Saylovoldi uchrashuvlarida Shavkat Mirziyoyevning so‘zlagan nutqlari:
Saylovoldi uchrashuvi o‘tkazilgan viloyat
|
Uchrashuvdagi nutq mavzusi
|
O‘tkazilgan vaqti va joyi
|
Andijon viloyati
|
Zamon bilan hamnafas diyor
|
2016 yil 1 noyabr. Bo‘z tumani
|
Farg‘ona viloyati
|
Oltin vodiy durdonasi
|
Rishton tumani, 2016 yil 1 noyabr
|
Namangan viloyati
|
Go‘zal va betakror o‘lka
|
Uchqo‘rg‘on tumani. 2016 yil 2 noyabr
|
Navoiy viloyati
|
Mamlakatimizning javoxir xazinasi
|
Nurota tumani. 2016 yil 4 noyabr
|
Buxoro viloyati
|
Ilmu ma’rifat, dinu diyonat, bunyodkorlik bilan nom qozongan xalq
|
G‘ijduvon tumani, 2016 yil 4 noyabr
|
Samarqand viloyati
|
Samarqand er yuzining sayqali
|
Kattaqo‘rg‘on shahri,2016 yil 8 noyabr
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
|
Yuragimga, qalbimga yaqin insonlar
|
Shumanay tumani, 2016 yil 10 noyabr
|
Xorazm viloyati
|
Oqqan daryo aslo to‘xtamas
|
Shovot tumani, 2016 yil 11 noyabr
|
Surxondaryo viloyati
|
Oq ko‘ngil, oriyatli va mehnatkash insonlar yurti
|
Qumqo‘rg‘on tumani 2016 yil 15 noyabr
|
Qashqadaryo viloyati
|
Har qanday sinovlarni engishga qodir xalq
|
Shahrisabz tumani, 2016 yil 16 noyabr
|
Jizzax viloyati
|
“ Shunday o‘lka doim bor bo‘lsin”
|
Arnasoy tumani, 2016 yil 18 noyabr
|
Sirdaryo viloyati
|
Sahro bag‘rida mo‘jizalar yaratayotgan el
|
Sardoba tumani, 2016 yil 19 noyabr
|
Toshkent viloyati
|
Yuksak ta’riflarga munosib zamin
|
Oqqo‘rg‘on tumani, 2016 yil 22 noyabr
|
Toshkent shahri
|
Toshkent barchamiz uchun onadek ulug‘ va mo‘tabardir
|
Simpoziumlar saroyi,2016 yil 24 noyabr
|
Saylovoldi uchrashuvlarida so‘zlagan nutqlarida Respublikamizning barcha viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida mavjud muammolar va ularning echimi bir necha yo‘nalishlarda tahlil qilindi.
Shu boisdan ham saylovoldi uchrashuvlarida ilgari surilgan dolzarb vazifalar ham “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha “ Harakatlar strategiyasi”ga asos qilib olindi. Saylovoldi uchrashuvlarida ilgari surilgan kontseptual vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan demokratik islohotlarni izchil davom ettirishga ham asos bo‘ldi, deyish mumkin.
Ma’lumki, 2016 yil 4 dekabr kuni O‘zbekistondagi boshqa siyosiy partiyalardan ilgari surilgan nomzodlar bilan muqobillik asosida saylovlar bo‘lib o‘tdi. Bunda Shavkat Mirziyoyev mutlaq (15 million 906 ming 724 kishi ) 88,61 foiz ovoz bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 2016 yil 14 dekabrdan boshlab Shavkat Mirziyoyev Prezidentlik lavozimini bajarishga kirishdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi “Erkin va obod, demokratik jamiyatni barchamiz birgalikda barpo etamiz” nomli ma’ruzalarida (2016yil 14dekbr) bugungi davrning muhim vazifalarini va ularni hal etishning konstruktiv yo‘llarni belgilab berdilar.
Davlatimiz rahbari Konstituttsiyamiz qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq faravonligining garovi” nomli ma’ruzasida inson manfaatlarini ta’minlash uchun, avvalo, odamlar bilan muloqot qilish, ularning dardu -tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilishlari kerakligini ta’kidlar ekan, xalqimiz dilidagi, jamiyatimizdagi og‘riqli bir muammoni kun tartibiga qo‘ydi: “Biz keyingi paytda odamlar bilan muloqot qilishni unutib qo‘ydik.” Ularning ichiga kirib, ochiq va samimiy gaplashish, dardini eshitish bizning faoliyatimizda, afsuski, oxirgi o‘ringa tushib qoldi”3
Shu bois ikki-uch yil oldin aksariyat odamlar o‘zi yashayotgan hududlardagi mahalliy hokimyat idoralari rahbarlarini, vazirlarni deyarli tanimas edi. Ularni xalqqa yaqinlashtirishda oshkora muloqot bilan birgalikda virtual qabulxonaning o‘rni ham beqiyos bo‘ldi. Afsuski, O‘zbekiston taraqqiyotini ko‘rolmaydigan muxoliflarimiz bu masalaga ham o‘zgacha yondashdilar. Xorijdagi va ichkaridagi ayrim “do‘st“larimiz Virtual qabulxona tashkil etilgach , bu “Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi “piar”i deb talqin etdilar. Bu tizim Prezident saylovidan so‘ng o‘z-o‘zidan unutiladi”,deb “bashorat” ham qildilar. Biroq amalda buning aksi bo‘ldi. “Bashoratchilar”lar uyalib qolishdi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishishi tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi “Erkin va obod, demokratik jamiyatni barchamiz birgalikda barpo etamiz”deb nomlangan ma’ruzasida xalq ichiga kirib borish, xalqni rozi qilib yashash, xalqning arzu-dodini eshitish, insonlarning dardu- tashvishlarini o‘ylab yashash odamiylikning eng oliy mezoni ekanligi to‘g‘risidagi kontseptual g‘oyalarni ilgari surdilar: “Hammamizni tarbiyalagan, voyaga etkazgan-shu xalq. Barchamizga tuz- nasiba bergan ham-shu xalq. Bizga ishonch bildirgan, rahbar qilib saylagan ham aynan shu xalq. Shunday ekan, biz birinchi navbatda kim bilan muloqot qilishimiz kerak-odamlarimiz bilan.
Do'stlaringiz bilan baham: |