Узбекстан тарийхы лекция


Qadimgi Xorazm davlati to’g’risida tarixiy yozma manbalar



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/169
Sana27.01.2022
Hajmi1,54 Mb.
#414213
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   169
Bog'liq
ozbekiston tarixi fani predmeti vazifalari va uning organish manbalari

1.Qadimgi Xorazm davlati to’g’risida tarixiy yozma manbalar 
Mamlakatimiz tarixiga oid eng qadimgi yozma guvohliklarni o`zida mujassamlashtirgan 
«Avesto»da mintaqaning Xorazm (Kairizem, Ayranam-vejo), So`g`diyona (so`g`dlar makoni Gava), Marv 
(Mouru), Niso (Nisaya), Ariya (Harayva), Baqtriya (Baxdi) kabi bir qator tari-xiy viloyatlari nomi tilga 
olingan. Bunda voqealar bayoni Ahura Mazda nomidan berib boriladi: «Men AhuraMazda, eng afzal 
makon va mamlakatlar sirasidan Ayranam-vejoni, so`ngra so`g`dlar yashovchi Gavani, keyin esa Mouruni, 
to`rtinchi bo`lib Baxdini, beshinchi bo`lib Mouruva Baxdi oralig`idagi Nisayani yarat-dim». Ko`rinib 
turibdiki, mazkur manba yaratilgan davrda tilga olingan «makon va mamlakatlar» haqiqatan ham bir 
makon, aniqrog`i, katta bir viloyat sifatida shakllanib bo`lgan va ma`lum bir asoslardagi chegaralari ham 
bo`lgan. Bu jarayon bir zumda sodir bo`lmagani ham tabiiy. Boshqacha qilib aytganda, tonomlari «Avesto» 
sahifalarida zikr etilgunga qadar ular hech bo`lmaganda iktisodiy-geografik makon sifatida uzoq muddat 
davomida shakllanib borgan. Mazkur jarayon mintaqadagi Amudaryo, Zarafshon, Atrek, Murg`ob, Tajan 
(Harirud), Kunduz kabi daryolar vohalarida kechgani unga ko`ra miloddan avvalgi 1-ming yillik 
boshlaridayoq o`lkada Xorazm, Baqtriya, Ariya (Ariana), Parfiya, Girkaniya, Marg`iyona hamda Farg`ona 
kabi viloyatlar mavjud bo`lgan. To ahamoniylar bosqiniga qadar (miloddan avvalgi VI asr) o`lka asosiy 
qismini birlashtirib turuvchi siyosiy omil, markaz Xorazm hisoblangan. Afsuski,
Bu davrda Xorazmda hukmronlik qilgan sulolalar to`g`risida biz bir nima deya olmaymiz. Ammo rivoyat 
va afsonalarga ko`ra, Xorazmning eng qadimiy siyosiy sulolalari sifatida siyovushiylar tilga olinadi.
Ahamoniylar tajovuzi arafasida Xorazm Sirdaryodan Urta Afgonistongacha bo`lgan erlarni 
(Baqtriya va Girkaniya bundan mustasno) o`z ta`sir doirasida tutib turgan asosiy kuch sifatida gavdalanadi. 
Miloddan avvalgi VI asr o`rtalarida Midiyaga tobe hisoblangan Eronning janubi-g`arbidagi qabilalardan biri 
ahamoniylar kuchga kirib, avval Fors viloyatida, Midiyani enggach, Eronda butunlay hukmronlik qila 
boshlaidilar. Endi o`z-o`zidan ahamoniylar va Xorazm o`rtasida o`lkaning boy viloyatlari uchun kurash avj 
olishi tabiiy edi. Ahamoniylar davlatining asoschisi Kurush (Kir) katta qo`shin to`plab, yunonlik Gerodot 
(miloddan avvalgi V asr) tili bilan aytganda, «ko`p sonli va qudratli massagetlarga qarshi» jangga otlanadi. 
Bu davrlarda massagetlar mamlakat aholisining eng nufuzlilaridan hisoblanib, ularning podshosi vafot 
etgan, boshqaruv esa uning oqila va tadbirkor xotini Tomirxotun (To`maris, Tomiris) qo`lida edi. Kurush 
aynan Tomirxotun bilan jangda o`z ajalini topadi. 
Gerodotning kichik zamondoshi Ktesiy (vafoti miloddan avvalgi IV asrda) keltirgan ma`lumotda 
esa Kurush saklar podshosi Amorg`ning xotini Sparetra bilan jang qilgan. Uning o`limi bu jang bilan 
bog`lanmagan. Milodiy II asrda o`tgan yunon tarixchisi Polien quyidagilarni yozib qoldirgan: sak 
podshohlari Saksafar (Xorazm hukmdori), Amorg` (saklar podshohi), Tomiris (massagetlar malikasi) 
Doroga (Dora III ) qarshi kurash rejasini tuzib turganlarida, ular huzuriga Shiroq ismli otboqar keladi va 
agar oilasi tirikchiligidan xabar olib turishga va`da berilsa, yakka o`zi dushman xavfini qaytarishga urinib 
ko`rishini aytadi. Podshoh taklifni qabul qilib, qasam ichadilar. Shunda quloq va burnini kesib tanasini qora 
qonga bo`yagan Shiroq Doro huzuriga borib, sak podshohlari ustidan arz qiladi. Doroning rahmi kelib 


hamda Shiroqning «men forslar kuchi bilan o`z dushmanlarim ta`zirini bermoqchiman» degan so`zlariga 
ishonib, uni o`z yonida qoldiradi. Shiroq esa Doroga saklar turgan joyga qo`qqisdan boshlab boraman deb 
va`da beradi. etti kunlik egulik va ichimlikni g`amlab, Doro va uning qo`shini Shiroq rahnamoligida yo`lga 
tushadi. Qumliklar uzra ancha yo`l bosib qo`yganlarida Doroning ming boshisi Ranosbat Shiroqning 
hiylasini fahmlaydi va undan: «Aytchi, shunday ulug` podshohni laqillatib, forslarning shuncha ko`p 
lashkarini na bir o`t, na bir qush, na bir hayvon ko`rinadigan, ilgari yursang ham, ortga qaytsang ham benaf 
bunday cho`lu biyobonga boshlab kelishga sen i nima majbur qildi?!»,—deb so`raydi. Shiroq qo`llarini 
o`ynatib, qattiq qah-qah urib, «Men yutdim, vatandoshlarim saklardan xavfni bartaraf etish uchun ochlik va 
tashnalikda forslar (lashkarini) o`lassi qildimku!», javobini beradi.
Ranosbat shu zahotiyoq uning kallasini kesadi. Tasodifan yog`ib qolgan yomg`irgina Doroni butkul 
halokatdan saqlab qolgan ekan Biron-bir manba Xorazm va uning ta`sir doirasida bo`lgan erlarning qay 
tarzda ahamoniylar tobeligiga tushib qolganligi to`g`risida aniq bir ma`lumot bermaydi. Ammo Doroning 
(miloddan avvalgi 522—486 yillar) buyrug`i bilan Zagros qoyasiga (Erondagi Ker-monshoh shahridan 
30km masofada joylashgan) o`yib bitilgan yozuvga ko`ra Xorazm, So`g`diyona. Ariya, Parfiya 
ahamoniylarga qaram 23viloyat (satrapiya) qatorida sanab o`tiladi. Ayni guvohliklarni Persepoldagi 
(Erondagi Sheroz shahridan shimolda, taxminan 50 km masofada joylashgan; 520-450 yillar orasida 
qurilgan) yozuvlardan ham topish mumkin. Lekin Doroning qabr toshi bitiklarida ahamoniylar saltanatiga 
tobe mamlakatlar ro`yxatiga So`g`diyona, Ariya va Parfiya kiritilgan, xolos. Xorazm esa bu qatorda yo`q. 
Gerodot qoldirgan ma`lumotlarda aitilishicha, Parfiya, Xorazm, So`g`diyona, Ariya ahamoniylarga qaram 
XVI okrugni tashqil etib, yiliga 300 talant soliq to`lab turganlar. Xullas, yana bir qator yozma guvohliklarni 
mantiqiy mushohada etgan holda ahamoniylar Xorazm munosabatlarining bu davrdagi ahvoli to`g`risida 
quyidagi fikrga kelish mumkin. Xorazm o`z ta`sir doirasidagi viloyatlarda (So`g`diyona, Parfiya, Ariya) o`z 
mavqeini saqlab qolish niyatida rasman ahamoniylar ustunligini tan olgan va zikr etilgan 300 talant soliqni 
ham asosan o`zi to`lab turgan va shu tarzda ahamoniylarga tobe o`lkalar ro`yxatiga tirkalib qolgan. Amalda 
esa o`z mustaqilligini saqlab qolgan. Zero, qanchalik kuch-qudratga ega bo`lmasin ahamoniylar mintaqa 
uchun ku-rashda biron-bir jiddiy zafar quchganliklari to`g`risida hozirda biron-bir tarixiy guvohliklar yo`q.

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish