Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
179
Бундай устуворликни яратиш учун таълим соҳасида ҳам замонавий педагогик
технологиялардан фойдаланишимиз, умрбод билим олишимиз, тезкор замонавий
ахборот-коммуникация технологияларини ўзлаштириб, узлуксиз малака оширишимиз
зарур.
Бу эса, ўқитувчиларнинг ҳам ўз меҳнат-фаолияти давомида кутилган мақсадга
эришишига ёрдам беради.
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING KOMPETENSIYASINI
SHAKLLANTIRISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI
Begmurodov Baxtiyor Axmedovich - Navoiy viloyat XTXQTMOHM “Maktabgacha,
boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Annotatsiya:
maqolada boshlang‘ich ta’lim fanlarni o‘qitishda axborot texnologiyalarni
qo‘llash orqali o‘quvchilar faolligini oshirish usullari kompetensiyaviy yondashuvga
asoslangan o‘qitishning asosiy mohiyati ona tilidan tashkil etilgan ta’lim-tarbiya jarayonida
o‘quvchilar tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z shaxsiy hayoti
davomida, shuningdek, kelgusida kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida qo‘llay olish
kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirish vositalari yoritilgan.
Annotation:
in the article, the main essence of teaching based on a competency-based
approach to ways to increase student activity through the use of information technology in
the teaching of primary education, tools for directing skills and competencies to the
formation of competencies to apply in their personal lives, as well as in their future
professional and social activities.
Аннотация:
в статье раскрывается основная сущность обучения на основе
компетентностного подхода к способам повышения активности учащихся за счет
использования информационных технологий в обучении начального образования,
инструментов направления навыков и компетенций на формирование применяемых
компетенций. в личной жизни, а также в будущей профессиональной и общественной
деятельности.
Kalit so‘zlar:
Kompetensiya, faollik, faollashtirish, interfaol metodlar, intelektual,
integratsiya, uzviylik.
Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan, bugungi kunda
amaliyotga joriy etilgan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonundan o‘rin olgan vazifalar uzluksiz
ta’lim tizimida tashkil etiladigan ta’lim–tarbiya jarayonining samaradorligini orttirish
maqsadida keng ko‘lamli izlanishlar olib borishni taqoza etadi.
So‘nggi yillarda mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini
oshirish, bog‘cha tarbiyalanuvchilari, o‘quvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va
ko‘nikmalarni shakllantirish, ta’lim tizimlari hamda ilm-fan sohasi o‘rtasida yaqin
hamkorlik va integratsiyani, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash borasida
tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, milliy ta’lim-tarbiya tizimining amaldagi holati uni zamon talablari
asosida modernizatsiya qilish, yoshlarni yuksak bilim-ma’rifat egalari, jismoniy va
ma’naviy sog’lom insonlar etib tarbiyalash bo‘yicha izchil chora-tadbirlarni amalga
oshirishni talab etmoqda.
Ilm-fan jadal taraqqiy etib, zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari keng joriy
etayotgan jamiyatda turli fan sohalarida bilimlarning tez yangilanib borishi, ta’lim
Do'stlaringiz bilan baham: |