Узбекстан тарийхы лекция


 Qang’ davlatining ijtimoiy tuzumi, xo’jaligi va shaharlari



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/169
Sana27.01.2022
Hajmi1,54 Mb.
#414213
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   169
Bog'liq
ozbekiston tarixi fani predmeti vazifalari va uning organish manbalari

2. Qang’ davlatining ijtimoiy tuzumi, xo’jaligi va shaharlari. 
Mil. avv. II asr o’rtalarida mamlakat ancha rivojlandi. Ammo ma’lum muddat janubdan 
yuyechjilar, shimoliy-sharqdan esa xunnlar iskanjasiga tushib, mamlakat tushkunlikni boshdan 
kechiradi. 
Oradan ko’p o’tmay mil. avv. I asr oxirlaridan boshlab mamlakat taraqqiyotga yuz tutadi. 
Bu davrda beshta xonadonga bo’linib ketgan yuyechjilar ancha zaiflashgan, xunnlar esa Xitoy 
bilan urushayotgan edilar. 
Mamlakat aholisi o’troq va yarim o’troq bo’lib, uning hududida ko’chmanchi chorvadorlar 
ham yashagan. O’troq aholi bog’dorchilik va hunarmandchilik bilan shug’ullangan Toshkent 
vohasida arpa, bug’doy, tariq, no’xat, sholi va boshqa boshoqli ekinlar yetishtirilgan. Yozma 
manbalarda qang’liklarning sut-qatiqlari mo’lligi va zotdor otlari borligi ta’kidlanadi. Qang’ 
davlatining ikkita poytaxti bo’lib, biri O’trorda (hozirgi Aris va Turkiston oralig’ida) ikkinchisi 
Qang’dez shahri (hozirgi Toshkent viloyatining Oqqo’rg’on tumani hududida) bo’lgan. 
Hukmdorlar yozni O’trorda, qishlovni Qang’dezda o’tkazganlar. Qang’dez xarobalaridan, 
Jo’nariq bo’yidagi tepaliklar-dan, Qovunchi, Choshtepa va boshqa yodgorliklardan topilgan 
topil-malar Qang’ davlati madaniyatining namunalari hisoblanadi.Qang’arlarning diniy 
e’tiqodlari turlicha bo’lgan: zardushtiyliq Anaxita, Mitra, Siyovushga sig’inish va boshqalar. 
Qang‘ davlati territoriyasiga mil.av. II asrda hozirgi Toshkent voxasi va Sirdaryo 
oralig‘idagi yerlvarning bir qismi kirgan. Mil.av. I asrda Qang‘ davlatiga Xorazm va boshqa bir 
qancha mulklar ham bo‘ysungan . Tarixiy manbalarda bu davlatning nomi mil.av. II asrdan 
boshlab zikr qilinadi. Aholisi asosan Sirdaryo (ilk o‘rta asrlarda “Qangxa daryosi “ deb atalgan) 
bo‘ylaridagi ko‘chmanchilardan iborat bo‘lgan. Qang‘ davlat qator o‘troq dexqonchilik 
viloyatlari hamda ko‘chmanchilak rayonlarini birlashtirgan yirik davlat bo‘lgan. Qang‘ davlati 
Farg‘ona va Sharqiy Turkiston xalqlarining Xitoyga qarshi qilgan kurashlarida faol ishtirok 
etgan.Taxminan I-III asrlarida Xorazm va Toshkent voxasi Kushon podsholigi tasarrufiga o‘tgan 
bo‘lsada , Orol dengizining Shimolidan hamda Ural daryosi janubidagi ba’zi qabilalarni 
bo‘ysundirishga ham muvaffaq bo‘lgan. IV asrdan keyingi tarixiy manbalarda Qang‘ davlati 
haqida ma’lumotlar uchramaydi.
Qang‘ davlatini vujudga keltirilgan qang‘lilar-turkiy qabilalar uyushmasi bo‘lib, bularni 
Urxun-Yenisey yozuvlarida “kanxaras” deb atalgan. Ular yarim o‘troq holda yashab, 
dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanishgan. 
Qang' davlatini boshqarishda podshohning roli va o'rni katta bo'lgan. Shu bilan birlikda 
davlat va jamiyat hayotiga oid ko'plab muhim masalalarni hal etishda urug' va qabila 
oqsoqollaridan iborat Oliy Maslahat kengashining mavqei ham alohida o'rin tutgan. Binobarin, 
podshoh o'z ichki va tashqi siyosatini yuritishda kengash bilan maslahatlashgan. Viloyat 
boshliqlari turkiy maqomda jobu yoki yobg'ular deb atalganlar. Ular o'z hududlarini 
boshqarishda bir muncha mustaqillikka ega bo'lib, markaziy hokimiyatga boj to'lab turganlar. 
Qang' hukmdorlari mintaqadagi siyosiy vaziyatga ham faol aralashib, undagi muvozanatni 
saqlash bobida izchil siyosat olib borganlar. Ayniqsa ular Xitoyga nisbatan mustaqil siyosat 
yuritganlar. Shuning uchun ham Qang' davlati o'z qo'shnilari - Dovon , Qashg'ar, Yorkent singari 
mustaqil hududlarga nisbatan Xitoyning da'vosi va istilochilik yurishlariga keskin qarshi chiqqan 
va lozim bo'lganda o'z harbiy kuchlari bilan ularga yordamga kelgan. Mamlakat aholisining 
asosiy tarkibini turkiy etnoslar tashkil etgan. Ularning ancha qismi o'troq hayot kechirganlar. 
Aholining ma'lum qismi ko'chmanchilik bilan shug'ullangan. Daryo va soylarga tutash vohalarda 
dehqonchilik madaniyati rivojlangan. Shaharlarda savdo-sotiq, hunarmanchilik rivoj topgan. 


Mahaliy hunarmandlar tayyorlagan urush qurollari (qilich, xanjar, oybolta, o'tkir uchli nayzalar 
va b.), xo'jalik asbob-uskunalariga talab - ehtiyoj katta bo'lgan. Qoramozor, Qurama va Chotqol 
tog'larida temirchiliq miskarlik hunarini rivojlantirish uchun kerak miqdordagi mis, temir, singari 
ma'danlar qazib olingan. Toshkent atrofidagi Oqtepa 1, Oqtepa 2, Choshtepa, Qovunchitepa, 
shuningdek O'tror, Sirdaryo havzasida topilgan ko'plab noyob dalillar Qang' davlatida yuksak 
moddiy va madaniy hayot tarzi mavjud bo'lganligidan dalolat beradi. Buni «Qovunchitepa 
madaniyati» nomi bilan tarixga kirgan qadimgi madaniyat namunalari ham isbot etadi. 
Qang'aliklar chorvachiligi va yIlkichiligi to'g'risida ham alohida fikr aytish mumkin. 
Xitoyliklarni maftun etgan zotdor, tulpor otlar xuddi mana shu hududda va qo'shni Dovon 
yaylovlarida boqilgan. Xitoy solnomachilari Qang'da chorva mollarining mo'l-ko'lligini, sut-
qatiqlarning g'oyatda mazali va to'yimliligini ta'rif etganlar. Qang'a davlatining xalqaro karvon 
savdosidagi mavqei ham baland bo'lgan. Bunda Buyuk ipak yo'li alohida o'rin tutgan. 
III asr o'rtalarida Qang' davlati zaiflasha boshladi. Qang' davlatidan birinchi bo'lib Xorazm 
ajralib chiqdi.
Mamlakat aholisi o`troq va yarim o`troq bo`lib, uning hududida ko`chmanchi chorvadorlar 
ham yashagan. O`troq aholi bog`dorchilik va hunarmandchilik bilan shug`ullangan Toshkent 
vohasida arpa, bug`doy, tariq, no`xat, sholi va boshqa boshoqli ekinlar yetishtirilgan. Yozma 
manbalarda qang`liklarning sut-qatiqlari mo`lligi va zotdor otlari borligi ta’kidlanadi. Qang` 
davlatining ikkita poytaxti bo`lib, biri O`trorda (hozirgi Aris va Turkiston oralig`ida) ikkinchisi 
Qang`dez shahri (hozirgi Toshkent viloyatining Oqqo`rg`on tumani hududida) bo`lgan. 
Hukmdorlar yozni O`trorda, qishlovni Qang`dezda o`tkazganlar. Qang`dez xarobalaridan, 
Jo`nariq bo`yidagi tepaliklar-dan, Qovunchi, Choshtepa va boshqa yodgorliklardan topilgan 
topil-malar Qang` davlati madaniyatining namunalari hisoblanadi. 
Qang`arlarning diniy e’tiqodlari turlicha bo`lgan: zardushtiyliq Anaxita, Mitra, Siyovushga 
sig`inish va boshqalar 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish