Узбекстан тарийхы лекция


Mas`udbek yuritgan siyosat va uning natijalari



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/125
Sana25.04.2023
Hajmi1,54 Mb.
#931449
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   125
Bog'liq
Узбекстан тарийхы лекция

Mas`udbek yuritgan siyosat va uning natijalari 
Mo`g`ul zodogonlarining yurtda qilgan o`zboshimcha xatti-harakatlariga chek qo`yildi 
O`lkada nisbiy tinchliq yaratuvchilik jarayoni hukm surdi 
1271 yilda o`tkazilgan pul islohoti va bir xil vazndagi sof kumush tangalarning zarb etilishi 
o`lkaning iqtisodiy-moliyaviy ahvolini, savdo-tijorat ishlarining ancha yaxshilanishiga turtki 
berdi 
Buxoro, Samarqand, Shosh, Termiz, Farg`ona shaharlarining yangidan tiklanishi, ularning 
savdo-sotiq va hunarmandchilik markazlari sifatidagi mavqei ko`tarildi 
Islom dini va uning peshvolari nufuzi tiklandi. Islomning Movarounnahrning rasmiy dini 
sifatidagi mavqei ortib bordi 
Mo`g`ullar va bir qator turkiy qavm, elatlarning Movarounnahrga kelib o`troqlashuvi va 
muqim yashashga moslashuvi jarayoni faollashdi. 


Movarounnahr hududlarida yuz bergan bu xildagi ijobiy o`zgarishlarda Chig`atoy ulusi xoni 
tashabbusi bilan mo`g`ul no`yonlari va shohzodalarining yilda Talas vodiysida bo`lib o`tgan 
qurultoyi va undagi tarixiy kelishuvning roli va ta`siri katta bo`ldi. Mazkur qurultoy barcha 
mo`g`ul xonlari, aslzodalariga qaerda yashashlaridan qat`i nazar mahalliy aholi hayoti, turmush 
tarziga aralashmasliq belgilab qo`yilgan soliq, to`lovlar bilan qanoatlanish, ekin maydonlarini 
payxon qilmaslik majburiyatini yukladi. Ularni Movarounnahr erlariga ko`chib, asta-sekin o`troq 
hayotga o`ta borishga da`vat etdi. XIII asrning ikkinchi yarmiga kelib mo`g`ullarning mahalliy 
aholiga, ularning turli ijtimoiy qatlamlariga nisbatan munosabatlari ham keskin o`zgarib bordi. 
Mo`g`ul hukmron doiralarining bil qismi erlik aholining yirik mulkdorlari, ruhoniylari, savdo-
sotiq, hunarmand tabaqalari bilan umumiy til topib, o`z qarashlarini o`zgartirib, musulmon 
ruhoniylariga hayrixohlik va hurmat bilan munosabatda bo`la boshladilar. Chig`atoy ulusida 
islom rasmiy davlat dini maqomiga ega bo`ldi. Shuningdeq mo`g`ul qabilalari, elatlari bilan 
birga XIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab ko`plab turkiy urug`-qavmlar ham 
Movarounnahrga kelib o`rnasha boshladi. Jumladan, barloslar Qashqadaryoda, jaloirlar 
Ohangaron vodiysida, arlotlar Afg`oniston shimolida, kavchinlar Tojikiston janubida, 
turkiylashgan mo`g`ullar urug`i-so`fiylar Xorazmda joylashib, chuqur tomir otib bordi. Bu esa 
turkiy xalqlar, elatlarning o`lkadagi mavqeining yanada mustahkamlanishiga, turkiy til va uning 
shevalari ta`sirining ortib borishiga bois bo`ldi. XIV asrdan boshlab Chig`atoy ulusida mo`g`ul 
xonlari boshqaruvi sohasida ham muhim o`zgarishlar yuz beradi. Bu o`zgarishlar, dastavval, 
Chig`atoy xonlaridan Duvoxon /1282-1306/, uning o`g`illari Kebekxon /1318 - 1326/, 
Tarmashirin /1326 - 1334/ nomlari bilan bog`liqdir. 
Jumladan, Duvaxon davrida katta vakolatga ega bo`lgan Mas`udbek sa`i-harakatlari bilan 
shaharsozlik rivojlanganligi, savdo-sotiq ahli katta naf topganligi, qishloq xo`jaligi ancha 
yuksalganligi ko`zga tashlanadi. Kebekxon esa o`z qarargohini mo`g`ul hukmdorlari orasida 
birinchi bo`lib Movarounnahrga ko`chirdi. Qashqadaryo vohasidagi Nasaf shahridan uncha uzoq 
bo`lmagan joyda uning buyrug`i bilan saroy /mo`g`ulcha ma`nosi «qarshi»/ bunyod etilib, Qarshi 
nomi bilan poytaxtga aylantirilishi o`sha davrning muhim voqealaridan bo`lgan. Kebekxonning 
muhim xizmatlaridan yana biri - bu uning pul va ma`muriy-hududiy sohalarda o`tkazgan 
islohotlaridir. Xususan 1321 yilda o`tkazilgan pul islohotida xulagiylar davlati va Oltin 
O`rdadagi amaldagi pul tizimi hisobga olingan edi. Og`irligi 8 grammlik kata kumush tanga va 1 
grammlik kichik tanga zarb etildi. Katta tanga «dinor» deb, kichik tanga «dirham» deb atalgan. 
Yangi pul birligi «Kepaki» nomi bilan mashhur bo`lgan. Islohotning dastlabki yillarida Kebek 
nomi bilan mashhur bo`lgan bu tangalar ko`plab hajmlarda Samarqand va Buxoroda zarb qilinib, 
muomalaga chiqarilgan. Bu ikki xil qimmatga ega bo`lgan kumush tangalar keyinchalik boshqa 
hukmdorlar tomonidan ham chiqarilgan. Masalan, Tarmashirin davrida O`trorda ko`plab kumush 
tangalar chiqaradigan zarbxona muntazam ishlab turgan. Kebekning pul islohoti tashqi va ichki 
savdoning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratishga xizmat qildi. Ma`muriy islohotga 
ko`ra, Movarounnahr hududlari viloyatlarga, viloyatlar tumanlar (mo`g`ullar tartib qilgan 10 
ming askar beradigan, aholisi 40-50 ming nafar bo`lgan, hozirgi tumanlarimizga qiyos etsa 
bo`ladi - izoh) ga bo`lindi. Jumladan, Samarqand viloyatida 7 ta, Farg`ona viloyatida 9 ta tuman 
tarkib topgan. Kebekxonning o`lkada tinchliq osoyishtalik va totuvlik o`rnatish borasidagi 
siyosatini Tarmashirin izchil davom ettirdi. U islomni qabul etib, uni davlatning rasmiy dini 
darajasiga ko`tardi. Kebekxon yo`nalishida siyosat yurgizgan mo`g`ul xonlarining navbatdagi 
vakili Qozonxon /1334-1346/ ham Movarounnahr hududlari birligini saqlash, tubjoy aholi 
manfaatlarini himoya qilish uchun mahalliy mo`g`ul va turk amirlari, no`yonlarining olib 
borayotgan bir yoqlama kurashlarini bartaraf etishga intildi. U o`zi uchun qarorgoh sifatida 
Qarshi bilan Buxoro oraligida (hozirgi Muborak tumani hududida) mashhur Zanjirsaroy qal`asini 
qurdirdi. Biroq markazdan qochuvchi kuchlarning, dastavval, ko`chmanchi mo`g`ul amirlarining 
kuchayib borayotgan ta`siri va fitnasi oqibatida 1346 yilda Qozonxon qatl etiladi. Shundan so`ng 
hokimiyat tepasiga kelgan amir Qazog`on (1347-1358) mo`g`ul zodagonlari manfaatlarini 
yoqlab siyosat yurgizdi. Uning o`zi ham bir joyda muqim yashamasdan ko`p vaqtini bosqinchilik 
yurishlarida o`tkazardi. Buning oqibatida uning davrida mahalliy aholi tub manfaatlari bilan 


mo`g`ul hukmdorlari manfaatlari bir-biriga tobora zid kela bordi. Bu esa Movarounnahrda yana 
siyosiy vaziyatning keskinlashuviga, hokimiyatga intiluvchi kuchlarning faol harakatga kelishiga 
sabab bo`ldi. XIV asrning 40 - yillarida Chig`atoy ulusi ikki qismga: ettisuv, Sharqiy 
Turkistondan iborat Mo`g`ulistonga va Movarounnahrga bo`linib ketdi. 1348 yilda Chiqatoy 
naslidan bo`lgan Tug`luq Temur Mo`g`uliston xokimi etib ko`tarildi. Movarounnahrda 
hokimiyatni egallagan amir Husayn 1358 yilda o`ldiriladi. Bunday sharoitda Movarounnahr 
yurtini birlashtirish, mahalliy hukmdorlarning o`zboshimchaliq boshboshdoqlik harakatlariga 
chek qo`yish, jafokash xalqni mo`g`ullar zulmi va istibdodidan butkul xalos etish va unda 
qudratli markazlashgan davlat barpo etishdan iborat yuksak vazifa tarixiy zaruriyat taqazosi bilan 
kun tartibiga qo`yildi. Uni muvaffaqiyatli uddalash esa ulug` bobokolonimiz Amir Temurga 
nasib etdi. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish