Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
180
oluvchilar oldiga ularni jadal egallash bilan bir qatorda, muntazam va mustaqil ravishda
bilim izlash vazifasini qo‘ymoqda.
Yurtimizda ta’lim tizimi insonparvar g‘oyalarga asoslangan bo‘lib, bola shaxsini
ta’lim jarayoni markaziga qo‘yib, uni jismonan va aqlan rivojlantirishni, unda insoniylik
fazilatlarini shakllantirishni asosiy maqsad, deb belgilanmoqda. Ushbu maqsadga erishish
uchun har bir o‘qituvchi bola shaxsining rivojlanish qonuniyatlari, o‘ziga xos xususiyatlari
hamda bu jarayonni to‘g‘ri tashkillashtirish haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi zarur.
Mamlakatimizda ta’lim – tarbiya sohasining insonparvarligi, bilim berish barobarida
o‘quvchining ma’naviy olamini, axloqiy sifatlarini shakllantirishga e’tibor berilishi ham
uning o‘ziga xosligini ta’minlaydi. Avvallari o‘quvchiga obyekt sifatida qaralgan bo‘lsa,
endilikda unga ta’lim jarayonining faol ishtirokchisi bo‘lgan subyekt sifatida munosabat
bildirilmoqda. Natijada yoshlarda mustaqil faoliyat yuritish fikrlash hamda o‘z–o‘zini
rivojlantirib borish ko‘nikmalari shakllanib bormoqda.
Boshlang‘ich ta’limning samaradorligini ta’minlashda o‘qituvchining shaxsiy sifatlari
va pedagogik mahorati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun umumta’lim
maktablarida ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda malakali kasb egalarini tayyorlash, ularni
mustaqil fikrlash, ijodkorlikka o‘rgatishda zamonaviy o‘qitish metodlari - interaktiv
metodlar, innovasion texnologiyalarning o‘rni va roli benihoya kattadir. Demak,
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi pedagogik jarayonni to‘g‘ri boshqara bilishi uchun chuqur
bilim va kasbiy kompetensiyaga ega bo‘lishi lozim.
O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada
rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib mamlakat taraqqiyoti uchun yangi tashabbus va
g‘oyalar bilan maydonga chiqib, ularni amalga oshirishga qodir bo‘lgan, intellektual va
ma’naviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlash, ta’lim tashkilotlari
bitiruvchilari zamonaviy kasb egalari bo‘lishlari uchun ularda zarur ko‘nikma va bilimlarni
shakllantirish, dunyo miqyosidagi bugungi keskin raqobatga bardosh beraoladigan milliy
ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini zamon talablari asosida
takomillashtirish, ularning yangi avlodini yaratish, o‘quv dasturlari va standartlarini
optimallashtirish dolzarb vazifadir. Jahonning rivojlangan mamlakatlarining ta’lim
tizimidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish uzluksiz ta’lim jarayoniga kompetension
yondashuvni tatbiq etish zarurligini ko‘rsatdi.
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o‘qitishning asosiy mohiyati ona tilidan
tashkil etilgan ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma
va malakalarni o‘z shaxsiy hayoti davomida, shuningdek, kelgusida kasbiy va ijtimoiy
faoliyatlarida qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirish sanaladi.
O‘quvchilar kelgusida hayoti davomida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy
munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi, mazkur jarayonda duch
keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi o‘z sohasi, kasbi bo‘yicha
raqobatbardosh bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo‘lishi lozim.
Ma’lumki, umumiy o‘rta ta’lim maktablari zimmasiga ta’lim-tarbiya jarayoni orqali
o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalar, jumladan, kommunikativ, axborot bilan ishlay
olish, shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi, ijtimoiy faol fuqarolik
kompetensiyasi, umummadaniy kompetensiyalar, matematik savodxonlik, fan va texnika
yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyalarini tarkib toptirish
vazifasi yuklatilgan.
Ta’lim-tarbiya jarayoniga kompetensiyali yondashuv o‘qitish maqsadlariga erishish
uchun ta’lim mazmunini boyitish o‘quv jarayonini innovatsion texnologiyalar asosida
Do'stlaringiz bilan baham: |