ASOSIY VAZIFALARI Ro‘ziqulov Faxriddin Rasulovich - Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi Annotatsiya: mazkur maqolada ta‘lim ta’rbiya jarayonida yoshlarni tarbiyalashda
pedagoglarning mahorati g‘oyaviy tarbiyaning samarali yo‘llari, ta’lim-tarbiya sohasi
mutasaddilari zimmasiga yuklanayotgan ma’suliyatli vazifalarni muammolari va yechimlari
bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar: Zamonaviy talim-tarbiya, demokratik, insonparvarlik, faoliyat, ko‘nikma,
metodika, qat’iyatlilik, hurfikrlilik.
Аннотация: в статье даны рекомендации по навыкам учителей в обучении молодежи
в образовательном процессе, эффективным методам идеологического воспитания,
проблемам и способам решения задач, поставленных перед должностными лицами
системы образования.
Ключевые слова: Современное образование, демократия, человечность, активность,
умение, методология, настойчивость, щедрость.
Annotation: This article providesrecommendations on the skills of teachers in educating
young people in the educational process, effective methods of ideological education,
problems and solutions to the tasks assigned to education officials.
Key words: Modern education, democracy, humanity, activity, skill, methodology,
perseverance, generosity.
Zamonaviy talim-tarbiya va ma’naviyat sohasida yuzaga kelayotgan ko‘plab
muammolarni hal etishda, xususan yosh avlod ongini turli zararli oqimlar buzg‘unchi
mafkuralar ta’siridan asrashda o‘qutuvchi va murabbiylarning ustozlik mahorati, ishontirish
san’ati, shaxsiy ibrati va namunasi g‘oyat muhimdir. Dunyo o‘zgarishda davom etayotgan
va yangi-yangi muammolar paydo bo‘layotgan bir davrda pedagoglar zimmasidagi
ma’suliyat to‘xtovsiz oshaveradi, aslo kamaymaydi.
Insоn аslidа bахt vа ezgulik uchun dunyogа kеlаdi, shu оrzu-umid bilаn yashаydi.
Lеkin bu bilаn ish bitmаydi, ushbu ezgu niyatigа yеtishi uchun hаrаkаt qilishi, mеhnаt
qilishi lоzim. Insоnning insоn bo‘lib shаkllаnishidа, hаyotdа o‘z o‘rnini tоpishidа, el-yurt
ichidа izzаt-hurmаtgа sаzоvоr bo‘lishidа, yuksаk ахlоq-оdоb qоidаlаrini o‘zidа mujаssаm
etishidа pedagogik tarbiya jarayoni аsоsiy o‘rinni egаllаydi.
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy
va jismoniy kuch sarf etmay qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt
orasida muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat
yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatini nazorat
qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma hamda malakalar darajasini baholash
o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha
yondashuvni talab etadi. Pedagogik mahorat har bir pedagogning imkoniyati darajasida
tashkil qilinishi kerak. Qanday usul va vositalar yordamida tashkil qilinishidan qat’iy nazar
pedagogik mahorat quyidagi ko‘rinishda amalga oshiriladi:
-
pedagogik faoliyat (ta’lim-tarbiya jarayonining) samaradorligini oshirishi;