10-Amaliy mashg’ulot
Nasosga elektrodvigatelning quvvatini aniqlash
NS larning yordamchi jihozlariga drenaj nasoslari, ko‘tarish-tashish uskunalari va nasoslarga suv quyish qurilmalari (agar ular suv quyish inshooti ostida joylashmasa) kiradi. Suvni chetga chiqarish nasos stansiyalarida yana salniklarni gidroizolyasiyasi uchun suv uzatuvchi nasoslar o‘rnatiladi.
Drenaj nasoslari chuqurlashtirilgan mashina zallarida o‘rnatilgan, agar zal poliga tushgan suv o‘zi texnik kanalizatsiyasiga oqib ketmasa, bunday nasoslar unumdorligiga qarab tanlanadi: kam quvvatli nasos stansiyalari uchun-1 ot kuchi; o‘rtacha quvvatli stansiyalari uchun-35 ot kuchi; katta quvvatli NS lari uchun -810 ot kuchiga egalari. Drenajli nasoslar sifatida ko‘pincha uyurmali nasoslar ishlatiladi [5]. Drenaj tizimi nasoslari drenaj qudug‘idagi suv sathiga qarab avtomatik ravishda yoqib o‘chiriladi. Drenaj qudug‘i stansiya binosi yon tomonida quriladi. Quduqga suv drenaj ariqlaridan kelib tushadi, poli esa lotoklar tomoniga 0,002-0,005 nishablikka bo‘ladi.
Agar stansiya asosiy nasoslari suv quyish qurilmasi ostida joylashgan bo‘lmasa, ishga tushirishdan oldin ularga suv quyish uchun vakuum-nasos o‘rnatiladi. Vakuum nasosning suv uzatish qobiliyati quyidagicha topiladi:
(20)
bu erda Wmp-so‘ruvchi va bosimli (zulfingacha) quvurlarni sig‘imi, m3; w-nasos korpusi hajmi; N-atmosfera bosimiga mos keluvchi suv bosimi, 10m ga teng deb qabul qilinadi; Ngv-nasos so‘rishining geometrik balandligi, nasos o‘qidan to rezervuardagi eng past suv sathiga olinadi, m; k-zaxira koeffitsienti, u 1,15-1,1 ga teng.
Vakuum nasos rusumi ma’lumotnoma [7] dan tanlab olinadi. Bundan tashqari stansiyada shu rusumdagi ehtiyot (rezerv) vakuum-nasos o‘rnatiladi.
Texnologik uskunalarni, armatura va quvurlarni nasos stansiyasi ichida yig‘ish va qismlarga ajratish uchun ko‘tarish tashish jihozlari majbur bo‘ladi. Ko‘tarish-tashish jihozlarini yuk ko‘tarish qobiliyati eng og‘ir yig‘iladigan uskunaning massasiga 10% qo‘shimchasini hisobga olib, travers va stroplar massasiga ko‘ra aniqlanadi. NS larida quyidagi ko‘tarish-tashish jihozlardan foydalaniladi: yuk og‘irligi 5t gacha bo‘lsa yuk ko‘taradigan qo‘l qurilmasi yoki osma qo‘l kran-balkasi; 5t dan ortiq yuk bo‘lsa-ko‘prikli qo‘l krani; yukni 6m dan balandga ko‘tarilsa yoki kran osti yo‘li 18m dan uzun bo‘lsa-elektr krani uskunalari. 0,8 t gacha og‘irlikdagi yuklarni tashishda takelaj vositalaridan foydalanishga ruxsat etiladi. Jihozlar tavsifi va o‘rnatish o‘lchamlari [7] da keltirilgan.
Nasos stansiyasi uskunalari va armaturaning to‘liq massasi chizma varag‘iga ko‘chirilgan spetsifikatsiyada beriladi.
YOrdamchi elektr jihozlaridan kuch transformatorlarini tanlab, elektr podstansiya binosini loyihalashtirish zarur: kuch transformatorlari uchun ikkita xona, hamda yuqori kuchlanishli taqsimlovchi qurilmalar va shchit uchun alohida xonalar. Podstansiya xonalari o‘lchamlari [3] da keltiriladi. Kuch transformatori quvvatiga qarab tanlab olinadi.
bu erda kc-quvvat bo‘yicha so‘rov koeffitsinti, ishchi agregatlar soniga va ularni yuklashga bog‘liq, 2 ta va undan ko‘p nasoslar uchun kc=0.7-0.8; Nn-ishchi nasos elektr dvigateli va yordamchi mexanizmlari quvvati (yordamchi mexanizmlar quvvati kurs loyihasida 10-20kvt ga teng olinadi); DV –tegishli elektr dvigatelining FIKi; cos -quvvat koeffitsienti, asinxron dvigatellarda cos =0.75-0.85, sinxron dvigatellarda sos =0.9-1.0; Nosv-yoritish yuklanishi quvvati, u 10-20 kvt ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |