A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT
INSTITUTI
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari
moduli bo‘yicha
“
Boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligini
oshirish yo‘llari
”
o‘quv kursining
“
1-2-sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini tashkil etish
strukturasi”
mavzusidan ma’ruza matni
Ma’ruzasi:
Karimova Fotima Botirovna
Toshkent 2021
3-Mavzu. 1-2-sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini
tashkil etish strukturasi
Reja.
1.
Savodxonlik tushunchasi
2.
1-2 –sinflarda ona tili va o`qish savodxonlik fanining dasturi
3.
1-2- sinflarida ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini tashkil etish
Savodxonlik
-
xalq orasida qobiliyat deb tushuniladi o‘qish va yozishning
kamida bitta usulida, asosiy lug‘at va qo‘llanmalarning ta’riflarida aks ettirilgan
tushuncha. Biroq, 1980-yillardan boshlab, savodxonlik tadqiqotchilari o‘qish va
yozishni har qanday haqiqiy hodisasidan tashqari qobiliyat sifatida belgilash,
o‘qish va yozishni har doim muayyan kontekstda va shu kontekst bilan bog‘liq
qadriyatlar bilan birgalikda sodir bo‘ladigan murakkab usullarni e’tiborsiz
qoldiradi. Savodxonlik doimo ijtimoiy va madaniy elementlarni qamrab oladi
degan qarash aks ettirilgan. Savodxonlik "bosma va yozma materiallardan
foydalangan holda aniqlash, tushunish, talqin qilish, yaratish, muloqot qilish
qobiliyati" degan shart. turli xil kontekstlar bilan bog‘liq."
Zamonaviy savodxonlikka "kontekstga bog‘liq ijtimoiy amaliyotlarning
yig‘ilishi" sifatida e’tibor shaxslarning o‘qish va yozish amaliyotlari umr bo‘yi
rivojlanib borishi va o‘zgarishi haqidagi tushunchani aks ettiradi
ularning
madaniy, siyosiy va tarixiy kontekstlari o‘zgarganda.
Masalan, ichida savodxonlik
quyidagicha ta’riflangan: "Oila a’zolari, ishchilar, fuqarolar va umrbod
o‘rganuvchilar sifatida o‘qish, yozish va ulardan foydalanish, ma’lumot bilan
ishlash, fikr va mulohazalarni bayon qilish, qaror qabul qilish va muammolarni hal
qilish qobiliyati".
Boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qishni o‘rganishga katta ahamiyat
beriladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bu darslarida ongli o‘qish va savodli
yozishga o‘rganadilar, og‘zaki va yozma nutqning qonun-qoidalarini egallaydilar.
Ona tili va o‘qish sohasidagi ko‘nikma-malakalar (nutq, o‘qish va yozishga oid
malakalar) o‘quvchilarning o‘quv mehnatining zaruriy sharti va vositasidir.
O‘quvchi o‘qish ko‘nikmalarini egallash bilan bir qatorda, birinchi
navbatda,o‘zining ona tilini o‘rganishi zarur, chunki ona tili bilimdonlikning, aql-
idrokning kalitidir.
Ona tili ba o‘qishfanlari boshqa fanlami o‘qitish vositasi hamdir: jamiyat
tarixi ham, tabiiy fanlar ham ona tili yordamida o‘rganiladi. Demak, ona tili va
o‘qish savodxonlik dasrlari bolaning umumiy kamol topishida ham, bilim va
mehnatga havasini uyg‘otishda alohida o‘rin tutadi. Badiiy adabiyotlarni, gazeta,
jurnallarni o‘qigan bola o‘zida eng yaxshi xislatlarni tarbiyalab boradi, muomala
madaniyatini egallaydi.
Ona tili boshlang‘ich sinflarda asosiy o‘rinni egallar ekan, har bir
o‘quvchida ona tiliga qiziqish va muhabbatni tarbiyalab borish zarur.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili mashg‘ulotlari turi va mazmuni quyidagilarni
o‘z ichiga oladi:
1.O‘qish, yozuv, grammatik materialni o‘rganish, kuzatishlar hamda
o‘quvchilarning ijtimoiy faoliyatlari bilan bog‘liq holda, ularning og‘zaki va
yozma nutqini o‘stirish.
2. Birinchi sinfga kelgan bolalarga savod o‘rgatish, ya‘ni ularni
elementar o‘qish va yozishga o‘rgatish, bu ko‘nikmalarni malakaga
aylantirish.
3.Adabiy til me’yorlarini, ya’ni imloviy va tinish belgilariga rioya
qilingan savodli yozuvni, to‘g ‘ri talaffuzni o‘rganish, nutq va uslubiy
elementlarni egallash.
4. Grammatika, fonetika, leksikologiyadan nazariy materiallarni
o‘rganish, tildan ilmiy tushunchalarini shakllantirish.
5. O‘quvchilarni o‘qish va ona tili darslari orqali badiiy, ilmiy-
ommabop va boshqa adabiyotlar namunasi bilan tanishtirish, ularda
badiiy asarni idrok etish ko‘nikmasini hosil qilish.
Bu vazifalarning hammasini boshlang‘ich sinflarda ona tili predmeti hal
etadi va ular ona tili dasturida aks etadi. Dastur davlat hujjati bo‘lib, unda o‘quv
predmetining mazmuni va hajmi, shuningdek, shu predmetdan bilim, ko‘nikma
va malakalar darajasiga qo‘yilgan asosiy talablar belgilangan bo‘ladi. O‘qituvchi
va o‘quvchilar dastur talablari asosida ish olib boradilar.
Mazkur o‘quv dasturi ona tili va o‘qib tushunishga oid malaka va koʻnikmani
rivojlantirishga yoʻnaltirilgan. Unga ko‘ra Ona tili va o‘qish savodxonligi faniga
shunchaki oʻquv predmeti sifatida qaralmaydi. Bunda tili butun borliqni: tabiat,
jamiyat, fanlarni, oʻzlikni anglash va oʻrganish vositasiga aylantiriladi. Oʻquvchi
Ona tili va o‘qish savodxonligi fanini oʻzlashtirish jarayonida tildan turli ijtimoiy
munosabatlarda to‘g‘ri va o‘rinli foydalanishni oʻrganadi. Matematika, fizika,
kimyo,
biologiya,
geografiya,
iqtisod,
jamiyatshunoslik
kabi
fanlarni
oʻzlashtirishda til omilini his qiladi. Badiiy matnlar bilan ishlash davomida,
o‘zidagi ijodkorlik qobiliyatini yuzaga chiqaradi, dunyoqarashi kengayadi.
Muayyan soha mutaxassisiga aylanganida, maktabda olgan bilim, ko‘nikma va
malakalaridan foydalanib oʻzbek tilida ish yuritish, nutq soʻzlash, turli uslublarda
yoza olish, qarashlarini erkin ifodalagan holda fikrini boshqalarga turli shakllarda
samarali tarzda yetkazishni, eng muhimi, teran fikrlashni biladi.
Boshlang‘ich sinflarnig ona tili dasturi ikki qismdan iborat:
1. Tushuntirish xati.
2. Asosiy qism.
Tushuntirish xatida ona tili predmetining tutgan o‘rni, uning vazifalari
ko‘rsatilib, metodik yo‘l-yo‘riqlar beriladi.
Boshlang‘ich ta’lim1-sinf o‘quv dasturining tarkibi quyidagicha:
1. Tayyorgarlik davri (tayyorgarlik davrida o‘qish hamda yozuv darslari).
2. Alifbe davri (o‘qishga va yozishga o‘rgatish).
3. Ona tili.
2-4-sinflar uchun Ona tili va o‘qish savodxonligi fani dasturi o‘quvchining yosh
xususiyatlari va shunga muvofiq nutqiy ehtiyojlaridan kelib chiqib tuzilgan.
Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslari o‘z mohiyati, maqsad va
vazifalariga ko‘ra ta ‘lim tizim ida alohida o ‘rin tutadi. Negaki uning
zaminida savodxonlik va axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. Shu
ning uchun ham boshqa predm etlar ta ‘limini o‘q ish ta ‘limisiz tasaw u r
qilib bo‘lmaydi.
O‘quvchi matnni to‘g‘ri, tez, tushunib o‘qish, mazmunini o‘zlashtirish bilan
ilk bor o‘qish darslarida yuzlashadi. O‘qish darslari orqali o‘quvchilarning
Davlat ta’lim standarti (DTS) talablari bo‘yicha o‘zlashtirishlari ko‘zda tutilgan
o‘quv-biluv ko‘nikma - malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo‘l ochiladi.
Aynan o‘qish ta’limida insonning, avvalo, o‘zligini, qolaversa olamni anglashga
bo‘lgan intilishlariga turtki beriladi.
O‘qish darslari savod o‘rgatish davrida o‘quvchilarni bo‘g‘in, so‘z va
gaplar bilan tanishtirish va ularni o‘qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida
uyushtirilsa, o‘qish texnikasi egallangandan so ‘n g o‘qish muayyan mavzular
bo‘yicha tanlangan badiiy, ilmiy-ommabop matnlar yuzasidan olib boriladi.
o‘qish darslarining yetakchi xususiyati o‘quvchilarning savodxonligini ta
‘minlash bilan birga, o‘quvchilarni milliy mafkura asosida yuksak axloqiy
qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratiladi. Boshlang‘ich sinflarning o‘qish
darslarida o‘rganiladigan asarlarning mavzu doirasi ancha keng bo‘lib, ular
ona tabiat, yil fasllari, xalq og‘zaki ijodi, mehnatga muhabbat, asosiy bayram
sanalari, milliy istiqlol va ma’naviyat kabi umumiy mavzular doirasida
birlashtirilgan.
Boshlang‘ich
sinflarning
o‘qish darslarida o‘quvchilarning o‘qish
malakalarini shakllantirish, asar matni ustida ishlash hisoblanadi. Boshlang‘ich
ta’lim bo‘yicha DTS va „Ona tili" o‘quv dasturida o‘qish ta’limi oldiga qo‘yilgan
talablarni amalga oshirish sinfda o‘qishni to‘g‘ri tashkil qilish, o‘qitish
bosqichlari, tamoyillari va metodlari, birinchi navbatda, ilg‘or pedagogik
texnologiyalardan o‘rinli foydalanishga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Umuman olganda, o‘qish darslari oldiga qo‘yiladigan didaktik
vazifalar quyidagilardan iborat:
1. O‘quvchilarda yaxshi o‘qish sifatlari: to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali
o‘qishlarini shakllantirish.
2. O‘quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni
olishga o‘rgatish, kitobga muhabbat uyg‘otish; ularni oddiy kitobxondan
chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko‘tarish.
3. O‘quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish
va boyitish hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish.
4. O‘quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan yetuk va mehnatga muhabbat
ruhida tarbiyalash.
5. O‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini va adabiy-estetik tafakkurini
o‘stirish.
6.O‘quvchilarning xayolot olamini boyitish.
7. Elementar adabiy tasavvurlarini shakllantirish.
Boshlang‘ich 1-2-sinflarda tilning barcha tomonlari (talaffuzi, fonetikasi,
leksikasi, grammatikasi, so‘z yasalishi)ni o‘zaro bog‘liq holda o‘rganish ona tilini
o‘rgatishdagi yetakchi tamoyil bo‘lib, uni amalga oshirish o‘quvchilaming tilni
murakkab, rivojlanuvchan, o‘zaro bog‘langan muhim tomonlarga ega bo‘lgan
hodisa sifatida anglab yetishlari uchun ilmiy asos yaratadi. Tilning mohiyatini
bunday idrok etish hodisalarning rivojlanuvchanligi va o‘zaro bog‘langan
qismlardan tuzilishini tushunishga zamin hozirlaydi.
Kichik yoshdagi o‘quvchilarning tilni o‘zlashtirish jarayonini tekshirish
shuni ko‘rsatadiki, tilga ilmiy qarash asoslarini shakllantirish uning muhim
bog‘lanishlarini bilishga ham yordam beradi. Xususan, o‘quvchilarning
so‘zning tovush tomoni bilan uning leksik ma’nosi, so‘zning morfemik tarkibi
bilan leksik m a’nosi, so‘zning grammatik ma’nosi bilan uning ma’lum so‘z
turkumiga tegishliligi o‘rtasidagi bog‘lanish kabilarni bilib olishi shu
maqsadga xizmat qiladi. Bu bog‘lanish tilning fonetik, leksik, so‘z yasalishi
va grammatik tomonlarining bir-biriga ta’sir qilishini xarakterlaydigan umumiy
bog‘lanishlarning xususiy ko‘rinishi hisoblanadi. Shuni ta’kidlash kerakki,
o‘quvchilaming xarakterli bog‘lanishlarni tushuntirishlari tilni egallash nuqtai
nazaridangina emas, balki dunyoqarashlarini shakllantirishda ham katta
ahamiyatga ega.
Tildan bilim berishda o‘quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish
muhimdir. O‘qituvchi nazariy xarakterdagi umumlashtirish zarur bo‘lgan daliliy
materiallarni yig‘ish bosqichida ham, berilgan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish
uchun ham bolalaming hayotiy tajribasiga, nutqqa oid amaliyotiga tayanadi.
Tilga oid bilimni o‘rganish natijasida o‘quvchilar nutq faoliyatining sifati
o‘zgaradi, ongliligi ortadi. Tilni o‘rganishni hayot bilan bog‘lash dunyoning
moddiyligini tushunishga asos yaratadi. Bu bilan bir paytda ona tili darslarining
asosiy vazifalaridan biri bo‘lm ish o‘quvchilarda to‘g‘ri kuzatish va o‘z fikrlarini
og‘zaki va yozma shaklda aniq bayon etish ko‘nikmasini o‘stirish masalasi hal
qilinadi.
Ona tilini o‘rganish jarayonida 1-2-sinf maktabda ona tilini o‘rgatishga
asos bo‘ladigan material alohida qimmatga ega. Materialning g‘oyaviy yo‘nalishi
va badiiy ifodaliligi o‘quvchilarning fikrlash faoliyatiga, his-tuyg‘ulariga ta’sir
etadi, atrof-m uhit haqidagi bilimlarini kengaytiradi, tilga va uni yaratgan xalqqa
qiziqishini tarbiyalaydi, o‘quvchilarning umumiy taraqqiyoti darajasini o‘stiradi va
ularning shaxsiy sifatlarining, dunyoqarashlarining shakllanishiga ta’sir
ko‘rsatadi. Keyingi yillarda maktab ona tili darsliklari va o‘qituvchilar
uchun nashr qilingan qo‘llanmalar materiali mazmuniga qo‘yilgan talablar
anchagina ortdi. Materialning asosiy mezoni matn va alohida gaplarning bilimni
boyituvchi qimmati, leksik-uslubiy aniqligi, mavzu jihatdan xilma-xilligi,
hayotning turli tomonlari bilan bog‘lanishi, matnlarning g‘oyaviy-mavzuviy
yo‘naltirilganligi, kichik yoshdagi o‘quvchilarga mosligidir.
Shunday qilib, tilni o‘rganish jarayonida kichik yoshdagi o‘qituvchining
metodologik yondashuvi, o‘quvchilar o‘zlashtiradigan ijtimoiy hodisa sifatida
rivojlanib boruvchi til haqidagi bilimlar majmuasi, o‘quvchilar o‘rganib oladigan
bilish usuli, tilni o‘rganishga asos bo‘ladigan materialning bilim berishdagi,
g‘oyaviy-siyosiy va badiiy qimmati hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |