Jozibadorlik omili
– bu tashqi jozibadorlik bilan bog‘liq bo‘lgan
xatodir: insonning tashqi korinishi yoqdimi yoki yo‘qmi. Agar odam tashqi
korinishidan yoqsa, unda u haqida yaxshi, aqlli, qiziqarli odam sifatida fikr
shakllanadi va shu bilan birga uning boshqa sifatlari ham yuqori baholanashi
mumkin. Va aksincha, agar inson yoqmasa, unda uning boshqa sifatlari ham
kamsitilishi va pastroq baholanishi mumkin. Jozibadorlik omili ijtimoiy xarakterga
ega bo‘lib, uning jamiyat tomonidan qabul qilingan va qilinmagan ko‘rsatkichlari
mavjud. Boshqa odamni idrok qilishga ham ijtimoiy, ham shaxsiy dasturlar
(programmalar) taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Masalan, ikki guruh o‘qituvchilarga bir o‘quvchi haqida batafsil
ma‘lumotga ega bo‘lgan bir xil shahsiy ishni berishdi. Ammo bir guruh uchun
o‘quvchining shahsiy ishiga chiroyli fotosurat, ikkinchi guruh uchun esa -
yoqimsiz fotosurat berildi. Ulardan shu o‘quvchining aql-idrok darajasi, xarakteri,
tengdoshlari bilan munosabatlari, kelajak rejalari va yana koʻp narsalarni baholash
soʻralgan. Chiroyli oquvchiga o‘qituvchilar shunday baho berishdi: yuqori
darajadagi aql-idrok, ajoyib xarakter, tengdoshlar orasida yuqori mavqe, juda
yaxshi istiqbol va hkz, ya’ni uni har tomonlama yuqori baholadilar. Yoqimsiz
o‘quvchi esa ko‘p parametrlar bo‘yicha salbiy baholandi.
3.
Bizga bo‘lgan munosabat omili
– bizga yaxshi munosabatda boʻlgan
odamlar bizga yomon munosabatda boʻlgan odamlardan ko‘ra yuqori baholanadi.
Bu omilning namoyon bo‘lishining yana bir varianti "o‘zganing fikri bizning
fikrimizga qancha yaqin bo‘lsa, bu fikrni bildirgan odamning bahosi ham shu
qadar yuqori bo‘ladi".
Masalan, o‘quvchilar yangi o‘qituvchi bilan muloqotda bo‘ldilar. Bir guruh
o‘quvchilar bilan o‘qituvchi o‘zini samimiy, do‘stona tutdi; boshqa guruh
o‘quvchilari bilan esa o‘zini sovuq, ijtimoiy masofani saqlab munosabat qildi.
O‘quvchilardan o‘qituvchini turli parametrlar, shu jumladan kasbiy bilimlar
bo‘yicha ham baholash so‘raldi. Oʻqituvchi doʻstona munosabatda boʻlgan
oʻquvchilar guruhi uni sovuq munosabatda boʻlgan oʻquvchilar guruhiga
qaraganda ancha yaxshiroq, yuqoriroq baholadilar.
Idrok qilishdagi xatolar quyidagilarda nomoyon bo‘lishi mum: birinchi
taassurot shakillanganda, inson haqidagi ijobiy taassurot uni yuqori baholashga,
salbiy taassurot esa uni pastroq baholashga olib kelishi mumkin. Va bu kelajakda
muloqot jarayonida, o‘zaro munosabatlarning shakllanishida va rivojlanishida
muammolarga olib kelishi mumkin.
Nazorat savollari:
1.
«Muloqot» nima?
2.
Muloqotning asosiy vazifalarini sanab o‘ting.
3.
Muloqot va samarali muloqotning farqini ko‘rsating.
4.
Idrok qilish jarayonida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan qanday xatolarni
bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |