Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish 2021-yil 23-aprel 259
Geografiya darslarida o`quvchilarda ilmiy dunyoqarashni, Vatan va tabiatga mehr-
muhabbat hislarini shakllanishida, axloqiy va estetik tarbiyani amalga oshirishda ta`limning
boshqa metod va usullari bilan bir qatorda ta`limning texnika vositalari (TTV) ham muhim
rol o`ynaydi. TTV o`quvchilarning darsga qiziqishlarini va uni puxta o`zlashtirishlarini
ta`minlaydi, mustaqil ishlash malaka va iqtidorlarini oshirishda, tafakkuri va ijodiy
qobiliyatlarini takomillashtirishda bevosita yordam beradi. Shuningdek geografiya
darslarida
Microsoft Exsel, MS Office Power Point, Google Earth Win kabi dasturlardan
foydalanish mumkin. Amaliy ishlarni bajarishda Microsoft Word dasturidan foydalanish
mumkin.
Microsoft Exsel dasturida geografik xaritalar kiritilishi foydalanuvchiga yangi
imkoniyatlar yaratadi. Exsel dasturida geografik xarita huddi diagrammaga o‘xshash obekt
sifanida qaraladi. Davlatlarning maydoni, chegaralari mavzusini o‘tishda ham Exsel
dasturidan foydalaniladi.
Google Earth Win afzalliklari o`quvchilar geografiya darslarida faqat xarita bilan
ishlamasdan, balki kompyuterga dastur o`rnatilgandan so`ng, unda Yer yuzining xohlagan
joyini bu dastur asosida ko`rishi mumkin. Dastur ishlashi uchun kompyuter internet
tarmog`iga ulangan va kamida 46,6 kb/s.dan kam bo`lmagan tezlikka ega bo`lishi lozim.
Google Earth Win dasturi orqali iqtisodiy va tabiiy geografiya fanini o`qitilishida
o`quvchilarda bilim ko`nikma va malakalarini shakllantirishda yordamchi dasturdir.
So‘ngi yillarda barcha fanlarda bo‘lgani kabi masofaviy ta’lim geografiya fani bo‘yicha
ham rivojlanib bormoqda. Masofaviy o‘qitish usulidan malaka oshirish kurslarida keng
foydalanish mumkin. Informatsion texnologiyalardan foydalanish geografiya ta’limida katta
imkoniyatlarga ega. Geografiya ta’limida axborotlashtirishni to‘xtovsiz takomillashtirib
bormoq zarur. Chunki, geografiya bo`yicha elektron darsliklarni loyihalashtirish, ishlab
chiqish va o‘quv jarayonida keng foydalanish dolzarb masalaga aylanmoqda va ulardan
ommaviy ravishda ta'lim sohasida qo‘llanila boshlandi. Ular o‘z tarkibiga oddiy gipermatn
darslikdan tortib masofaviy o‘qitishning kompleks tizimlarigacha qamrab olmoqda. Shuning
uchun biz dars jarayonida qanchalik texnika vositalaridan o‘z o‘rnida ko‘proq foydalansak,
o‘quvchilarning o‘zlashtirishida yaxshi natija beradi, deb o‘ylaymiz.