Hunarmand Targ`u - ishlab chiqarilgan yoki sotilgan molning 1/30 ulushi
Savdogar Boj - 1/40 ulushi
Bundan tashqari aholi turli-tuman to`lovlar berishga majbur etilgan.
Masalan, aholi savdo yo`llaridagi bekatlar (yomlar) uchun go`sht, un, guruch,
ot-ulov
berishga ham majbur etilgan. Bosib olingan mamlakat hunarmandlari «din tugun» deb atalgan
maxsus o`lpon to`lab turganlar. Mo`g`ullarning Movarounnahr hududini bosib olib, shib-
shiydom etib, talon-taroj qilishi, so`ngra mahalliy aholini haddan ziyod soliq, o`lpon va to`lovlar
yo`li bilan zulm-asoratga duchor etishi, pirovard oqibatda xalqning ko`tarilishiga, o`z erki,
mustaqilligi uchun qalqishiga sabab bo`ladi. 1238 yilda Buxoro yaqinidagi Torob qishlog`ida
boshlangan oddiy g`alvir yasovchi hunarmand Mahmud Torobiy boshchiligidagi xalq
qo`zg`oloni shu tariqa yuz bergan edi. Kelgindi mo`g`ul zodagonlarining mahalliy yuqori tabaqa
vakillari
bilan til biriktirib, bechorahol xalqni talab, boylik orttirayotganligi, shohona ayshu
Chig`atoy ulusi soliq tizimi ishrat qurayotganligi, oddiy fuqaroning turmushi tobora nochorlashib
boryotganligi Mahmud va uning maslakdoshlarini g`azabga keltiradi va qo`lga qurol olib
mo`g`ullar zulmini ag`darib tashlash uchun kurashga undaydi. Uning
tevaragiga ming-minglab
alamzada oddiy mehnat kishilari to`planishadi. Buxoro atrofidagi qishloqlar aholisi bilan
ko`payib borgan qo`zg`olonchilar Buxoroga kelib, mo`g`ul amaldorlarini, shuningdeq mahalliy
zodagonlar,
sadrlarni engib, shaharni egallaydilar. Buxoro sadrlari Mahmud Torobiy
hokimiyatini tan olib, uni xalifa deb e`lon qilishga majbur bo`ladilar. Mahmud Torobiy Buxoroni
egallagach, hukmron kuchlar hokimiyatini cheklaydi va oddiy xalq manfaatlarini ko`zlaydigan
bir qator tadbirlar o`tkazadi.
Qo`zg`olonchilar zarbidan Karmanaga qochgan mo`g`ul bosqoqlari va mahalliy amaldorlar
qo`zg`olonni bostirish uchun yangidan katta kuch to`playdilar va Buxoroga yurish boshlaydilar.
Ammo bu davrga kelib katta kuchga aylangan qo`zg`olonchilarning qo`li baland keladi. 10
mingdan ziyod mo`g`ul askarlari qirib tashlanadi. Qo`zg`olonchilar mo`g`ullar Karmanagacha
quvib boradilar. Biroq, mana shu hal qiluvchi olishuvda qo`zg`olon rahnamolari - Mahmud
Torobiy va Shamsiddin Mahbubiylar halok bo`ladi. Tez orada qo`zg`olonga
qarshi yuborilgan
Eldiz No`yon va Chekan Qurchi boshchiligidagi mo`g`ul qo`shinlari Karmani yaqinidagi Malik
rabotida qo`zg`olonni bostiradi. Bu jangu jadal to`qnashuvda 20 mingdan ziyod qo`zg`olonchilar
halok bo`ladi. Garchi bu xalq qo`zg`oloni mag`lub etilsa-da, biroq u Movarounnahr erksevar
xalqining ozodlik va mustaqillik yo`lidagi mardonavor kurashi, qat`iyatini to`la namoyon etdi.
Ayni chog`da Torobiy qo`zg`oloni mo`g`ul hukmdorlariga mahalliy xalq bilan munosabatlarini
qayta ko`rib chiqish, siyosiy va taktik yo`llarni o`zgartirish uchun muhim saboq bo`ldi. Mahalliy
xalq orasida ancha obro`sizlanib qolgan Mahmud Yalavochning mo`g`ul hukmdorlari tomonidan
Movarounnahrdan olinib, Pekinga hokim etib tayinlanishi, uning o`rni katta o`g`li Mas`udbekka
berilishi ham qo`zg`olonning muhim saboqlaridan biri bo`ldi. Mas`udbek (1238-1289 yy) bir
tomondan, hukmron mo`g`ul xonlari, aslzodalari bilan umumiy til topishga harakat etib, ularning
manfaatlari, qiziqishlariga mos keladigan siyosat yurgizgan bo`lsa, ikkinchi tomondan mo`g`ul
xonlari o`rtasidagi
toju-taxt, hukmronlik uchun yuz bergan o`zaro ixtiloflardan ustalik bilan
foydalanib, o`lkada savdo-sotiqni jonlantirish, iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirishga intildi.
Do'stlaringiz bilan baham: