Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
353
- kommunikatsiya sharoitiga bog‘liq ravishda o‘z-o‘zini tahlil qilish malakasini
shakllantirish va shaxsiy axloqini korreksiya qilish;
- muloqotning barcha ishtirokchilariga ijobiy munosabatni shakllantirish;
- trening texnologiyalari ichida foydalanilayotgan ta’lim usullaridan qat’i nazar
o‘quvchilar faolligini oshirish.
Yuqori sinf o‘quvchilariga ingliz tilini o‘qitishda kommunikativ treninglardan
foydalanish jarayonida, avvalo, ularni shaxs sifatida shakllantirish masalalariga e’tibor
qaratish muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi. Ingliz tili o‘qituvchisi faol muomalaga
kirisha olishi bilan bir qatorda, berilayotgan har bir ma’lumotga, voqea hamda hodisalarga
o‘z qarashlarini, munosabatlarini bildirishga o‘rgatish maqsad qilib qo‘yiladi. Bunday
jarayonda: – o‘quvchilarning mantiqiy fikr yuritish uchun imkoniyat berish;–g‘oya va
fikrlarning xilma-xilligining ustuvorligini ta’minlash;–o‘quvchilarning o‘kuv jarayonidagi
faolligi ta’minlanadi;
– o‘quvchilarda o‘ziga ishonch hissining ustuvorligi;
– o‘zgalar fikr va qarashlarini hurmat qilishi va qadrlashi shakllanadi.
Shuning uchun o‘quvchi-talabalarni yon atrofdagilar bilan jonli so‘zlashuv muloqotida
bo‘lishga ko‘proq jalb qilish maqsadga muvofiqdir. Xullas, yuqorida qayd etilganlar davlat
tili (o‘zbek tili)ni umuman bilmaydiganlar uchun bu tilni o‘rgatish samaradorligini oshirishi
aniq. Vazifa esa o‘zbek tilini baynalminal guruhlarda o‘rgatish jarayonida bu holatlarga
e’tibor berish, mavjud imkoniyatlar va mahoratni ana shu holatlarda foydalana olishga
yo‘naltirishdan iborat. Ma’lumki, boshqa tillarni bilish, o‘rganish hech qachon o‘z ona tilini
kamsitish, esdan chiqarish, unutish hisobiga bo‘lmaydi. O‘z tilini mukammal bilgani va
hurmat qilgani holda boshqa tillarni bilish va o‘rganish, ko‘p til bilish maqsadga muvofiq
ekanligini unutmaslik kerak. Ana shu nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, boshqa tillarni
o‘rganishga da’vat, avvalo, o‘z ona tilini ham bilishga, shu bilan birga, shu asosda, boshqa
tillarga ham hurmatni shakllantirish, o‘rganishni yo‘lga qo‘yishni taqozo etadi. Afsuski,
nazarimizda, ba’zilar boshqa tillarni o‘rganishni o‘zbek tilini, o‘z ona tilimizni kamsitish,
uning mavqeini kamaytirish, tilimizga bo‘lgan e’tiborni susaytirish, bu tilni o‘qitish,
o‘rgatishga panja orasidan qarash, tilimiz boyliklarini targ‘ib qilishni paysalga solish,
madaniy nutq tuzish ko‘nik–malarini yoshlarda tizimli tarzda shakllantirib borishga bir
yoqlama yondashish yoki esdan chiqarish qabilida ish tutishni o‘ylayaptilar. Boshqa tillarni
o‘rganish zinhor o‘z ona tilini unutish, unga e’tiborsizlik bilan qarash, kamsitib
munosabatda bo‘lish kabi illatlar hisobiga bo‘lmasligi kerak. Jahonga chiqishni
ta’minlaydigan beshta, o‘nta tilni, ko‘prog‘ini ham o‘rganaylik. Axir, Sharqning juda ko‘p
yirik olimlari: Beruniy, ibn Sino, Farobiy va boshqalar ko‘plab tillarni bilganlar. Biroq ular
o‘z tillarini unutmaganlar, o‘z tillarida ham asarlar yozganlar. O‘z tillarining ravnaqi uchun
kurashganlar. Biz bilamizki, O‘zbekistonimizning ko‘p hududlarida xalqimiz asrlar
davomida ko‘ptillikka egadir. O‘zbek, tojik ikki tilliligi Farg‘ona vodiysi, Buxoro,
Samarqand vohalarida va boshqa ko‘p joylarda hozirda amaldadir. Ana shu hududlarda uch
tillilik ham hukm surdi (bu hududlar odamlari o‘zbek, tojik, rus tillarida bemalol muloqot
qila olganlar). Yurtimizning ko‘p kishilari to‘rt tilda bemalol muloqot qilishgan. Ya’ni, arab
yoki yana boshqa bir tilni ham o‘zlashtirib olganlar bo‘lgan. O‘zbeklar turkiy tilda
so‘zlashuvchi elatlarga mansub bo‘lib, alohida adabiy til maqomini olib, o‘zgarib ketgan
uyg‘ur, turk, ozarbayjon, tatar, turkman, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, qorachoy kabi tillar
vakillari bilan ham muloqotda bo‘lishgan. Shunga qaramay, o‘z tillarini unutishmagan.
Muloqot orqali chet tiliga o‘rgatishda darsning amaliy yo‘nalishini anglatadi. Til
to‘g‘risidagi emas, o‘rganilayotgan tilda darsni olib borish to‘g‘ri yo‘l. Gapirishga
gaplashib, eshitishga eshitib, o‘qishga o‘qib o‘rganish mumkin. Bu, avvalo, mashqlarga
Do'stlaringiz bilan baham: |