Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
136
jarayonini axborotlashtirish
uni moddiy bazasini boyitish, o‘quv jarayonida axborot
kommunikatsion texnologiyalari samarali foydalanish uchun kerakli zamonaviy dasturiy
vositalar bilan ta’minlash yuzasidan ko‘plab tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuning uchun
ham ta’limda eng muhim strategik yo‘nalish bo‘lib ta’lim muassasalarini innovatsion
faoliyati hisoblanadi. Ta’lim-tarbiya tizimining asosiy vazifasi o‘sib kelayotgan yoshlarni
vatanparvar, har tomonlama yetuk bilimdon,
jismoniy baquvvat, ma’naviy jihatdan
barkamol qilib voyaga yetkazish hamda kun sayin oshib borayotgan axborot ta’lim muhiti
sharoitida mustaqil faoliyat ko‘rsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga
o‘rgatishdan iboratdir.
Buning uchun ta’limning samaradorligini oshirish va bilimlarni to‘la egallashlariga
erishish, shaxsning ta’lim diqqat markazida bo‘lishini va yoshlarning mustaqil bilim
olishlarini ta’minlash,
iqtidorli, iste’dodli va o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan o‘quvchilarga
individual yondashish, har bir o‘quvchining eng yaxshi sifatlarini aniqlash, uni rivojlantirish
va ularning qiziqishi, ehtiyoji, qobiliyati va shaxsiy sifatlari, intellektual xususiyatlarini
aniqlagan holda har bir darsni tashkil etishga e’tibor berishimiz maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi tezkor axborot, globallashuv jarayoni biz o‘qituvchilar zimmasiga juda katta
vazifani yuklaydi, bu ham bo‘lsa yoshlarni axborot bo‘ronlaridan himoya qilish.
Bugungi
kunda ilg‘or o‘qituvchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanmasdan dars o‘tishini tasavvur etib bo‘lmay qoldi. Chunki hozirgi tezkor davrda
o‘quvchilar diqqatini ilm olishga qaratish uchun quruq doska va bo‘r yoki ikkita plakat
kamlik qiladi. Yetkazuvchisi sifatida, yangiliklardan boxabar bo‘lgani holda, dars jarayonini
qiziqarli olib borishi lozim. Dars berayotgan sinfiga taalluqli didaktik materiallarni,
darsliklarni, uslubiy qo‘llanmalarni va elektron o‘quv vositalarini ham mukammal
o‘rganishi, ularni darslarda qo‘llay olishi darkor.
Boshlang‘ich ta’lim tizimida
yangi pedagogik texnologiyalar, shu jumladan, axborot
texnologiyalari bilim olish motivini rivojlantirishga katta yordam beradi. Axborot
texnologiyalari asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, o‘tkazish metodlariga ko‘ra
o‘quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki bunday darslar bola ruhiyatiga yaqinroq
bo‘ladi. O‘quvchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish,
xohish va
istaklarini qo‘zg‘atish asosida maqsadga erishish motivasiya bo‘lib, bu o‘qituvchi va
o‘quvchilarning o‘zaro ichki yaqinlashuvidir.
Axborot – kommunikatsion texnologiyalar – bu bilim, dalil va qonunlarni taqdim
etishda barcha imkoniyatlarni o‘zida jamlab olgan usul va metodlar demakdir. Har qanday
texnologiya – bu axborot texnologiyalari bo‘lib, uning negizini ma’lumotlarni qabul qilish
va qayta ishlash tashkil etadi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quv texnologiyasining bevosita boshlang‘ich sinflarda
axborot texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning kayfiyati, qiziqishlari,
hayot tarzi,
dunyoqarashi, tafakkuri, aqliy va kasbiy ko‘nikmalarini namoyon qiladi. Internet
texnologiyalarining kirib kelishi o‘quvchilarga axborot manbalaridan foydalanish imkonini
beradi, mustaqil ishlar samaradorligini oshiradi, ijodkorlik, malaka va ko‘nikmalarni
egallash va mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar beradi, ta’limning yangi shakllari va
metodlarini amalga oshirishga sharoit yaratadi.
Boshlang‘ich ta’lim jarayonida multimediyadan foydalanish o‘qituvchiga:
- darsni zamonaviy tarzda modellashtirish;
- bilimlarni chuqurlashtirish uchun qo‘shimcha ma’lumot va axborotlarga ega bo‘lish;
- nazariy va mustaqil ishlashni tayyorlash imkonini beradi.
Boshlang‘ich ta’lim jarayonida multimediyadan foydalanish o‘quvchilarga:
- fanga qiziqish uyg‘otish, o‘z bilimlarini nazorat qilish va mustahkamlash;