Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
392
shaxsiy sifatlarning natijasidir. Shuningdek, Ibn Sino ratsional bilish darajasidagi xato va
yolg‘on tasavvurlarning kelib chiqish sabablarini tahlil qilishga ham alohida e’tibor
qaratgan. Ratsional bilish darajasidagi xatolarning asosiy sabablaridan biri sifatida u turli
bilimlarni bir xil tushuncha bilan ifodalashgan. Tushunchani bunday qo‘llash ko‘p hollarda
ma’nolarning aralashib ketishiga, turli xildagi xatolarga olib keladi. “Tushuncha tufayli
kelib chiqadigan xato, bir so‘z ikki boshqa-boshqa ma’noga ega bo‘lishi sabablidir.
Ma’nolar esa bir-biridan mutlaq farq qilishiga qaramasdan, bitta tushuncha bilan
ifodalanishi mumkin. Misol uchun “ayn” degan so‘z. Ehtimoliy xato “nur” degan so‘zda
yashirin bo‘lib, u ba’zida “ko‘rish” ma’nosida, ba’zida “haqiqat” ma’nosida qo‘llanilishi
mumkin. Tushunchalar bilan ishlashda kelib chiqadigan xatolar bir tushunchadan
boshqasiga o‘tadi. Masalan, “hamma” degan tushunchadan “har bir” degan tushunchaga
o‘tish yoki aksincha bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda “har bir” degan tushunchaning
ma’nosi “hamma” degan tushunchaga ko‘chiriladi, “hamma” degan tushunchaning ma’nosi
“har bir” degan tushunchaga ko‘chiriladi. “Hamma” va “har bir” tushunchalari o‘rtasida
farq mavjud bo‘lsa ham, bunday o‘tish ular birgalikda bo‘lganida chin bo‘lishi mumkin, ular
alohida bo‘lganida ham chin deb taxmin qilish mumkin.
Ibn Sino sofistikaning xatolar bilan aloqasini asoslab: “Sofistlar oddiy va murakkab
so‘zlarni mohiyatda, shakli va kelishiga ko‘ra mos kelishi, murakkablarni ajratish va
ajratilgan so‘zlarni birlashtirish bilan taqozolanganligini, ma’no munosabatida esa yolg‘on
tasavvur bilan aksidentalni substansional deb, ikkinchi darajali alomatni predmetning o‘zi
deb qabul qilish, predikativlik oqibatlarini bilmaslik, aslida sabab bo‘lmagan narsani sabab
deb olish, asoslardan sillogizmning buzilishi tufayli ekanini ko‘rish mumkin” deb
takidlaydi. U inson aqliy quvvatini yuqori baholagan va uning cheksizligini tan olgan.
Unutmaslik kerakki, Ibn Sino o‘z davrining farzandi sifatida ilohiy bilishni ham e’tirof
etgan. Bunday bilishning shakli sifatida Ibn Sino tush ko‘rishning rolini asoslagan. Tush
insonning osti xolatidagi voqelikni intuitiv bilish natijasidir shuningdek, u tajribagacha
bo‘lgan tushuncha va mulohazalarni e’tirof etgan.
Ibn Sino inson haqiqatni bilish mumkin deb ta’kidlar ekan, bilish yo‘llarining turli-
tumanligini ham e’tirof etadi. Uning ta’limotida bilish usullari bir-birini inkor etmaydi, bir-
birini to‘ldiradi, boyitadi va haqiqatni bilish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |