Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
249
an’anaviy muloqot sharoitlarida olib boriladi. Dars jarayonida texnika bilan shaxs va shaxs
bilan shaxs o‘rtasidagi muloqotni muvofiqlashtirib olib borish maqsadga muvofiq.
Ta’lim beruvchilar innovatsiyon texnologiyalaridan foydalanish va amaliyotga tadbiq
etish jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi interaktiv hamda refleksiv ta’sirni
unutmasligi kerak. Ta’lim jarayonida innovatsiyon texnologiyalaridan foydalanish
o‘quvchilarning kommunikativ va bilish faoliyatini sifat o‘zgarishlariga olib boradi hamda
ta’lim olish usullarining o‘zgarishi asosida shaxs sifatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan,
internet
bilan
ishlaganda,
o‘quvchilarning
faolligi ortadi va ta’lim jarayoni
individuallashadi, turli ma’lumot manbalari bilan ishlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu esa
o‘quvchilarning shaxsini rivojlantiradi. Ularda mustaqil fikr yuritishga, tashabbuskorlikka,
mobillikka rag‘batlanish paydo bo‘ladi. Ammo, shuning bilan bir qatorda salbiy ta’sirlar
ham yuzaga kelishi mumkin. Yani, intensiv intellektual va ijodiy rivojlanish o‘quvchilarni
mavjud ijtimoiy muhitga moslashishini ta’minlay olmaydi. Ular turli kompyuter
manbalariga, shu jumladan internetga bog‘lanib qolishlari ham mumkin. Bu esa kelajakda
o‘quvchi shaxsini boshqalardan ajralib qolishiga sabab bo’la oladi. Bolalarning ruhiyatida
keskin o‘zgarishlar ro‘y berib, ularda o‘z do‘stlarini virtual olam qahramonlari bilan
almashtirish, ruhiy javob reaksiyalarida pasayish, qiziqishlar doirasida torayish kabi holatlar
kuzatilishi mumkin.
O‘quv faoliyati jarayonida dars maqsadining aniqligi, mantiqiyligi, ketma-ketliligi
hamda talablarning refleksivligiga e’tibor qaratish lozim. Bu birinchidan, o‘quvchining
ruhiy muloqotini amalga oshirish uchun muhim bo‘lsa, ikkinchidan, teskari aloqani
kuchaytirishga asos bo‘ladi va ta’lim jarayoni uchun mo‘ljallangan dasturiy va texnik
vositalarning “insonlashuvi” kuzatiladi. Bu jarayonda zamonaviy kommunikatsiya axborot
texnologiyalarining o‘quvchilarga ta’siri ortib, u chegaralangan doiradagi ruhiy ta’sirlardan
tortib, to shaxsni to‘la o‘zgartirishgacha (internetga bog‘lanib qolish, xakerlik sindromi) olib
keladigan jarayondan saqlashi mumkin.
Psixolog olimlar bugungi kunda innovatsiyon texnologiyalarining ruhiyatga ta’sir
ko‘rsatishi va undan oqilona foydalanish e’tiborga molik masala ekanligini uqtiradilar. Bu
esa o‘z navbatida pedagoglar uchun ham o‘ta dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Sharq
donishmandlari “Qayerga ketayotganingni bilish uchun qaerdan kelayotganingni aniqlash
lozim” - deb aytgan hikmatli so‘zlaridan hamda yuqorida aytilgan fikrlardan kelib chiqib
o‘quv muhiti dasturini axborot kommunikatsiya texnologiyalari orqali loyihalayotgan
vaqtda o‘quvchilarni ongli fikrlashi va o‘zaro ta’sir holatiga ham alohida e’tiborni qaratish
maqsadga muvofiq. Buning uchun:
- o‘quvchilarda ma`lum bilim, ko`nikma va malakalarini rivojlantirish bilan birgalikda
shaxsini ham shakllantirishga ijtimoiy psixologik, motivatsiya berish ish;
- o‘qitish shakllarini o`zgartirish uchun harakatlanish va moslashish
Do'stlaringiz bilan baham: |