Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
302
o‘tkazilmoqda, milliy bayramlar nishonlanmoqda, to‘garaklar faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston tarixini, madaniyatini va tilini o‘rganish bo‘yicha tadbirlar tashkil etilmoqda,
turli suhbatlar, uchrashuvlar o‘tkazilmoqda, to‘garaklar tashkil etilib, faoliyat olib
bormoqda. Turli millat vakillari o‘zbek xalqining milliy bayramlarida hamkor-hamjihat
bo‘lib ishtirok etishmoqda. O‘zbekistonda turli milliy markazlarning milliy musiqa, raqs va
hunar to’garaklari o‘z ishini kengaytirmoqda.
O‘zbek falsafasida tolerantlikni bag‘rikenglik milliy g‘oya tamoyili nuqtai nazaridan
bir makondagi turli fuqarolarning millatlararo, dinlararo murosa-yu madora mazmunida
qabul qilingan. Bu tushunchada o‘zga millat va dinga, dindorlarga xurmat asosida milliy
hamjihatlikka erishish nazarda tutilgan
1
. O‘zbek olimlari tolerantlikning tarjimasida milliy
qiyofada mujassam bo’lgan ahloqiy mexr-oqibat, aslida insonga iloxiy muhabbatni nazarda
tutgan deb hisoblaydi. Chunki, atamada inson quchog’i, yani ko‘krak qismi - bag‘rini ruhiy
ifodalaydi. Tolerantlikda fuqarolarning o‘rtoqligi bo‘lsa, bag‘rikenglikda o‘zbekning o‘zga
millatlarga beg‘araz do‘stlik fazilatlari anglashiladi. Bag’rikenglik milliy mehr-oqibat
ma’nolarida ochiq qo‘llik, keng fe’llik asosida o‘zini qurshab olgan muhitdagi yordamga
muhtojlarga madad berish, imkon doirasidagi saxovatpeshalik hisoblanadi.
Bularni ham ma’lum qoidalar asosida amalga oshirish darkor. Ibn Sino yosh bola
tarbiyasini turli sharoitda ma’lum izchillik va tartib bilan olib borish haqida onalarga yaxshi
maslahatlar beradi.
“Bola xulqini mo’tadillikda saqlashga alohida e’tibor berish kerak. Bunda ikki manfaat
bor. Birinchisi – bolaning ruhi uchun bo‘lib, u yoshlikdan boshlab, yaxshi xulqli bo‘lib
o‘sadi va keyinchalik bu unga ajralmas malaka bo‘lib qoladi.
Ikkinchisi – uning badani uchun, chunki yomon xulq turli mijoz buzilishlardan bo‘ladi.
Shuningdek, agar yomon xulq odatga kirib qolsa, u mijoz buzilishini keltirib chiqaradi.
Masalan, g‘azab kuchli qizdiradi, qayg‘u kuchni quritadi...”. Xulqning muvozanatda
bo‘lishi badan salomatligini saqlaydi. “Jahling chiqqan taqdirda ham birovga qattiq
gapirma”- degan xalqimizda yaxshi hikmatli so‘zlari bor.
Maʼlumki, maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining rivojlanishida har bir yosh
bosqichida o‘zini o‘rab turgan muhitdan aynan o‘zini qiziqtirgan hayotiy malakani oladi.
Maktabgacha taʼlim tashkilotida rivojlantiruvchi pedagogik muhitni tashkil etishda
bolalarning qobiliyatini, imkoniyat va isteʼdodini namoyish eta oladigan madaniy-maʼnaviy
markazilarni yanada rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi va bu orqali ularda:
1. Dunyodagi barcha narsalarning o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligini tushuntirish;
2. Bag‘rikenglik va sabr toqatlilikning ahamiyatini tushuntirish;
3. Millatlarning irqi, dini, hayot tarzi har xil ekanligini tushuntirish;
4. Hayotda insonlar bilan o‘zaro tinch-totuvlikda yashashga o‘rgatish;
5. Bolalarda ertangi kun uchun maʼsuliyatlilik, javobgarlik kabi xususiyatlarni tarbiyalash;
6. Yosh avlodda vazminlikni kuchaytirish, bag‘rikenglik, sabrlilik, chidamlilik kabi
xususiyatlarni tarbiyalash;
7. O‘quv materialini tanlashda o‘g‘il va qiz bolalar orasidagi o‘ziga xoslikni farqlash, o‘g‘il
va qiz bolalalrning alohida o‘ziga xos faoliyatini rivojlantirish;
8. Muayyon jinsga mos keladigan o‘quv-faoliyatini tashkil etish;
9. Har bir jinsning o‘ziga xos faoliyat turini shakllantirishga xizmat qiladigan o‘quv
materiallarini tanlash;
10. Taʼlim jarayonida didaktik jihatdan shakllangan gender omillar talqinini qo‘llashga
yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni shakllantirish lozimdir.
1
Исоқов Б.Р. Ҳурриятнинг ҳуқуқий ҳимоячиси -Наманган; НамДУ, 2016. Б –172
Do'stlaringiz bilan baham: |