Uzoq muddatli aktivlarning hisobi



Download 39,99 Kb.
bet1/5
Sana12.06.2022
Hajmi39,99 Kb.
#659561
  1   2   3   4   5
Bog'liq
UZOQ MUDDATLI AKTIVLARNING HISOBI


UZOQ MUDDATLI AKTIVLARNING HISOBI
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………3

  1. Asosiy vositalarning hisobi ……………….………..………….........6

  2. Nomoddiy aktivlarning hisobi.…………………………....12

  3. Moliyaviy investitsiyalarning hisobi …………………..… 22

XULOSA…………………………………………………………………….26
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………….27


Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz yildan-yilga jahon hamjamiyatida taraqqiyotning o’zi tanlagan yo’lidan asosiy maqsadimiz-inson manfatlari, huquq va erkinliklari yuksak qadriyat hisoblanuvchi, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat va fuqorolik jamiyatini shakllantirish va taraqqiy ettirish sari dadil odimlar bilan rivojlanib bormoqda. Iqtisodiyotimizning turli soha va tarmoqlari o’rtasidagi mutanosiblikning kuchayishi hamda barqaror o’sish sur’atlarining ta’minlanishi natijasida aholi daromadlarining oshishi, turmush darajasining sezilarli ravishda o’sishi, ertangi kunga bo’lgan ishonchning tobora mustahkamlanib borishiga zamin yaratmoqda. Yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo’lga kiritilayotgan yuksak natijalar, eng avvalo, yangidan yangi zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish faoliyatlarining yo’lga qo’yilishi, buning ta’sirida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining ahamiyatli darajada kengayib borayotganligi, yaratilayotgan mahsulot va ko’rsatilayotgan xizmatlar turlarini ko’payib, sifatining takomillashib borishi, bir so’z bilan aytganda, iqtisodiyotimizning yangicha mazmun va sifatga ega bo’lib borishida asosiy omillardan biri ishlab chiqarish munosabatlaridir.
Pulning harakati bozor iqtisodiyotining moliyaviy asoslaridan biri bo’lib, uning barqarorligi pul tizimi, daromadlar va xarajatlar aylanishiga hayotiy tus bag’ishlaydi, butun iqtisodiyotning rivojlanishini ta’minlab beradi, ishlab chiqarish quvvatlaridan to’liq foydalanishga imkon tug’diradi va to’la bandlikka erishishni ta’minlaydi.
Bugungi kunga bozorni pul resurslari bilan zo’r berib to’ldirish davom etayotgani fond va xomashyo bozorlarida sun’iy ravishda oshib borilgan spekulativ narxlarnig yanada ko’tarilib ketishiga, ta’bir joiz bo’lsa, moliyaviy ko’piklarning battar avj olishiga, inflatsiyaning jilovlab bo’lmas darajada o’sish xavfining ko’mayishiga olib kelmoqda. Jahon miqyosida konvertatsiya qilinadigan asosiy valutalarning beqarorligi jiddiy xavotir uyg’otmasdan qolmaydi. Bu, birinchi navbatda, rivojlanayotgan davlatlarning ushbu valyutarga bo’lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazmoqda. Ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish maqsadida chet eldan uzoq muddatli aktivlarni olib kirishimiz shart chunki hozirgi zamon texnologiyalari shuni talab qiladi. O’zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotga erishishini ta’mimlash yo’lida foydalanish zarurdir. Shu bilan birga Respublika pul munosabatlarining ilmiy asosda rivojlanishi Iqtisodiy tashkilotlar va Xalqaro moliya institutlari bilan o’rnatiladigan munosabatlarning keng qamrovliligini belgilashda katta ahamiyatga egadir.
Asosiy fondlar ishlab chiqarishga taalluqli va noishlab chiqarishga taalluqli fondlarga bo`linadi. Ishlab chiqarishga taalluqli asosiy fondlar mahsulot ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etadi. Shu bilan birga mahsulot ishlab chiqarish sohasida bevosita ishtirok etmaydigan noishlab chiqarish fondlaridan ham foydalaniladi. Ular xo`jalikning dam olish xonalari, hammom va dush kabi maishiy xaraktyerdagi bino-inshootlaridan tashkil topadi. Noishlab chiqarish fondlari mahsulot ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etmasada, ular fermer xo`jaligida mehnat resurslarining ishchi kuchini qayta tiklash va mehnat unumdorligini oshirishda muhim omil bo`lib xizmat qiladi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarining barchasi ham qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishida birdek ishtirok etmaydi. Traktorlar, kombaynlar, yuk avtomobillari, qishloq xo`jaligi mashina va uskunalari, ishchi va mahsuldor hayvonlar bevosita asosiy ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etib, o`simlikchilik va chorvachilik mahsulotlarini ko`paytirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`lsa, boshqa bir turdagi ishlab chiqarish fondlari fermer xo`jaligining sanoat xarakteridagi ishlab chiqarishi (mahsulotni qayta ishlash zavodlari, moyjuvoz, tegirmonlar va boshqa), qurilish, savdo yoki xizmat ko`rsatish kabi sohalarida ishtirok etadi. Shundan kelib chiqib, ishlab chiqarish fondlarini qishloq xo`jaligiga taalluqli va qishloq xo`jaligiga taaluqli bo`lmagan fondlarga bo`lish mumkin.
Qishloq xo`jaligi korxonalarining asosiy vazifasi qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan bog`liqligi tufayli qishloq xo`jaligiga taaluqli ishlab chiqarish fondlari asosiy o`rinni egallaydi. Uning tarkibiga imoratlar, inshootlar, o`tkazuvchi moslamalar, mashina va asbob-uskunalar, transport vositalari, uskunalar (priborlar), mahsuldor va ishchi hayvonlar, ko`p yillik daraxtlar, ishlab chiqarish va xo`jalik inventarlari, shuningdek yer unumdorligini tubdan yaxshilashga (yerlarni quritish, sug`orish tizimlarini yaratish, sho`rini yuvish va boshqa meliorativ tadbirlarga) yo`naltirilgan kapital qo`yilmalar kiradi.

Imoratlar o`simlikchilik tarmog`ida g`alla, sabzovot, poliz, meva va boshqa mahsulotlarni saqlash uchun omborxonalar, texnika va mashinalarni saqlash uchun garajalardan iborat bo`ladi. Chorvachilikda unga molxonalar, zootexnik va veterinariya laboratoriyalari, yem-xashakni saqlash omborlari va boshqalar kiradi.



Inshootlar – texnikaviy vazifalarni bajarishga xizmat qiladi. O`simlikchilikda unga suv minorasi, silos va senaj saqlash inshootlari, issiqxonalar, mahsulotlarni qisqa muddatda saqlash va tozalash maydonlari, sug`orish va quritish tarmoqlari kiradi. Chorvachilikda go`ng saqlash qurilmalari, suv chiqarish minorasi va qudug`i inshshoatlar turkumiga kiradi. Bulardan tashqari unga ichki xo`jalik foydalanishida bo`lgan yo`l va ko`priklar ham kiradi.
Shularni hisobga olib kurs ishining mavzusi bugungi kunda dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi.

Download 39,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish