Uzluksiz quyma olish texnologiyasi
Reja :
1) Quymakorlik haqida tushuncha
2) Uzluksiz quyma olish
3) Jarayondagi nuqsonlar
Suyultirilgan metalni qoliplarga quyish yo`li bilan turli shakldagi zagatovka yoki detallar hosil qilish jarayoni quymakorlik deb ataladi.Quymakorlik mahsuloti quyma deyiladi. Quymakorlik insonlarga juda qadim zamonlardan buyon ma`lumdir. Misr, Xitoy, Gretsiya va boshqa ko`pgina mamlakatlarda olib borilgan ko`pgina arxeologik qidirish ishlari quymakorlik kasbining eramizdan 5000 yil muqaddam ham mavjud bo`lganligini ko`rsatadi. Quyma olish texnologiyasi bundan bir necha yuz yil ilgari yaxshi o`zlashtirilgan.
Quyma buyumlarni ishlab chiqarish texnologiyasi umumiy holda ikkita mustaqil jarayoni : qolip tayyorlash va suyuqlantirilgan metalni qolipga quyish jarayonlariga bo`linadi.
Quyish kosachasi vertikal kanal , shlak, tutqich, taminlagich va boshqa kanallar majmui quyish sistemasi deb ataladi. Metallarning qoliplarga quyishni bir necha usullari mavjud, ular:
Kokollarni quyish (metal qolip)
Markazdan qochirma quyish
Bosim ostida quyish
Suyuqlanuvchi modellar yordamida quyish .
KOKILLARGA QUYISH. Bu usulda cho`yan va po`lat quymalarda ichki bo`shliqlar xosil qilish zarur bo`lsa, odatdagi sterjenlardan, alyuminiy , mis, magniy qotishmalari uchun esa ajraluvchi metal sterjenlardan foydalaniladi. Kokillarga suyuq metal yaxshi to`lishi uchun ular oldindan qizdirilib olinadi.
MARKAZDAN QOCHMA QUYISH. Bu usulda aylanish jismlari shakldagi quymalar olishda qo`llaniladi. Buning mohiyati shundan iboratki, suyuq metal gorizontal yoki vertikal o`q atrofida katta tezlik bilan (1000) aylanuvchi qoliplarga quyiladi. Bundaa markazdan qochma kuchlar metalni qolip devorlariga siqadi, natijada metal darxol qotiib,qolip shakliga kiradi. Qoliplar po`latdan tayorlanib suv bilan sovutilib turiladi.
BOSIM OSTIDA QUYISH. Bu usulda suyuq metal qoliplarga katta bosim ostida haydaladi. Bunday qurilmalar nuqsonsiz, toza va aniq bo`ladi. Ayniqsa oson suyuqlanuvchi rangli qotishmalardan murakkab shaklli, yupqa devorli, aniq o`lchamli quymalar olishda bu usuldan keng foydalaniladi. Bosim ostida quyish mashinalari porshenli va kompressorli bo`lishi mumkin. Porshenli mashinalarda suyuq metal qoliplarga porshen bosimi ostida , kompressorli mashinalardaa esa siqilgan havo bosimi ostida haydaladi.
SUYUQLANUVCHI MODEL YORDAMIDA QUYISH. Bu usulda quyma olish uchun oson suyuqlanuvchi materialda parafin, stearin, mum va boshqalardan quymaning modeli tayyorlanadi. Buning uchun po`lat, bronza yoki lotundan model etaloni yasalib, bu etalonni oson suyuq suyuqlanuvchi qotishmalarga botirish yo`li bilan pressqolip tayyorlanadi. Ana shu pressqolip suyuqlantirilgan parafin, stearin bilan 3-6 atm bosimida to`ldirib juda aniq model hosil qilinadi. Tayyorlangan bir necha model blok qilib yig`iladi va quyish sistemasiga tushiriladi. Yig`ilgan modellar bloki suyuq shisha yoki gidrolizlangan etil silikati eritmasi (S2N50400) bilan kvarts kukuni qorishmasiga 2-3 marta botirib olinadi.
UZLUKSIZ QUYISH USULI- xozirgi vaqtdagi eng imkoniyatli usuldir. Suyuq po`at kovshdan taqsilash qurilmasiga, undan esa suv biilan sovutiladigan kristalizatorlarga uzluksiz quyilib turadi. Kristalizatorga suyuq po`lat quyishdan oldin uning ostki teshigi po`lat zagatovka bilan berkitib qo`yiladi. Suyuq po`lat kristalizatorning soviuq devorlariga tegib qotadi. Ichki qismi xali qotmagan quyma ikkilamchi sovutish zonasidan o`tayotganda batamom qotadi. Batamom qotgan quymani roliklari gaz bilan qirqish qurilmasi tomon surib turadi.
FOYDALI TARAFLARI
Bu jarayon ancha arzon
100% to`qimalarni hosil qiladi
Jarayon osongina mexanizatsiyalashtirish mumkin va shuning uchun birlik ishchi xarajatlari kamroq
Dazmollar yuzalarni yaxshi tekislaydi
Don hajmlari va tuzulishi osongina boshqarilishi mumkin
Ishlab chiqarish ancha yengil va kam chiqim
NOQOLAY TARFLARI
Qolip uzluksizravishda yetarlicha sovutilishi talab qilinadi
Faqat oddiy shakllar olish mumkin
Kichik ishlab chiqarish uchun mos emas
Katta maydonlarni talab qiladi
YUZA NUQSONLARI
Juda kuchli yoki notekis sovutish
Qolipda metallarni miqdori o`zgarishi
Dazmollarning yuqori haroratda bo`lishi
Bir maromda quymani haydamaslik
Harakatlantiruvchi mog`orda uzluksiz quymalarni ishlab chiqaruvchi chiziqlar va plitkalar kam nuqsonli yuzasiga ega. Quymalar sirtni qayta ishlamaslik yoki qayta ishlanishi mumkin.
Bo`lib ketish holatiga qarab uzluksiz quyma mashinalari vertikal yoki gorizontal turli bo`lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |