2.Bumin va Istami hoqonlar faoliyati va VI asrni ikkinchi yarmida ijtimoiy-siyosiy vaziyat.
552-yil Bumin vafot o’tdi. Taxtga uning o’gli Qora Issiq o’tiradi.Bundan foydalangan
Jo’jonlar hoqonlikka hujum uyushtiradi.Lekin Qora Issiq hujumni qaytaradi. Undan keyin taxtga
uning ukasi Mug’onxon o’tiradi.Mug’on20 yil taxtda o’tirdi.(552-553) yillarda hukmronlik qildi.
Bu davrda turk hoqonligi har tomonlama yuksaldi.Mug’on xongacha ham amakisi Istami
hoqonlikning g’arbiy qismlarini boshqarardi.U turk hoqonligini g’arbga yurishlarida boshchilik
qildi.Unga yabg’u hoqon degan unvon berilgan.
Istami akasi vafotidan keyin Toshkent va uning atrofi,Qozog’iston,Yettisuv, Xorazm
hududlarida mustahkam o’rnashib oldi. Endi turk hoqonligini hududlari Amudaryo bo’ylarigacha
yetib borib 562-3-567 yillarda Eftaliylarga Eronliklar bilan birga zarba berdi. Dastlab Eronliklar
bilan turklarning munosabati yaxshi edi. Xatto Xusrav turk malikasiga uylanadi. Biroq turklar
Eftalilarni tor-mor etgandan so’ng vaziyat keskin tus oladi. Turk hoqonini Eron bilan savdo
aloqalari o’rnatishga intilishlari foyda bermaydi. Xusrav Maniax boshchiligidagi elchilarni
yaxshi kutib olmaydi. Elchilarni esa o’ldiradi. Bu esa turk hoqonligini Vizantiya bilan
munosabatlarni yaxshilashga sabab bo’ldi. 558-yil turklar Ural va Volga bo’ylarini zabt o’tdi.
575-576 yillarda esa Shimoliy Kavkaz yerlarini egallab Qrimga kirib bordilar. Manbalarda turk
hoqonligi Xitoyga 67 marta yurish qilganligi qayd etilgan. Xoqonlikda tez-tez g’alayonlar ham
bo’lib turardi.
SHulardan biri 585-586 yillarda Buxoroda bo’lib o’tgan Abruy qo’zg’oloni edi. Bunga
o’ta kuchayib ketgan jabr zulm sabab bo’ldi. Lekin qo’zg’olonni Qoracho’rin qo’shinlari tor-mor
o’tdi. Abruy o’lim jazosiga hukm qilindi va qovoqari to’ldirilgan qopga solib o’ldirildi. Mana
shu siyosiy vaziyatda, VI asrning 70-80 yillarida Enasoyning yuqori oqimidan Amudaryo
bo’ylarigacha, Manjuriyadan to Kimmeriy Bosforigacha chozilgan maydonda Turk hoqonligi
tashkil topgandi.
Turk hoqonligi turli tuman qabilalarni kuch bilan birlashtirish natijasida tuzilgan edi.
Hamda kichik hokimlar ham mustaqil bo’lishga intilar edi. Bo’ysundirilgan hudularni mahalliy
xokimlar tomonidan boshqarish hokimyatni tobora zaiflashtirdi.Buning ustiga Vizantiya, Xitoy
va Eron bilan doimiy raqobat ahvolni yanada og’irlashtirdi. Oqibatda Turk hoqonligi VI asrni
80-yillarida 2 qismga Sharqiy va g’arbiy turk hoqonliklariga bo’linib ketdi. G’arbiy turk
hoqonligi tasarrufiga O’rta Osiyo va Sharqiy Turkistonning bir qismi kirar edi. G’arbiy xoqonlik
ijtimoiy ,iqtisodiy madaniy jihattan Sharqiy hoqonlikdan mutlaqo ajralib turar edi. Sharqiy
hoqonlikning assosiy qismini chorvador aholi tashkil qilgan, G’arbiy hoqonlik esa o’troq
dehqonchiliq hunarmandchiliq savdo-sotiq bilan mashg’ul edi.
3. G’arbiy turk hoqonligi,To’nyabg’u faoliyati
VII asrning birinchi yarmida G’arbiy hoqonlik nihoyatda kuchaydi. Uning sharqiy
chegarasi Oltoygacha, janubda esa Sind daryosi bo’ylariga borib taqaldi. Xoqon To’nyabg’u
hukimronlik qilgan davrda boshqaruv tartibi isloh qilindi. U 618-630 yillarda hukmronlik qildi.
Viloyat hokimliklarini hoqonlik mamuryati bilan bevosita bog’lash uchun va ular ustidan
nazoratni kuchaytirish uchun mahalliy hukmdorlarga ,,yabg’u “ unvoni tasis etildi. Natijada ular
hoqonning noibiga aylandilar. Shu bilan birga O’rta Osiyo, Sharqiy Turkiston va Toxaristonning
deyarli mustaqil hokimliklari ustidan siyosiy nazorat kuchaytirildi. Ular huzuriga hoqonning
noiblari – tudunlar yuborildi. Biroq ichki kurash oqibatida G’arbiy Turk hoqonligi zaiflashib
bordi .
G’arbiy turk hoqonligining hududiga yuqorida aytkanimizdek O’rta Osiyo va Sharqiy
Turkistonning bir qismi kirar edi. Uning markazi Yettisuvda edi. Turk hoqonligiga birlashtirilgan
xalqlar taraqqiyotning turli bosqichlarida bo’ldi. Axolining bir qismi o’troq dehqonchilik bilan,
qolgan qismi esa ko’chmanchi chorvachilik bilan shug’ullangan. Aholining mehnatkash qismi
,,budun” yoki ,,qora budun “deyilgan. Urug’ qabilalarining yirik vakillari esa ,,beklar” deyilgan,
jamoani
hoqon
yoki
qurultoylar
kengashi
boshqargan.
Patriarxal
oilalarga
,,kadhudodlar”boshchilik qilgan. G’arbiy turk hoqonligi markazlashgan davlat bo’lmagan ,u
o’nlab qabila uyushmalaridan tuzulgan ittifoq bo’lib, ularni har qaysisini alohida honlar idora
qilgan. Ularning eng kattasi Samarqand hokimligi edi. Bu paytda shaharlarning maydoniham
katta bo’lmagan. Masalan: Afrosiyobning 216gk ligi malum. Shaharlarda savdo sotiq ham yahshi
rivojlangan. Poykand savdogarlar shahri deyilgan. ,,Erkaklari chakmon kiyib, sochlarini oldirib
yurgan, ayollari esa sochlarini boshiga o’rab, qora ro’mol o’rab yurgan “ deydi Syuan Szyan.
Turk hoqonligi davrida ajdodlarinmizning madaniyati o’sha davrga nisbatan rivojlangan
edi. Bayramlar ham katta shodiyona bilan o’tkazilgan, bayramlarda kurash, kuch sinash kabi
halq o’yinlari bo’lib turar edi.
Jamiyatda ayollarning obro’si katta bo’lgan. Masalan: O’g’il uyga kirsa avval onaga so’ng
otaga salom bergan.Xoqonlikda so’g’d yozuvi,oromiy yozuvi,xorazm yozuvi bilan bir qatorda
turkey yozuvlar ham keng tarqalgan.
Turk xoqonlari Kultegin,Bilga hoqon,To’nyuquq sharafiga o’rnatilgan bitiklarda
Turklarning taqdiri xavotirli bir masala qilib olingan. Vatan mustaqilligi uchun kurash,xalqni
asoratdan olib chiqish, mustaqil mamlakatda qonun qoidalar joriy qilish haqidagi so’zlardan
iborat edi. Bitiklardan birida ,, Ey turk xalqi to’kis ishonuvchansan, samimiy, nosamimiylikni
ajratmaysan. Kim qattiq gapirsa, samimiylikni ham tanimaysan, shundayliging uchun tarbiya
qilgan hoqonlarni so’zini olmay, har qayerga ketding. U yerlarda butunlay g’oyib bo’lding “
nomi nishonsiz ketding deyiladi.
Daliliy ashyolar VII asrda mamlakatimiz hududida savdo kuchli rivojlanganligidan darak
beradi.5 yoshga kirganda bolalar hisob-kitobni o’rganishgan. 20 yoshga to’lganda savdo bilan
shug’ullangan.
VII-VIII asrlarda Turk hududidagi aholi diniy nuqtai nazardan turli tuman g’oyalar tasirida
bo’lgan. Deyarli har bir urug’,qabila va xalqning o’z diniy etiqodi bol’gan.Shu sababdan turkiy
qabilalarda ko’p hudolik keng tarqalgan.Lekin G’arbiy turk hoqonligini katta qismi
otashparastlik diniga etiqod qilgan. VI-VII asrlarda turkiy xalqlar o’rtasida otashtparastliq
buddizm, va xristian dinlari ham tarqalgan edi. Aholini yana bir qismi ,,qam” diniga ham
sig’ingan. Misol tariqasida Istami vafot etganda uning o’g’li minib yurgan oti va to’rt
xizmatchisini qurbon qilganligi ham dalil bo’la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |