz rioya etishini ko`zda tutuvchi shartnoma - franchayzing;
- san’at asarlari va boshqa asarlarga mualliflik huquqi;
- samarali ishlab chiqarish va boshqaruv tizimini qo`llashi natijasida tarmoq korxonalariga nisbatan yuqori foyda oladigan korxonaning balans qiymati bilan bozor qiymati o`rtasidagi farq sifatida hisobga olinadigan - gudvill;
- boshqa nomoddiy aktivlar.
Nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi yer, bino, jixozlar kabi moddiy aktivlarga nisbatan qo‘llaniladigan aynan bir xil tamoyillarni o‘z ichiga oladi. Quyidagilar nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy qoidalari bo‘lib hisoblanadi:
1. Xarid qilish, vaqtidagi tannarx qoidasi;
2. Ko‘rilgan zararlar va mazkur xarajatlarning qilinishi natijasida olinadigan daromadning bir vaqtning o‘zida aks ettirilishini talab qiluvchi foydalanish davridagi muvofiqlik qoidasi;
3. Hisobdan chiqarish vaqtida, ya’ni chiqib ketishlardan ko‘rilgan foyda yoki zarar hisobdan chiqarish vaqtida aktivning olingan to‘lov va balans qiymati o‘rtasidagi farqqa teng deb tan olinganidagi daromadni tan olish qoidasi.
Nomoddiy aktivning bahosi amal qilish muddati mobaynida yoki muvofiqlik qoidasiga binoan nomoddiy aktivning taxmin qilinayotgan xizmat qilish muddati mobaynida muntazam ravishda hisobdan chiqarib borilishi lozim. Mazkur jarayon nomoddiy aktivlarning amortizatsiya qilinishi deb ataladi.
Buxgalteriya Hisobining 7-son Milliy Standartining 39- bandida nomoddiy aktivlarning amortizatsiya qilinadigan qiymatini quyidagi muddatlari belgilangan:
1. Xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyat ko‘rsatish muddati doirasida, nomoddiy aktivning foydali xizmat ko‘rsatish muddati mobaynida;
2. Xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyat muddati doirasida, nomoddiy aktivning foydali foydalanish muddatlarini aniqlash imkoni bo‘lmaganda 5 yil muddatda.
Nomoddiy aktivning iqtisodiy xizmat ko‘rsatish muddatini aniqlashda quyidagi omillar hisobga olinishi lozim:
1. Xizmat ko‘rsatishning eng ko‘p muddatini cheklashi mumkin bo‘lgan yuridik, tartibga soluvchi va shartnoma qoidalari;
2. Mo‘ljal qilinayotgan xizmat qilish muddatini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan yangilash yoki muddatni uzaytirishga oid shartlar;
3. Xizmat qilish muddatini kamaytirish mumkin bo‘lgan eskirish, talab va boshqa xil iqtisodiy omillar;
4. Kutilayotgan ish muddati yoki xodimlar guruhiga muvofiq kelishi mumkin bo‘lgan xizmat qilish muddati;
5. Nomoddiy aktivning mavjud raqobatbardoshligini cheklashga qodir raqobatchilar va boshqa subyektlarning kutilayotgan hatti-harakatlari;
6. Turli xizmat ko‘rsatish muddatlaridagi ko‘pgina alohida aktivlarning asosi bo‘lishi mumkin bo‘lgan nomoddiy aktiv.
Nomodiy aktivlar buxgalteriya hisobi quyidagi vazifalarni bajarishni ta’minlashi lozim:
1. Nomoddiy aktivlarni o‘z vaqtida xolisona baholash;
2. Nomoddiy aktivlarni qabul qilish va hisobdan chiqarishni o‘z vaqtida hujjatlashtirish;
3. Nomoddiy aktivlarni qabul qilish va hisobdan chiqarishni sintetik va analitik hisobini to‘g‘ri va o‘z vaqtida tashkil qilish;
4. Nomoddiy aktivlar amortizatsiya hisobini to‘g‘ri tuzish;
Nomoddiy aktivlar harakatini hujjatlashtirish
Buxgalteriya hisobida nomoddiy aktivlarning dastlabki hisobini tashkil etish, korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyatlarida buxgalteriya hisobi ishlarini to‘g‘ri olib borish, xarajatlarni tannarxga yoki davr xarajatlariga qo‘shish, moliyaviy natijalarni aniqlash imkonini beradi.
Hujjatlashtirish orqali nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobi schyotlarida vaqtida aks ettiriladi va ularni uzluksiz nazorat qilib borish mumkin bo‘ladi. Nomoddiy aktivlar hisobini yurituvchi korxonalar buxgalteriya hisobi hujjatlarini tuzish va ularning aylanishini amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida mustaqil ravishda belgilaydilar. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan qayd etilayotgan hujjatlarda nomoddiy aktivlarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, nomoddiy aktivlarning kelib tushishi, chiqib ketishi, tavsifnomasi, foydali xizmat qilish muddatlari, dastlabki qiymati, amortizatsiya me’yorlari kabi muhim rekvizitlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Nomoddiy aktivlarni hujjatlashtirish ma’lum xususiyatlarga ega. Ushbu xususiyatlar nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich hisobini to‘g‘ri tashkil qilishga imkoniyatlar beradi. Ushbu hujjat Patent idoralarida qayd etilgan bo‘lishi lozim. Tabiiy resurslarga bo‘lgan (yer, suv, geologiya) huquqlarini sotib olish yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida belgilanadi. Shuningdek, ayrim nomoddiy aktivlar ham borki, ular korxona faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Masalan, oshkor etilmagan axborotlar va ularni ham korxona va firmalarda nomoddiy aktivlar harakatini hisobga olish ularning maxsus hisob kartochkalarida yuritilishi kerak. Chunki, keyingi yillarda avtomobilsozlik korxonalarida nomoddiy aktivlarning salmog‘i sezilarli darajada oshib bormoqda. Bu o‘z navbatida buxgalteriya hisobi oldiga hujjatlashtirish jarayonlarini to‘g‘ri va aniq tashkil etish hamda takomillashtirishni taqozo etmoqda. Asosiy vositalar bo‘yicha yuritiladigan analitik hisob kartochkasining keraksiz bo‘lgan rekvizitlaridan ozod qilib nomoddiy aktivlarga xos bo‘lgan qo‘shimcha rekvizitlarni qo‘llash mumkin. «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunga asosan (14-modda) boshlang‘ich hisob hujjatlari xo‘jalik muomalalari amalga oshirib bo‘lingandan so‘ng tuziladi. Nomoddiy aktivlarni hisobga olishda dastlabki hujjatlar (shartnoma, dalolatnoma) quyidagi asosiy rekvizitlariga ega bo‘lishi lozim; hisob (arxiv) raqami, nomi va shartli shifri, axborotlarning material ko‘rinishi, obyektlardan foydalanish muddatlari, asl nusxalarining saqlash joyi, joriy etgan shaxslar (korxona, tashkilot), obyektdan foydalanuvchilar, hujjatlarni saqlash raqamlari, xarajatlarga olib borish obyektlari va boshqa ko‘rsatkichlar. Shuningdek, qonunga ko‘ra hisobot davriga tegishli bo‘lgan xo‘jalik muomalalari va ular amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar olinmagan bo‘lsa, tegishli boshlang‘ich hujjatlar rasmiylashtirilib, buxgalteriya hisobida aks ettirilishi ko‘rsatiladi. Nomoddiy aktivlarning dastlabki va jamlama hisobi iqtisodiy adabiyotlarda to‘liq yoritilmagan. Korxonalarida nomoddiy aktivlar bo‘yicha dastlabki hisobini tashkil qilishda ularni qayd etuvchi yangi hujjat shakllarini ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish kerak bo‘ladi.
Nomoddiy aktivlarni kirimga olish uchun quyidagi hujjatlardan foydalaniladi:
1. Nomoddiy aktivlarni qabul qilish-toshirish dalolatnomasi. Nomoddiy aktivlar qaysi manba hisobidan qabul qilinmasin (xarid qilish, ustav kapitaliga qo‘shish, boshqa aktivlarga almashtirish, grant yoki subsidiya ko‘rinishida olish, korxonaning o‘zida shakllantirish va boshqalar), ular shartnomalarga muvofiq «Nomoddiy aktivlarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi» rasmiylashtirilishi lozim. Dalolatnoma nomoddiy aktivni qabul qiluvchi guruh hay’ati tomonidan har bir obyekt uchun bir nusxada tuziladi. Shuningdek, bir turdagi nomoddiy aktivlar uchun oldin tuzilgan dastlabki dalolatnomalar umumlashtirilib «Umumiy dalolatnoma» tuziladi. Masalan, sanoat namunasiga bo‘lgan bir necha xil ishlab chiqarish huquqiga egalik qiluvchi patentlar yoki turli xil o‘lchamdagi bir nechta yer maydonlaridan foydalanish huquqlari uchun ruhsatnoma (litsenziya) lar bo‘lishi mumkin. Nomoddiy aktivlarni qabul qilish dalolatnomasi tuzilib so‘ng buxgalteriyaga topshiriladi. Dalolatnoma bilan birga obyektlarning boshqa hujjatlari ham taqdim etiladi. Shuni ham ta’kidlash joizki, ayrim nomoddiy aktivlar obyektlari bo‘yicha dalolatnomani to‘ldirish aktivning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda hisob yuritish siyosatida belgilanadi.
2. Nomoddiy aktivlarni tugatilishi (hisobdan chiqarish) dalolatnomasi. Dalolatnoma nomoddiy aktivlar obyektlarini hisobdan chiqarish paytida xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari tayinlangan hay’at tomonidan ikki nusxada tuziladi. Ushbu dalolatnomaning birinchi nusxasi buxgalteriyaga, ikkinchi nusxasi esa javobgar shaxsga beriladi. Dalolatnomada nomoddiy aktivlarning nomi, sanasi, inventar (arxiv raqami), hisobdan chiqarish sababi, balans qiymati, amortizatsiyaning yillik me’yori, amortizatsiya summalari aks ettiriladi. Tomonlar o‘rtasidagi patent, litsenziya olishga tuzilgan shartnoma shartlari bajarilib, sanoat namunasi huquqi bo‘yicha patent yoki tabiiy resurslardan foydalanish huquqlariga bo‘lgan guvohnomalar o‘z kuchini yo‘qotganda korxonada nomoddiy aktivlarni tugatish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi. Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish komissiya a’zolarining xulosalariga asoslanib, hisobdan chiqariladi va yakuniy moliyaviy natija aniqlanadi.
3. Nomoddiy obyektlarga amortizatsiyasini hisoblash qaydnomasi. Korxonalarida nomoddiy aktivlardan foydalanish jarayonida ular o‘zining dastlabki qiymatini yo‘qotib boradi. Ushbu aktivlar buxgalteriya hisobi milliy standart qoidalariga asosan nomoddiy aktivda mujassamlashgan iste’mol xususiyatlari sarflanganda, balans qiymati tegishli summaga kamayib boradi. Bu esa nomoddiy aktivlarning butun foydali xizmat qilish muddatlari davomida qoldiq qiymati chegirilgan holda, dastlabki qiymatini xarajatga muntazam o‘tkazish hisobiga amalga oshiriladi. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblanganda belgilangan me’yorlarga asosan «Nomoddiy aktivlariga amortizatsiyani hisoblash qaydnomasi» tuziladi.
4. Nomoddiy aktivlarni ishlab chiqarish jarayonida qo‘llanganishi bo‘yicha korxona rahbarining buyrug‘i;
5. Nomoddiy aktivlar obyektlaridan foydalanish muddatlari to‘g‘risidagi bayonnoma;
6. Nomoddiy aktivning maxfiyligi to‘g‘risidagi korxona rahbarining buyrug‘i.
Sanoat namunasi bo‘yicha olgan patent yoki guvohnomalar maxsus hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt biror bir huquqni sotib olgan taqdirda ular ana shu mualliflik huquqlarini sotgan huquqiy va jismoniy shaxs bilan tuzilgan shartnoma asosda hisobda qayd etiladi.
Nomoddiy aktivlarning joriy hisobi xarid qilish bahosi bo‘yicha olib boriladi. Nomoddiy aktivlarning hisobi 0400- «Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar» nomli balansga nisbatan aktiv bo‘lgan schyotda quyidagi ikkinchi darajali sintetik schyotlarda olib boriladi:
0410-«Patentlar, nou-xau va litsenziyalar»
0420-«Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari»
0430-«Dasturiy ta’minot»
0440-«Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqi»
0460-«Franshizalar» 0470-«Mualliflik huquqlari»
0480-«Gudvill» 0490-«Boshqa nomoddiy aktivlar».

  1. Nomoddiy aktivlarni kapital qo‘yilmalar hisobidan sotib olish:

Debet 0400-«Nomoddiy aktivlar hisobga olinadigan schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetik schyoti.
Kredit 0830-«Nomoddiy aktivlarni xarid qilish»

  1. Nomoddiy aktivlarni mol yetkazib beruvchilardan sotib olish:

Debet 0400-«Nomoddiy aktivlar hisobga olinadigan schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetik schyoti.
Kredit 6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar»

  1. Nomoddiy aktivlar pulsiz yoki almashish (barter) yo‘li bilan olinganda (ularning qiymati bozor narxi asosidan aniqlanadi):

Debet 0400-«Nomoddiy aktivlar hisobga olinadigan schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetik schyoti.
Kredit 8530-«Tekinga olingan mulk»

  1. Nomoddiy aktiv firmani tashkil qilish paytida hisobga olinganda:

Debet 0400-«Nomoddiy aktivlar hisobga olinadigan schyotlar»schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetik schyoti.
Kredit 4610-«Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi»
Nomoddiy aktivlar quyidagi hollarda hisobdan chiqarilishi mumkin:
– xizmat muddati tugagandan so‘ng;
– to‘liq eskirishi vaqtida ;
– boshqa jismoniy va huquqiy shaxslarga sotilishi vaqtida ;
– boshqa jismoniy va huquqiy shaxslarga tekinga berilishi vaqtida.
– boshqa jismoniy va huquqiy shaxslarga ustav kapitaliga badal sifatida berilishi vaqtida.
Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari bilan rasmiylashtiriladi.

  1. Nomoddiy aktivlarni boshqa jismoniy va huquqiy shaxslarga sotganda:

– tushum summasiga
Debet 5110-«Hisob-kitob schyoti»
Kredit 0400-«Nomoddiy aktivlar hisobga olinadigan schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetik schyoti.
– QQS summasiga
Debet 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi»
Kredit 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)»

  1. Nomoddiy aktivning boshlang‘ich qiymati hisobdan chiqarilganda:

Debet 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi»
Kredit 0400-«Nomoddiy aktivlar hisobga olinadigan schyotlar»schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetik schyoti.

  1. Nomoddiy aktivlarning eskirishi hisobdan chiqarilganda:

Debet 0500-«Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetik schyoti
Kredit 9220-«Boshqa aktivlarni chiqib ketishi»

  1. Nomoddiy aktivni sotishdan ko‘rilgan foyda summasiga:

Debet 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi»
Kredit 9320-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda»

  1. Xizmat mudati tugagan nomoddiy aktivlar hisobdan chiqarilganda:

– nomoddiy aktivning boshlang‘ich qiymatiga:
Debet 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi»
Kredit 0400-«Nomoddiy aktivlar hisobga olinadigan schyotlar»schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetik schyoti.
– eskirishga
Debet 0500-«Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar» schyotining tegishli ikkinchi tartibli sintetik schyoti
Kredit 9220-«Boshqa aktivlarni chiqib ketishi»

  1. Nomoddiy aktivlarni tugatishdan ko‘rilgan zarar summasiga:

Debet 9430-«Ma’muriy xarajatlar»
Kredit 9220-«Boshqa aktivlarni chiqib ketishi»

  1. Nomoddiy aktivlarni tugatishdan olingan foydalanishi mumkin bo‘lgan chiqindiga (temir-tersaklarning kirim qilinishi):

Debet 1040-«Ehtiyot qismlar»
Kredit 9320-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda»
Nomoddiy aktivlarni xarid qilish asosiy vositalarni sotib olishdan farq qilmaydi. Ular alohida, guruhda boshqa mablag‘lar bilan birgalikda sotib olinishi, korxonani uzida ishlab chiqarilishi mumkin. Ayrim nomoddiy aktivlar firmaning boshqa aktivlarga qaraganda alohida identifikatsiyalanadi. Masalan, patentlar, savdo markalari va franshizalar. Biroq ayrim nomoddiy aktivlarni alohida identifitsiyalash mumkin emas, aksincha ularning qiymati firmaning boshqa aktivlari bilan o‘zaro aloqadorlik tufayli oshadi. Masalan gudvil, mijozlar ishonchi yoki xodimlar malakasining darajasidan kelib chiqib asoslanishi mumkin. Mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmat ko‘rsatish yoxud tashkilotni boshqarish uchun foydalanilmayotgan nomoddiy aktivlar obyektlarining qiymati buxgalteriya balansidan hisobdan chiqarilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasining «Nomoddiy aktivlar» nomli 7-son buxgalteriya hisobining milliy standartida nomoddiy aktivlarga amortizatsiya (eskirish) hisoblashning quyidagi tartibi va usullaridan foydalanish avsiya etilgan:
1. To‘g‘ri chiziqli usul (Straight-line method), bu usulda aktivdan foydalanishning butun davri mobaynida eskirishning doimiy summalarini hisoblab yozishdan iborat bo‘ladi. Bu obyektning amortizatsiyalanadigan qiymati xizmat qilish muddatlari mobaynida teng ulushlarda hisobdan chiqarib boriladi.
2. Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib taqsimlash usuli (Production method) yoki ishlab chiqarish usuli. Bu usul obyektning foydaliligi ishlatishning butun davrida uning jami ishlab chiqarish tegishli o‘lchov birliklari (natura, qiymat va mehnat o‘lchovlari) da baholanishiga asoslangan. Masalan, sanoat mulk obyektlaridan foydalanib (foydalanish uchun huquqiy muhofaza patent) olingan mahsulotlar birligi shartnoma bo‘yicha kirimga olingan patentning dastlabki qiymatiga nisbatan aniqlanadi;
3. Jadallashtirilgan hisobdan chiqarish usuli (Accelerated methods). Bu usulda amortizatsiya to‘g‘ri chiziqli usulga nisbatan ikki barobar tez hisoblanadi;
Nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari ular hisoblab o‘tkazilgan hisobot davrida buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettiriladi. Nomoddiy aktivlarning ayrim obyektlari bo‘yicha ajratmalar tegishli summalarni jamg‘arish yo‘li bilan yoki obyektlarning dastlabki qiymatini kamaytirish yo‘li bilan buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Nomoddiy aktivlarning eskirish qiymati summasi ishlab chiqarish xarajatlari (muomala xarajatlari, ma’muriy xarajatlar, sarmoya qo‘yish) hisobidan qoplanadi.



Download 39,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish