Узбекстан тарийхы лекция


Yozuv madaniyati, pul muomalasi, amaliy tasviriy va me’morchilik san’atining rivojlanishi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/169
Sana27.01.2022
Hajmi1,54 Mb.
#414213
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   169
Bog'liq
ozbekiston tarixi fani predmeti vazifalari va uning organish manbalari

3.Yozuv madaniyati, pul muomalasi, amaliy tasviriy va me’morchilik san’atining rivojlanishi 
Xorazm hukmdorlari bu vaqtda o`z tangalarini zarb etishini yo`lga qo`yganlar. Topilgan tanga 
namunalaridan shuni ko`rish mumkinki, ularning bir tomonida podshohning tasviri, ikkinchi tomonida esa 
otliq askar tasviri tushirilgan. Pul tizimining joriy etilishi davlatchilik rivojidan dalolat berishi bilan bir 
qatorda iqtisodiy munosabatlar ravnaqi uchun turtki bo`lgani ham shubhasiz. Ayniqsa, savdo-sotiq ishlari 
gurkirab rivojlangan. Sun`iy sug`orish ishlarida boy tajriba egalari o`lka ahli yangi kanallar kazish, borlarini 
esa asrab avaylash borasida ham ko`p mehnat qilganliklari ma`lum. Demak, dehqonchilik yanada o`sib 
borgan. Yangi shaharlar qad ko`tara borgan, qal`a, qo`rgonlar qurilgan. Bu esa o`z o`rnida hunarmandchilik 
taraqqiyoti uchun tegishli zamin tayorlagan.
Iqtisodiyotning bu qadar o`sib borishi davlatni davlat qilib turgan omillardan biri katta va kuchli 
lashkarni zamona darajasida tutib turishga imkon yaratgani ham tabiiy. Xorazm lashkari 120 minggacha 
bo`lgani haqida tarixiy faktlar bor. Xorazmliklarning harbiy mahorati o`z davri uchun yuksak pogonada 
bo`lgan. Qadimgi Xorazm tarixi va madaniyatini yaxshi o`rgangan S.P.Tolstovning fikricha xorazmliklar 
yangi harbiy taktika otlari ham, o`zlari ham og`ir sovutlarga chulg`anib, elkama-elka qatorga tizilib, kamon, 
nayza, uzun qilich bilan qurollangan chavandozlar raqibni o`zlariga yaqinlashtirmasdan kamon o`qlari, 
uzun nayzalar yordamida dushman yon atrofini o`rab olish bilan qirib tashlash usuliga asos solganlar. 
Qizig`i shundaki, xorazmliklarning G`arb uchun noma`lum anna shu harbiy mahoratidan foydalanib 
parfiyaliklar miloddan avvalgi I asr o`rtalarida Jazirada (Mesopotamiya) Rim saltanatining etti legion, to`rt 
ming otliq, nayza otardan iborat kuchli qo`shinini tor-mor etib, jangda 20 ming kishini o`ldirib, 10 mingini 
esa asir olib qaytganliklari to`g`risidagi guvohliklarni yunonlik Pliniy (Iasr) hamda Plutarx (I—II asrlar) 
asarlaridan topish mumkin U Umuman og`ir otliq saflari bilan jang qilish mahorati boshqa mamlakatlarga 
o`lkamizdan tarqalganini alohida qayd etish lozim (masalan, Sharqiy evropa, Xitoy, Oltoy. Mo`g`uliston 
erlari).
Usha zamonda yashagan eng qadimgi ajdodlarimizning turmush tarziga kelsak, vodiylarda asosan 
o`troq hayot kechgan bo`lsa, dashtliklarda esa ko`chmanchi, yarim ko`chmanchilik hukmron edi. Yashash 
tarzidan qat`i nazar ularning barii mehnat sevar, vatanparvar va mard kishilar edilar. Buni biz ularning 
Aleksandrga qarata aytganlaridan ham bilishimiz mumkin: «...biz Osuriya podshohini, keyin esa forslar va 
midiyaliklar hukmdorini engdik. Mazkur g`alabalar sharofati bilan biz Misrgacha bo`lgan hududga yuz 
tutdik faqat tenglar o`rtasidagina haqiqiy do`stlik bo`lishi mumkin». Yuqorida biz davlatchiligimizning 
miloddan avvalgi 1-ming yillikdagi qadimgi Xorazm siyosiy kuchlari faoliyati bilan bog`liq eng asosiy va 
muhim ma`-lumotlarni keltirib o`tdik. Ma`lum bo`lishicha yangi milodiy davr boshlanishi arafasida 
Xorazm o`z zamonasining eng qudratli va rivojlangan siyosiy, iqtisodiy, madaniy markazlaridan biri 
bo`lgan.
Nazorat uchun savollar: 
1.
Qadimgi Xorazm davlati to’g’risida tarixiy yozma manbalar 


2.
Massagetlar haqida nimalar bilasiz? 
3.
Qoyqirilgan qal’a haqida gapirib bering. 
4.
Madaniyat, pul muomalasi, amaliy tasviriy va me’morchilik san’atining rivojlanishi haqida 
gapirib bering. 



Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish