Узлуксиз таълим тизимида малакали кадрлар тайёрлаш муаммолари


Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish



Download 6,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/467
Sana02.03.2022
Hajmi6,5 Mb.
#479031
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   467
Bog'liq
2021 23 04 конференция тўплами

Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish

2021-yil
 
23-aprel 
124 
joylashtirilgan matnlar yig‘indisi” kabi. Demak, til korpusi ma’lum tilning belgilangan 
davrdagi, xilma-xil janr, rang-barang uslub, hududiy hamda ijtimoiy variantdagi 
matnlarining elektron shakldagi maxsus dasturiy ta’minot asosidagi yig‘indisidir. Korpus 
haqida yuqorida keltirilgan ta’riflar ham u haqida muayyan tilning o‘ziga xos xususiyati va 
variantlarini aks ettiruvchi bir necha belgi asosida tanlab olingan elektron shakldagi matn 
parchalari, lingvistik tadqiqot uchun asos vazifasini o‘taydigan tizim deya xulosa qilishga 
asos bo‘ladi. Til korpusi bugungi kunda jahonda tez taraqqiy etayotgan soha – korpus 
lingvistikasi mutaxassislari tomonidan ilmiy tadqiqotlar olib borish, til o‘rgatish maqsadida 
yaratilmoqda. Jahon tillarining juda ko‘pchiligi mukammallik darajasi, matnni (ilmiy) qayta 
ishlash imkoniyati bilan farq qiluvchi o‘z milliy korpuslariga ega. Zero, “bugungi kunda 
lingvistik tadqiqot va amaliy topshiriqlar yechimi uchun til korpuslari zamonaviy 
tilshunoslikning inkor etib bo‘lmas ish quroliga aylandi, chunki korpus turli lingvistik 
topshiriqlarni yechishga xizmat qiladi”. 
Alisher Navoiyning mualliflik korpusini yaratish orqali yuqoridagi o‘ta dolzarb 
muammolarga yechim topiladi. Ma’lumki, “Xazoyin ul-maoniy” ning asosini g‘azallar 
tashkil qiladi. Navoiy g‘azallarida Sharq adabiyoti an’analaridan ijodiy foydalanadi, u 
yashab ijod etgan tarixiy davr va sharoit bilan chambarchas bog‘liqligi muhim ahamiyatga 
ega hisoblanadi. 
Jahon leksikografiyasida mualliflik leksikografiyasi deb nomlanuvchi alohida bir 
yo‘nalish mavjud. U muallif tili lug‘ati tuzishning nazariy asoslari, mualliflik elektron 
lug‘ati tuzishning o‘ziga xos jihati, milliy korpusdan va adabiy til korpusosti korpusidan 
mualliflik leksikografiyasida foydalanish tajribasi, yangi turdagi lug‘atlar tuzish g‘oyalari, 
mualliflik leksikografiyasi asosida zamonaviy adabiy tildagi o‘zgarishlarni qiyosiy - tahliliy 
tadqiq etish kabi muammolar bilan shug‘ullanadi. Mualliflik leksikografiyasi − jahon, 
shuningdek, rus leksikografiyasida shiddat bilan rivojlanib borayotgan soha. O‘zbek 
tilshunosligida ham taraqqiyot natijasi o‘laroq ko‘plab mualliflik elektron lug‘at, korpuslari 
yaratish imkoniyatlari mavjud, albatta.
“Hazoin ul-maoniy” ning uchunchi devoni “Badoye’ ul-vasat” janrlari semantik teglari 
bazasini yaratilsa, mazkur devondagi 650 g‘azal, 1 ta mustazod, 2 ta muxammas, 2 ta 
musaddas, 7 ta tarji’band, 60 ta qit’a, 10 ta lug‘z, 13 ta tuyuq va qasidalarda (jami 10840 
misra) tushunish qiyin bo‘lgan so‘zlarning ma’nosini izohli lug‘atlarsiz osonlik bilan topish 
imkoniyati bo‘ladi. Bu korpusidan o‘qituvchi, talaba, maktab o‘quvchisi, aholining keng 
kitonxon qatlami ham unumli foydalanishlari mumkin. Yod olingan yoki o‘qilgan har bir 
baytdagi so‘zlarni teglari yordamida ma’nosini topib tushunish juda ham oson hisoblanib
izohli lug‘atlarsiz topish imkoni bo‘ladi. 
“Badoy’e ul-vasat” devonida jamlangan nazmiy asarlarda bugungi zamon g‘azalxoni 
uchun tushinish qiyin bo‘lgan so‘zlar juda ko‘p uchraydi. Bu esa g‘azal mazmunini to‘la 
tushunmaslikka olib keladi. Masalan, devondan o‘rin oldan “Soat” radifli g‘azalda 34 ta 
izohi talab etiladigan, bugungi kunda talaffuzimizdan chiqqan so‘zlar uchrashi ko‘rishimiz 
mumkin. Quyida mazkur g‘azalning 9-bayti 1-misrasidagi so‘zlarning izohi bilan berilgan.

Download 6,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish