Узлуксиз таълим тизимида малакали кадрлар тайёрлаш муаммолари


Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish



Download 6,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/467
Sana02.03.2022
Hajmi6,5 Mb.
#479031
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   467
Bog'liq
2021 23 04 конференция тўплами

Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish

2021-yil
 
23-aprel 
121 
boshlang‘ich ta’lim va oliy ta’lim malaka talablarining nomuvofiqligi, shuningdek 
boshlang‘ich sinflarda o‘qitish amalga oshiriladigan o‘quv-metodik majmualarining xilma-
xilligi bilan bog‘liq kata ilmiy va amaliy qiziqishini ifodalashini ko‘rsatadi. 
O‘qitishning variativligi sharoitlarida o‘qituvchilar har bir O‘MMning xususiyatlarini 
bilishlari va ular bo‘yicha ishlashni bilishlari kerak.
Afsuski malaka oshirish darsliklarida zamonaviy o‘quv-metodik majmualarida 
innovatsion metodikalarni kiritish lozim. Shuning uchun yosh pedagog OTMni bitirganidan 
so‘ng qo‘shimcha qayta tayyorlovdan o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Yuzaga kelgan vaziyatdan 
chiqish uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy kompetentligi strukturasini ishlab 
chiqish, jarayonning ratsional texnologiyasini tanlash, byudjet tomonidan ajratilgan vaqtda 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida shakllantirish, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida alohida 
kompetentliklar shakl va rivojlanganligi darajasining zaruriy nazorati muhimdir.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini malakasini oshirish bo‘yicha tadqiqotlar tahlili 
quyidagilar o‘rtasida qator ishlarni amalga oshirish imkonini berdi: boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchilarining kompetentliklari darajasiga zamonaviy talablar va fanda kasbiy 
kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishning konseptual-texnologik asoslarining 
yetarli ishlab chiqish: yaxshi amaliy tayyorgarlikka ega boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga 
talab va so‘nggi yillarda o‘quv-tarbiyaviy jarayonining boshlang‘ich o‘qituvchining nazariy 
tayyorgarligiga yo‘naltirish; kasbiy kompetensiyalarga ega bo‘lgan boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchisini takomillashtirish zarurati va maqsadga muvofiq o‘quv-metodik ta’minotning 
ishlab chiqish: kasbiy kompetensiyalar shakllanganligi va rivojlanganligi darajasini o‘lchash 
orqali malaka oshirish sifatini baholash monitoringini o‘tkazish. 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning malakasini oshirishda kasbiy o‘z-o‘zlarini 
rivojlantirishda innovatsion yondoshuvlardan foydalanishni talab etadi. Ehtimol ko‘pgina 
faoliyat turlarining kompleks birligidagi ulardan birortasining sharoitga muvofiq ustunligi 
to‘g‘risida ta’kidlash zarurdir. Masalan, pedagog faoliyatidagi mavjud tashkilotchilik 
qobiliyatlari albatta o‘quvchilar bilan muloqotga e’tibor qaratishni, gnostic qobiliyatlar 
(bilishga oid rivojlanish) o‘rganish va o‘yinning ustuvorligini nazarda tutadi. 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi ishining o‘ziga xosligi ko‘pincha “o‘quv faoliyati” 
tushunchasi bilan tenglashtiriladigan “o‘qitish” atamasiga alohida e’tibor qaratishni talab 
etadi.
O‘qitishning asosiy maqsadi – “ma’lum bilim, ko‘nikma, malaka, xulq shakllari va 
faoliyat ko‘rinishlarini o‘zlashtirish” hisoblanib, u “faol gnostic faoliyatda ifodalanadi va 
unga asoslanadi”. Biz ular barcha yosh davrlarini qamrab olinishi bilan tushunilishi yanada 
samarali deb hisoblaymiz. 
“O‘quv faoliyat – bu o‘z mazmuniga ko‘ra ilmiy tushunchalar sohasidagi hatti-
harakatlar umumlashgan usullarini egallashni ifodalaydigan faoliyatdir”. I.A.Zimnyaya 
o‘quv faoliyatiga tavsif berib, bu “subyektning o‘quv hatti-harakatlar umumlashgan 
usullarini egallash va o‘z-o‘zini nazorat qilish va baholashga aylanuvchi tashqi nazorat 
hamda baholash asosida o‘qituvchi tomonidan maxsus qo‘yilgan o‘quv vazifalarini yechish 
jarayonida o‘zini rivojlantirish bo‘yicha faoliyati” deb ta’kidlaydi. 
Bunday tushunishda o‘quv faoliyati birinchi o‘ringa o‘qituvchi shaxsini chiqarishni 
nazarda tutadi. O‘zining gnostik yo‘nalganligini yo‘qotmay, u bir vaqtda mazmuni ta’lim 
oluvchilarning o‘quv faoliyatini amalga oshirish uchun optimal sharoitlarni yaratishdan 
iborat bo‘lgan pedagogik faoliyatga aylanadi. Pedagogik faoliyatning o‘ziga xosligi u ta’lim 
oluvchining hamda ta’lim beruvchining rivojlantirish va takomillashtirishni anglatadi. 
O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qituvchi nafaqat bilimlarni yetkazuvchi sifatida xizmat qiladi
balki o‘quvchi uchun kata kata avlodning tajribasi va madaniyati mujassamlashgan timsoli 



Download 6,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish