Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
127
Shaxsiy ishlarni baholash, o‘z ishlarini taqriz qilish va ishlab chiqilgan talablar
asosida qayta baholash;
Shaxsiy tanqid va o‘rtog‘ining tanqidiy qarashlari asosida qo‘yilgan baholarni
qiyoslash;
Talabalarning o‘z ishlari va o‘rtoqlarining ishlariga qo‘yilgan baholarini
taqqoslash.
Bugungi kunda ilmiy asoslangan ta’lim – tarbiya jarayonining quyidagi umumiy
qonuniyatlari pedagogikaning metodologik asosini tashkil etadi:
PEDAGOGNING INNOVATSION YONDASHUVI – TA’LIMNING SIFAT VA
SAMARADORLIK OMILI
Ergasheva Nafosat Husniddin qizi - Karmana tuman XTB xorijiy fanlar uslubchisi
Annotatsiya:
maqolada bugungi kunda ta’lim – tarbiya tizimida o‘qituvchi – pedagogning
dars jarayonidagi innovatsion yondashuvi hamda uning dars samaradorligiga ta’siri
yoritilgan
Аннотация :
в статье описывается инновационный подход учителя в системе
образования сегодня и его влияние на эффективность урока.
Annotation:
the article describes the innovative approach of the teacher in the educational
system today and its impact on the effectiveness of the lesson.
Keyingi
yillarda
mamlakatimizda
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishning
ustuvor
yo‘nalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan ta’lim tizimini yaratish
bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayni paytda o‘qitish samaradorligini
oshirish, o‘quvchilarning davlat ta’lim standartlarida belgilangan bilim, ko‘nikma va
malakalarni to‘la egallashlariga erishish, mustaqil bilim olishlarini ta’minlash, iqtidorli,
iste’dodli hamda ayrim fanlarni o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan o‘quvchilarga individual
yondashish, bolalarning eng yaxshi fazilatlarini rivojlantirish, yoshlarning qiziqishi,
ehtiyoji, qobiliyati, intellektual xususiyati va shaxsiy sifatlarini aniqlagan holda darslarni
tashkil etishga jiddiy e’tibor qaratish dolzarb vazifalardandir.
Barcha fanlardan yangidan-yangi ta’lim texnologiyalari va interfaol usullar ishlab
chiqilib, muntazam modernizatsiyalashtirilmoqda. Tarix fanlarini o‘qitishda tarixiy bilim,
tushuncha va tasavvurlarni egallash, ularni izohlash, ko‘nikma va malakani shakllantirish
orqali o‘quvchilar intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularga kasb-hunarga
yo‘naltirilgan bilim berishni ta’minlash va qiziqishini oshirish maqsadida innovatsion dars
usullari ishlab chiqilmoqda. Tarix fanlarini o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari shundan
iboratki, o‘quvchilarning tanlagan kasbi bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy bilim, tushuncha,
tasavvurni yanada rivojlantirish hamda o‘zining sohasiga doir tarixiy bilimlar bilan
tanishtirish ularni hayotga va kasbiy faoliyatiga tatbiq etishni o‘rgatishdir.
O‘qituvchining innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-
sharoitlarga bog‘liq. Unga o‘qituvchining tayinli muloqoti, aks fikrlarga nisbatan bеg‘araz
munosabat, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi.
Buning natijasida o‘qituvchi o‘z bilim va ilmiy faoliyatini ta’minlaydigan kеng qamrovli
mavzu (motiv)ga ega bo‘ladi.
O‘qituvchi faoliyatida o‘z-o‘zini faollashtirish, o‘z ijodkorligi, o‘z-o‘zini bilishi va
yaratuvchiligi kabi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‘qituvchi
shaxsining krеativligini shakllantirish imkoniyatini bеradi. Yangilik kiritishning muhim
sharti muloqotning yangi vaziyatini tug‘dirishdir. Muloqotning yangi vaziyati - bu
Do'stlaringiz bilan baham: |