Dovon davlati mil. avv. IV- mil III asrlarda mavjud bo’lgan. Dovon podisholigi sug’orma
dexqonchiliq chorvachilik va xunarmanchilik rivojlangan. Ipak yo’li ta’sirida shaharsozlik
madaniyati ancha takomillashgan. Bu davlat savdogarlar va sayyohlarni Sharqiy So’g’diyona
chegaralaridan to Tan (Xitoy) imperiyasigacha bo’lgan yo’lning
xavfsizligi oziq-ovqat,
tarjimonlar va yo’l ko’rsatuvchilar bilan ta’minlab turgan. Mil. avv. II asr Dovon davlatida 300
ming kishi yashagan. Vodiyda shaharlar ko’p bo’lib, poytaxti Ershi shahri (hozirgi Marhamat)
bo’lgan. Xitoy tarixchilarining guvohlik berishicha, Dovon davlati hududlari Xo’jandgacha
borgan. Farg’onaning “Samoviy” deb nom olgan nasldor otlar ko’pchilikni qiziqtirgan. Mil.avv.
104-101 yillarda Xitoyning 60 ming kishilik qo’shni Dovon ga bostirib kirganda dovonliklar
qangliklar yordamida xitoyliklarni haydab yuborib, o’z mustaqilligini saqlab qolgan.
II asrda
Dovon davlati barham topdi. Uning yerlari Kushon podsholigiga qo’shib olindi.
Dovon nomi bilan mashhur bo'lgan davlat Vatanimiz hududidagi qadimgi davlatlardan
sanalsa-da, biroq uning haqqoniy tarixi xususida hozirgacha to'la ma'lumotlar topilmagan.
Xitoylik elchi Chjan Tsyan yozma manbalarida Farg'ona vodiysidagi davlatni Dovon (Da-yuan)
deb atagan. Vaholanki, Farg'ona vodiysi ham ajdodlarimizning madaniy, o'troq hayoti kechgan,
o'z davlatchiligiga ega mustaqil hudud sifatida Yunon-Baqtriya, Qang'a singari qadimgi davlatlar
bilan tenglasha olishiga hech bir shubha yo'q. Buni mil. av. II asr oxirlarida (128 yilda) bu
o'lkaga tashrif buyurgan Xitoy elchisi Chjan Tsyan yozib qoldirgan esdaliklar ham isbot etadi.
Manbalarda aytilishicha, bu davrda Farg'onada 300 ming nafar aholi yashagan. Uning 70dan
ziyod katta-kichik shaharlari bo'lib, ularda savdo-sotiq, hunarmandchilik
yuksak darajada
rivojlangan. Mamlakat poytaxti Ershi (hozirgi Andijon viloyatning Marhamat tumanida
joylashgan) o'z davrining obod, ko'rkam va aholisi gavjum shaharlaridan sanalgan. Qadimgi
O'zgan, Koson ham Dovon ning eng mashhur shaharlari sirasiga kirgan. Dovon hududida 10 dan
ortiq yirik dehqonchilik manzilgohlari mavjud bo'lib, ularda
erli mirishkor aholi sholi, bug'doy
va boshqa dehqonchilik ekinlari etishtirish bilan shug'ullangan. Bularga Aravonsay, Oqbo'ra,
Sultonobod, Qo'rg'ontepa, Andijonsoy, Moylisoy, Ulug'nor, Yilg'insoy,
Shahrixonsoy kabi
dehqonchilik makonlarini nisbat berish mumkin. Xitoy sayyohi vodiyda uzumchilik nihoyatda
rivojlanganiga, shu bilan birga undan noyob sharbat va uzoq muddat saqlanadigan, quvvati o'tkir
musallaslar tayyorlash yuksak darajada yo'lga qo'yilganligiga alohida urg'u beradi. Dovondagi
ijtimoiy-siyosiy hayotning yana bir muhim jihati - bu ayollarning jamiyatda tutgan mavqeining
alohidaligidir. Chjan Szyanning e'tiroficha, bu yerning erkaklari
ayollarga alohida hurmat
ko'rsatganlar. Boshqacha qilib aytganda, xotin-qizlarning har qanday topshirig'i erlar tomonidan
bajarilishi shart hisoblangan. Davlat hukmdori mamlakat hayotiga oid har qanday ichki va tashqi
masalalarni hal etishda Oqsoqollar kengashiga, uning maslahatlari va yo'l-yo'riqlariga suyangan.
Ayniqsa urush va tinchliq elchilik aloqalari masalasida Oqsoqollardan iborat Oliy kengash
alohida vakolatlarga ega bo'lgan. Hukmdor buni e'tirof etishga majbur bo'lgan.
Farg'ona hududi O'rta Osiyo ijtimoiy siyosiy hayotida sodir etilgan keyingi muhim
o'zgarishlar jarayonida ham o'zining nisbiy mustaqilligini birmuncha saqlab qolishga muvaffaq
bo'lgan.