Bu yo‘nalish 2 ta ustuvor vazifadan iborat:
5.1. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash
5.2. Puxta o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosatni amalga oshirish
“Harakatlar strategiyasi”ni amalga oshirish mexanizmi va moliyalashtirish tizimi aniq ko‘rsatilgani bilan boshqa dasturlardan tubdan farq qiladi. Tinglovchilar tushunib etishlari kerakki, “Harakatlar strategiyasi” har yili yillarga beriladigan nomlar asosida ishlab chiqiladigan Dasturlar orqali amalga oshiriladi. Masalan , “2019 yil –Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili ” Davlat dasturi 2019 yil 17 yanvarda qabul qilinib, Dasturni bajarishda umumiy qiymati 16,9 trillion so‘m va 8,1 milliard AQSh dollariga teng loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirilgan.
2019 yildan boshlab 45ta mamlakatning fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilash haqidagi norma kuchga kirdi. Bundan tashqari, 76ta mamlakat fuqarolari 2019 yil fevraldan boshlab elektron kirish vizasini olish imkoniyatiga ega .7
2018 yil 28-29 iyun kunlari “Buyuk kelajak” xalqaro nodavlat va notijorat tashkiloti va “Taraqqiyot strategiyasi ” markazi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasini 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasi” mavzusida xalqaro forum tashkil etildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasini 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasidan maqsad mamlakatimizni dunyoning iqtisodiyoti rivojlangan 50 davlati qatoriga kiritishdir . 2035 yilga borib, mamlakatimiz yalpi ichki maxsuloti 122 milliard dollarga etkaziladi. O‘sish sur’atining bunday ko‘lamini belgilashda YaIMning nominal o‘sishi, iqtisodiyot samaradorligi , aholi jon boshiga daromadlar oshishi hisobga olingan . Xitoy, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur, Tailand kabi davlatlarning iqtisodiy rivojlanish dinamikasiga qiyoslangan8 . O‘zbekistonni 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasi “Harakatlar strategiyasi”ni mantiqiy davomi bo‘lib, yurtimiz taraqqiyotida yangi sahifa ochishi bilan ahamiyatlidir. “Harakatlar strategiyasi”ni amalga oshirish davomida to‘plangan tajriba mazkur kontseptsiyaning aniq yo‘nalishlarini ishlab chiqish uchun asos bo‘ldi. Eng muhimi, mamlakatimiz rivojlantirishning yangi strategiyasi kelasi 17 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida yuqori natijalariga erishishni nazarda tutadi. Masalan, 2019 yilning boshida turizm sohasining ulushi mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida 1,4 foizni tashkil etsa, 2035 yilda uni 28 foizga etkazish rejalashtirilgan. Yoki ishlab chiqariladigan avtomobillar sonini 300mingtaga etkazish, tarmoqdagi bandlikni 1,5 barobar ko‘paytirish ko‘zda tutilmoqda. Shu kabi ko‘plab istiqbolli rejalar va ularni amalga oshirish mexanizmlari O‘zbekiston jahonning rivojlangan davlatlari qatoridan mustahkam o‘rin egallashiga qulay imkoniyatlar yaratadi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, “Harakatlar strategiyasi”ni amalga oshirish natijasida O‘zbekiston xalqining farovonligi yanada oshadi. Yurtimiz rivojlangan xorijiy davlatlar qatoriga kirish yo‘lida shaxtam qadamlar tashalaydi.
1.3. Yoshlarga oid davlat siyosati va uning ustuvor yo‘nalishlari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha beshta muhim tashabbusining mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyati.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlarga oid davlat siyosati va uning ustuvor yo‘nalishlari haqida 2017 yil 30 iyunda “ Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi “ Jismoniy va ma’naviyay barkamol yoshlar - bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchidir” nomli nutqlarida atroflicha tahlil qilib berdilar “.... Yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib kelgan . Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatdan ham hayot- mamot masalasiga aylanib bormoqda. Barchamizga ayon, hozirgi kunda dunyo miqyosida beshafqat raqobat, qarama-qarshilik va ziddiyatlar tobora keskin tus olmoqda. Diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” kabi xavf -xatarlar kuchayib, odamzod asrlar davomida amal qilib kelgan etiqodlar, oilaviy qadriyatlarga putur etkazmoqda”,9 -deb ta’kidladilar Shavkat Mirziyoyev “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV quriltoyida so‘zlagan nutqida.
Shu bilan birga 2001 yilda tashkil etilgan “Kamolot” tashkiloti yoshlar o‘rtasida ayrim ishlarni amalga oshirgan bo‘lsada, yoshlarning bugungi talab va ehtiyojlarini qondira olmaganligi, etilgan muammolarni echa olmaganligi tanqid qilindi. 2016 yilda yoshlar ishtirokida 1 million 740 mingga yaqin huquqbuzarlik , 23 ming 440ta jinoyat sodir etilgani, yosh oilalar o‘rtasida 8 mingdan ortiq ajralish holati qayd etilgani “Kamolot” tashkilotining yoshlar bilan olib borgan ishlari talab darajasida emasligi ko‘rsatdi
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “ Kamolot” yoshlar tashkiloti o‘rniga yoshlar bilan hozirgi zamon talablari asosida ish olib boradigan, mamlakatimizda yoshlarning chinakkam suyanchi va tayanchi bo‘la oladigan mutlaqo yangi tashkilot- O‘zbekiston yoshlar ittifoqini tashkil etishni taklif etdilar.
Shuningdek, 30 iyun -mamlakatimizda “ Yoshlar kuni” deb e’lon qilindi. Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshida YOshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutini tashkil etish taklifi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi davlat va jamiyat uchun rahbar kadrlar tayorlab beradigan o‘ziga xos markaz bo‘lishi, zamonaviy tilda aytadigan bo‘lsak, yoshlar uchun “ Sotsial lift” vazifasini bajarishi, bilimli, tashabbuskor va tashkilotchi, fidoyi yosh rahbarlarning kadrlar zahirasini yaratishga qaratildi.
Shavkat Mirziyoev Prezidentlik faoliyatining ilk kunlaridayoq yurtimizda kadrlar muammosi borligini qayd etgan edi. Ko‘p o‘tmay bu masalaning tag zaminidan o‘rganish va hal etish, yuqri malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi.
Avvalo maktabgacha ta’lim tizimi rivojlantirib, poydevor mustahkamlandi. Oliy ta’lim sohasida ham katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Bu tizimlarni 2030 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha konsepsiyalar ishlab chiqildi.
Bilimli bolalarni aniqlab, chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitish, talab yuqori bo‘lgan sohalarga yo‘naltirish maqsadida ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 sentabrdagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktab shunday ta’lim maskanlaridan biridir.
Ma’lumki, VIII-IX asrlarda yashab ijod etgan ulug‘ alloma Muhammad Al-Xorazmiy matematka, geometriya, astronomiya, tarix, geografiya, va boshqa fanlarga doir ko‘plab risolalar yozigan. U “nol” raqamini va o‘nlik sanoq tizimini hamda qutblar koordinatalarini birinchilardan bo‘lib asoslab bergan va amaliyotga tadbiq etgan. Muhammad Al-Xorazmiy algebra faniga va algoritimlashtirish nazaryasiga asos solgan, ilmiy ma’lumot va traktatlarni bayon etishning aniq qoidalarini ishlab chiqqan.
O‘nlik sanoq tizimi, algebra va algoritmlashtirish yo‘nalishlarida dunyo ilm-fani rivojidagi xizmatlari umume’tirof etilgan Sharq olimlari orasida faqat Muhammad Al-Xorazmiyning asarlari va nomi ilmiy davralarda faol qo‘llab kelinayotgan “algoritm” va “algebra” kabi zamonaviy ilmiy atamalarda abadiylashtirildi. Bugungi kunda yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy axborot-komunikatsiya texnologiyalari asosida bajarilayotgan barcha hisoblash amallariga buyuk olim Muhammad Al-Xorazmiyning ilmiy kashfiyotlari asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Davlatimiz rahbari o‘tgan yili mazkur maktabni qurishga doir loyihalar bilan tanishgan edi. Yaqinda poytaxtimiz Toshkentda ushbu zamonaviy dargoh foydalanishga topshirildi.
Prezident Shavkat Mirziyoev 2019 yil 27-dekabr kuni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan ushbu bilim muassasasi bilan tanishdi.
Maktabda keng sharoitlar, fan kabinetlaridan tashqari darslar hamda fakultativ mashg‘ulotlarni innovatsion usullarda o‘tish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilgan. Artel, UCell, ZTE va Huawei kompaniyalarining maxsus sinflari ochilgan.
Shavkat Mirziyoev ushbu sinflar, ulardagi muhit, asbob-uskunalar bilan tanishdi, o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi.
– “Hamma ishlarimiz, islohotlarimiz O‘zbekistonning ertangi kuni uchun. Kelajagimiz zamini esa – siz, yoshlar. Ko‘zlaringdan ko‘rib turibman: sizlar bilimli, Vatanimizga munosib farzand bo‘lib yetishmoqchisizlar. Buning uchun hamma sharoitlarni yaratib beramiz”, dedi Prezident.
Mutasaddilarga shu kabi ilg‘or binolar andozasi asosida maktablarning qurilish loyihalarini o‘zgartirish, metodologiyani mustahkamlash orqali ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
“Al-Xorazmiy bobomizning taffakuriga dunyo hozirgacha qoyil qoladi. Bugungi texnologiyalar, dasturiy mahsulotlarga u yaratgan algoritm asos bo‘lgan. Siz bundan faxrlanishingiz, buyuk ajdodimizdek qunt bilan o‘qib, doim izlanishingiz kerak”, – dedi davlatimiz rahbari yoshlarga.
Maktabda o‘quvchilar zamonaviy mobil va kompyuter dasturlarini o‘rganishi, o‘z ustida ishlab, tajriba oshirishi uchun robototexnika va sanotexnika xonalari, innovatsion va virtual laboratoriyalar tashkil etilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoev ushbu bilim dargohida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi IT-park bo‘linmasini tashkil etish, mamlakatimizning boshqa hududlarida ham shunday markazlar ochib, bu sohaga qiziqqan yoshlarga keng sharoitlar yaratish zarurligini ta’kidladi.“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yaxshi bilgan bola ko‘chada bekor yurmaydi, o‘zining ishi bo‘ladi. Yoshlarimizni shunday bilimli mutaxassislar etib tarbiyalasak, oilasiga, davlatga nafi tegadi”,-dedi davlatimiz rahbari.
2019 yilda maktabning 5-11-sinflariga 680 nafar o‘quvchi matematika va chet tili sinovlari asosida qabul qilindi. Pedagogik jamoaga Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya va Hindistondan o‘qituvchilar jalb etilgan.
Keyingi yillarda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslari mustahkamlanib, Yoshlar masalasi bo‘yicha respublika idoralararo kengashi tuzildi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilib, 30 iyun yoshlar kuni etib belgilandi. Hozirda ittifoqqa a’zo bo‘lgan yoshlar soni 7 mln 690 mingni tashkil etadi.
Bugungi kunda barcha sohalarda bilimli, siyosiy va ijtimoiy faol, xalq manfaatini o‘z shaxsiy manfaatidan ustun qo‘yadigan, halol va jonkuyar yosh rahbarlarga ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Dunyoqarashi keng, kreativ fikirlaydigan, muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila oladigan yoshlar mas’uliyatli vazifalarga tayinlanayapti. Joylarda 8 nafar yosh avlod vakillari hokim o‘rinbosari etib tayinlangan. 2019 yil dekabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga 9 nafar yigit va qiz saylangan, mahalliy kengashlarda g‘alaba qozonganlarning qariyb 10 foizini yoshlar tashkil etadi.
Bundan tashqari, davlat va jamiyat hayotining turli sohalarida jonbozlik ko‘rsatib, mamlakatimizning xalqaro obro‘-e’tiborini yuksaltirishga hissa qo‘shayotgan 84 nafar yoshlar “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti va “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlangan.
Yoshlar orasida “Men sizning yoningizda turib kamarbasta bo‘laman!” deb ko‘zi yonib turgan, bilimli, jasoratli yigit-qizlar borligiga ishonaman. yetakchilikning, o‘z ortidan ergashtirishning eng to‘g‘ri yo‘li shaxsiy o‘rnak va namuna bo‘lishdir”,- dedi Prezident. Uchrashuvda yoshlar hayotidagi muammolar, dolzarb vazifalar muhokama qilindi. Yurtimizda yosh rahbarlarni saralaydigan, ularning layoqatiga mos lavozimlarni taklif etadigan samarali mexanizm mavjud emasligi qayd etildi.
Rahbarlik lavozimlariga har tomonlama munosib, tashabbuskor, menga tayanch va suyanch bo‘la oladigan yoshlarni jamlaydigan “Vatan iftixorlari” institutini joriy etsak, sizlar nima deysizlar,- dedi davlatiiz rahbari. – Bu institutning asosiy vazifasi islohotlarimiz va katta rejalarimizni yoshlarga yetkazish, joylardagi muammolarni ko‘tarish va ularni hal qilishdan iborat bo‘ladi. Globallashuv sharoitidagi xavf-xatarlar va mafkuraviy xurujlar haqida so‘z borar ekan, Prezident ma’rifatparvar bobomiz Fitratning “Bu dunyo kurash maydonidir. Sog‘lom tan, o‘tkir aql va yaxshi aql va yaxshi axloq bu maydon qurolidir”, - degan so‘zlarini yodga oldi.
Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik, oilaviy ajralishlarning oldini olish bo‘yicha tegishli tashkilotlar rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilishda viloyat, tuman, shahar hokimlari va boshqa rahbarlar yoshlar siyosati masalasiga e’tiborni yanada oshirishi lozimligi qayd etildi. Jumladan jamiyatda yoshlarning roli va obro‘sini ko‘tarish, ularga qulay sharoit yaratish, yoshlar tashkilotlari orqali yosh avlod muammolari ichiga chuqurroq kirish va ularni hal etish zarurligi ta’kidlandi.
“Har bir hokim, tuman yoki viloyat hokimi bo‘lishidan qat’iy nazar, sektor rahbarlari bilan birgalikda yoshlar masalasini o‘zi uchun ustuvor vazifa qilib olmas ekan, joylarda bu boradagi ishlarimizning natijasi samarali bo‘lmaydi”,- dedi Prezidentimiz.
Avvalo, “Hokim va yoshlar” uchrashuvlari tajribasini davom etirib, har haftaning bir kunini Yoshlar masalalarini yechish kuni, har 15 kunda ikki kunni faqat yoshlar bilan ishlash kuni etib, belgilash lozimligi ta’kidlandi.
Hokimlar va mutasaddi rahbarlar yoshlarning muammolari bilan tanishib, har oyda bir marta mahalliy kengashlar sessiyalarida ularni muhokama qilishi, xalq vakillariga hisobot berishi zarurligi qayd etildi.
Mutasaddilar yoshlarning bandligi, uy-joy ta’minoti bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishi, ta’lim olishga va kasb o‘rganishga bo‘lgan talabini doimo o‘rganib, yechim topishi kerak. Yoshlar murojaatlarini qayd etishi va tahlilini yuritish masalalariga alohida e’tibor berib, aniq choralar ko‘rishi shart.
Uchrashuvda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusning har bir yo‘nalishini tuman va shaharlarda tizimli amalga oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
O‘tgan yili mamlakatimizda buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi muvaffaqiyatli o‘tkazilgan edi. Davlatimiz rahbari ushbu tajriba asosida fizika bo‘yicha Ahmad Farg‘oniy, kimyo fani bo‘yicha Abu Rayhon Beruniy, biologiya bo‘yicha Abu Ali ibn Sino, astranomiya bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek nomlaridagi xalqaro fan olimpiadalari tashkil etish takliflari ilgari surdi.
Yoshlar ittifoqi negizida Yoshlar ishlari agentligi tashkil etish tashshabusi yig‘ilganlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Yoshlar auditoryasiga yo‘naltirilgan tele-va radiokanallar, bosma nashrlarini birlashtirib, “Yoshlar media xoldingi” tashkil etish taklifi ham bildirildi.
“Yangi O‘zbekistonni albatta, yoshlar bilan birga quramiz. 2020 yil yoshlarga oid davlat siyosatida tub burilish yili bo‘ladi”, - dedi Prezident. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlar o‘z-fikr mulohazalarini bildirdi. Davlatimiz rahbari ularning takliflari bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 19-martda bo’lgan vidioselektorda “beshta muhim tashabbus” ni ilgari surdilar. Ular orasida yoshlarni kitobxonlikka o’rgatish muhim o’rin tutadi.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlarda kitobxonlikka qiziqish uyg‘otish masalasiga alohida e’tibor qaratdilar “ Eng kitobxon maktab” , “Eng kitobxon mahalla”, “Eng kitobxon oila” tanlovlar o‘tkazish taklif etildi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda yosh avlodni kitobxonlikka o‘rgatish va ularda kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otishga alohida e’tobor qaratilmoqda. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimiz aholisi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga, ayniqsa yosh avlodni bu nodir xazinaga oshno etish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Negaki, qalbi va shuuriga kitob nuri singgan, ma’nan etuk, mustaqil fikrlay oladigan, milliy g‘ururi yuksak avlod bilangina yorqin kelajakni barpo etish mumkin.
Dunyodagi mashhur Garvard universiteti kutubxonasi peshtoqiga butun insoniyatga esdalik sifatida “Tushlik vaqtini o‘tkazib yuborganingga achinma, lekin kitob o‘qish uchun o‘tkazib yuborilgan vaqt bu katta yo‘qotishdir” degan ibratli jumla bitib qo‘yilgan. Darhaqiqat, kitob o‘qishni keyingi kunga qoldiraversak, insoniyat o‘zi bilmagan holda ma’naviy qashshoqlikka yuz tutaveradi. Hozir butun insoniyat globallashuv va axborot makonida yashamoqda. Shaxsning axborot olish manbai behisob. Internet va axborot makonidan turli ma’lumotlarni olish mumkin. Axborot manbalarining kuchli ta’siridan insonni kitobxonlikka qaytarish oson ish emas. Buning uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari, ota – onalar va mahalla - kuy, keng jamoatchilikning hamkorlikdagi samarali harakati talab etilmoqda.
O‘quvchilarni kitobxonlikka o‘rgatish va kitob o‘qishga qiziqishini oshirish uchun yana nima ishlar qilishimiz kerak? Ilm- fanda ulkan kashfiyotlar qilgan, nazm va nasrda o‘zidan keyingi avlodlarga ulkan ma’naviy meros qoldirgan ota – bobolarimizning geni jannatmakon yurtimiz farzandlarining har birida yashab kelayotgan bo‘lsa, o‘z davrida butun dunyoda uyg‘onish davrini boshlab bergan ajdodlarimiz amalga oshirgan buyuk ishlarni bugungi avlod vakillari nega takrorlay olmayapti?
Ijtimoiy so‘rovlar shuni ko‘rsatadigi, kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining 43 foizi, yuqori sinf o‘quvchilarning 17 foizigina kitob mutolaa qilishni yoqtirar ekan. “Nima uchun bolaning yoshi ulg‘aygani sayin mutolaaga qiziqishi so‘nib boradi?” degan haqli savol tug‘iladi. Bunga javob quyidagicha bo‘ladi: Beg‘ubor qalbli bolakay maktab ostonasiga ilk qadam qo‘ygan kundan boshlab uztoz uning qalbiga kitobga mehr uyg‘otadi. Natijada bola kitobni sevib qoladi. Ana shu mehr oilada kitobxonlik muhitining yo‘qligi, e’tiborning sustligi sababli yildan-yilga susayib boradi.
“Men bir narsaga hayron bo‘laveraman,”- deb ta’kidlagan edi O‘zbekiston Qahramoni, taniqli adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov. Qachon qaramang, to‘rtta odam yig‘ilsa, farzand tarbiyasining og‘irligi, ularni odam qilishning azobligi to‘g‘risidagi hasratga duch kelamiz. O‘-o‘-v birodarlar, buning eng oson yo‘li, eng arzon, eng samarali yo‘li, usuli shundoq yoningizda turibdi – ku: bolangizni kitob o‘qitishga o‘rgating, uning ko‘nglida badiiy adabiyotga mehr va muhabbat uyg‘oting, uch – to‘rt so‘mni qizg‘anmay muntazam kitob olib bering farzandlariningizga! Axir dunyoda kitobdan ham aqlliroq, undan ham donoroq biror ustozni topib bo‘ladimi? Axir kitoblarda yo‘q narsaning o‘zi yo‘q – ku! Odamni odam qiladigan jamiki kuch – qudrat, hikmat, go‘zallik, aql va odob kitoblarda “mana man” deb turibdi – ku! Nahotki bu buyuk ne’matdan, bebaho boylikdan bebahra bo‘lib ham odam bo‘lish mumkin, deb o‘ylasangiz?! Xato qilasiz, birodarlar, kitobsiz, badiiy adabiyotsiz biror odamning durustroq inson bo‘lganini, biror millatning o‘sib – unganini shaxsan men bilmayman…”
Keyingi yillarda mamlakatimiz ijtimoiy – iqtisodiy hayoti, ilm – fan, ta’lim va madaniyat sohasida amalga oshirilayotgan shiddatli islohotlar jahon hamjamiyatining e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda. O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan barcha sohalarda hamkorligining kuchayishi, ayniqsa ilm – fan va ta’lim sohasidagi hamkorlikka keng yo‘l ochilishi, ilm – fanning ishlab chiqarish bilan bog‘liqligini taminlash va uning natijadorligini oshirishga aloxida e’tibor qaratilmoqda. Xorijiy tajriba va innovatsiyalarni qo‘llash, ulardan samarali foydalanish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning yanada takomillashuviga ko‘maklashmoqda.
Bu jarayonlar esa, avvalo o‘zimizning mamlakatimizda ajdodlarimiz yaratgan boy ma’naviy merosni puxta o‘rganish, so‘ngra xorijda, rivojlangan mamlakatlarda hayotning barcha sohalarda erishilgan yutuqlarni tahlil qilish va hayotga tadbiq etish uchun ilmli, xorijiy tillarni puxta biladigan, mustaqil fikrlaydigan, taffakuri keng, innovatsiyalarni o‘rganishga ishtiyoqi baland barkamol avlodni tarbiyalab voyaga etkazishni talab qiladi. Bunday hayotiy va dolzarb masalalarni hal etishda kitobxon yosh avlodning hissasi katta bo‘ladi.
YOshlarni kitobxonlikka o‘rgatish nihoyatda dolzarb masala ekanligini inobatga olib muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘z faoliyatining sarchashmalaridayoq bu muhim masalaga alohida e’tibor qaratdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyati saylovchilar vakillari bilan uchrashuvda mamlakatimizda echimini kutayotgan muhim masalalar qatorida yoshlarni kitobxonlikka o‘rgatish, kitobxonlikka qiziqishni yosh avlod ongi va qalbiga singdirish masalalariga batafsil to‘xtalib o‘tdilar. Mutaffakir shoirimiz Alisher Navoiy nomi bilan atalgan viloyatda buyuk ajdodimiz Alisher Navoiy bobomiz xotirasiga hurmat – ehtirom ko‘rsatish, ul zotning tabarruk merosini o‘rganish, yosh avlodimizga bezavol etkazish borasida ibratli, ishlar qilinayotganiga alohida to‘xtalib o‘tdilar.
Bunday ezgu ishlar qatorida ulug‘ shoirning eng mashhur asarlari to‘rt kitob shaklida yuksak poligrafik sifat bilan nashr etilganini qayd qilib o‘tdilar. Shuningdek, inson ma’naviy olamini boyitishga xizmat qiladigan kitob haqida o‘z fikrlarini bayon qildilar: “Inson ma’naviy olamini boyitishda ulkan ta’sirga ega bo‘lgan kitob haqida so‘z ochilgan ekan, shu bilan bog‘liq muhim bir masalaga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Ya’ni bugungi kunda jamiyatimizda kitobxonlik darajasi qanday? U bizni qoniqtiradimi? Kim keyingi paytda qaysi kitobni o‘qidi, farzandimizga qanday kitob olib berdik? Afsuski, ko‘p hollarda bu savollarga ijobiy javob berishimiz qiyin.”
Bu fikrlar nafaqat zalda o‘tirgan saylovchilar, balki butun mamlakatimiz aholisi uchun bong sadosi bo‘lib yangradi. Insonlar hayotda o‘zlari ko‘rib turgan, hayotiy va o‘ta dolzarb masalaning hal etilishi talab etilayotganidan mamnun bo‘ldilar.
Shuningdek, Prezidentimiz odamlar ongu tafakkuri, ma’naviy saviyasini yuksaltirishda kitobning o‘rniga alohida baho berdilar.
“Odamlarning ongu tafakkuri, dunyoqarashini o‘zgartirish, ma’naviy saviyasini yuksaltirish haqida ko‘p gapiramiz. Lekin bu borada eng oddiy va ayni paytda eng ta’sirchan vosita – bu kitob emasmi? Men shunga aminman – kitobsiz taraqqiyotga, yuksak ma’naviyatga erishib bo‘lmaydi. Kitob o‘qimagan odamning ham, millatning ham kelajagi yo‘q.”10
Keyingi yillarda nafaqat yoshlar, balki katta yoshdagi aholi o‘rtasida ham kitobxonlikdan bir qadar chetlashish yuzaga kelgan bir vaqtda hayotiy haqiqatning ochiqchasiga tahlil etilishi mamlakatimiz jamoatchiligining e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan hozirgi vaqtda axborot – komunikatsiya sohasi, internet va boshqa aloqa vositalari kundalik hayotda keng qo‘llanilayotgani kitob o‘qishga halaqit beradi va kitob o‘qishga ehtiyojini pasaytiradi qabilidagi qarashlarda yurganlarning saboq chiqara olishlari uchun kontseptual ko‘rsatmalar berildi.
Ya’ni axborat maydonida qo‘llanilayotgan vositalarning imkoniyatlarini ham yoshlarda, aholining keng qatlamlarida kitobxonlikka qiziqish uyg‘otishga sarflash haqida zarur ko‘rsatmalar berildi.
“Albatta, hozirgi vaqtda axborot – kommunikatsiya sohasi shiddat bilan rivojlanmoqda, televidenie, radio, internet, kompyuter, mobil telefon kundalik hayotimizdan chuqur joy olmoqda. Biz ana shu imkoniyatlardan samarali faoydalanib, mamlakatimizda yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratishimiz lozim.”11
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, buning uchun mamlakatimizda kitob nashri, kitob savdosi, kutubxonalar ishini tashkil etish hamda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni tashviqot qilishning namunali shakllarini tashkil etish bo‘yicha bergan ko‘rsatmalari ham kontseptualligi va konstruktivligi bilan ajralib turadi.
”Buning uchun kitob nashri, kitob savdosi bilan bog‘liq ishlarimizni tanqidiy ko‘rib chiqishimiz kerak. Ta’lim - tarbiya muassasalari, idora va tashkilotlar, mehnat jamoalarida shu masala bo‘yicha turli tanlov, festival va aktsiyalar, kitob bayramlarini tashkil etishimiz kerak. Mavjud axborot – resurs markazlarini boyitish, kutubxonalar yo‘q joylarda ularni tashkil etishimiz lozim. Ota – bobolarimizdan qolgan yaxshi an’analarni davom ettirib, navoiyxonlik, boburxonlik, mashrabxonlik kechalari o‘tkazsak, kerak bo‘lsa, badiiy asarlarni televidenie orqali o‘qitishni yo‘lga qo‘ysak, nima deysizlar?”12
Bu dolzarb masalada Prezidentimiz buyuk shoirimiz Alisher Navoiy nomi bilan ataladigan viloyatni boshqalarga o‘rnak bo‘lishga chaqirdilar.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning nafaqat “Mamlakatimizning javohir xazinasi” (Navoiy viloyati saylovchilar vakillari bilan uchrashuv 2016 yil 4 noyabr)dagi nutqida, balki boshqa ko‘plab ma’ruza va nutqlarida ham yoshlarda kitobxonlikka qiziqish uyg‘otish masalalariga to‘xtalib o‘tilgan. Ayniqsa, mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisi (2017 yil 14 yanvar)dagi ma’ruzalari ham kitobxonlikni yoshlar ongi va qalbiga yanada kengroq singdirish masalasidagi kontseptual g‘oyalar bilan ajralib turadi. Ushbu ma’ruza Yurtboshimiz ta’lim, ilm–fan va davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish, ta’limning yangi zamonaviy usullarini, jumladan axborot- kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish sohasidagi ishlar ahvolini tanqidiy tahlil qilar ekanlar, bu boradagi dolzarb vazifalarni amalga oshirish yoshlarimiz, jamiyatimiz va mamlakatimizning kelajagi uchun strategik ahamiyatga ega ekanliga sababli bu borada beshta ustuvor vazifani ilgari surdilar. Bular orasida beshinchi ustuvor vazifa – kitoblarni chop etish va tarqatishdagi muammolarni hal qilishga qaratishdagi muammolarni hal qilishga qaratilgan edi.
”…Eng avvalo, yoshlar va aholi o‘rtasida mamlakatimizning boy tarixini, uning betakror madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ‘ib qilish, jahon ilm- fani va adabiyoti yutuqlarini etkazish uchun zarur muhit va shart – sharoit yaratish”13 zarurligini ta’kidlab o‘tdilar. Bunga erishish uchun kitobxonlik madaniyatini oshirish, yoshlarda kitobxonlikka qiziqish uyg‘otishdek dolzarb vazifani hal etish ustuvor vazifa ekanligi ham muhim ahamiyat kasb etishi yaqqol ko‘rinib turibdi.
Mamlakatimiz Prezidenti o‘z ma’ruza va nutqlarida turli darsliklarni yaratish, ularni chop etish va moliyalashtirish masalalarida turli idoralar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdilar. Ayniqsa, darsliklar maxsus va badiiy adabiyotga bo‘lgan real ehtiyojni, ularni boshqa tillarga tarjima qilish, ular bilan o‘quv yurtlari, kutubxona va axborot – resurs markazlarini ta’minlash bo‘yicha chora – tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va hayotga tadbiq etish borasidagi ko‘rsatmalari ham yoshlar va aholining keng qatlamlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan edi.
“Bunda yoshlar va aholining keng qatlamlari o‘rtasida kitobxolikni targ‘ib qilish masalalariga ham alohida e’tibor berish lozim bo‘ladi. Kitoblarning haqiqiy narxi shakllanishini juda ham puxta o‘rganish zarur. Hozirgi paytda hammamizning oldimizda juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masala ya’ni kitobxonlikni keng yoyish va yoshlarimizning kitobga bo‘gan muhabbatini, ularning ma’naviy immunitetini yanada oshirishga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi turibdi. ”14
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev kitobsiz kelajak yo‘qligini, rahbardan tortib oddiy aholigacha kitobga mehr qo‘yishi – nurli kelajagimizning, barkamol avlodlarni voyaga etkazishimizning muhim poydevori ekanligini ta’kidlab o‘tdilar va bu borada amaliy ko‘rsatmalar berdilar.
Respublikamiz Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi Farmoyishi, 2017 yil 13 setyabrdagi PQ – 3271- sonli “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora – tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash uchun ham kitobxonlik madaniyatini oshirish va yoshlarni, mamlakatimizning barcha aholisini kitobxonlikka undash muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev asarlari, ma’ruza va nutqlarida kitobxonlikni yoshlar va keng jamoatchilik ongi va qalbiga singdirish bo‘yicha ilgari surilgan kontseptual g‘oyalar va konstruktiv ko‘rsatmalarni amalga oshirish va bu borada chiqarilgan Prezident Qaror va Farmoyishlari ijrosini ta’minlash barchamizning, eng avvalo biz o‘qituvchi va pedagoglarning dolzarb vazifamizdir.
II. BOB. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, Qaror va ma’ruzalarida maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim hamda akademik ilm-fanni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish masalalari.
2.1.Umumiy o‘rta ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, o‘qitish metodikasini takomillashtirish, pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy shakllarini joriy etish zarurati.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida belgilangan ta’lim-tarbiya sohasidagi vazifalarni bajarish uchun, avvalo umumiy o’rta ta’lim maktablarida faoliyat ko’rsatayotgan o’qituvchilar ularning mazmun-mohiyati bilan tanish bo’lishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2016 yil 29-dekabrdagi PQ- 2707- son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017 yil 30 sentabrdagi PF- 5198-son farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 2017 yil 30 sentabrdagi PQ-3305-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-apreldagi “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ- 4296-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4312-sonli Qarori mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo’lini boshlab berdi. Natijada bolalarni maktabgacha ta’lim tizimiga jalb etish 2017 yildagi 27 foizdan 2019-yilga kelib 52 foizga ko’tarildi. Maktabgacha ta’limga qamrab olish bir yilda 38 foizdan 52 foizga ko‘tarildi. 5 ming 722 ta davlat, xususiy, oilaviy bolalar bog‘chalari tashkil etildi.
2020 yilda maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish 60 foizga yetkaziladi. Ushbu maqsadlar uchun budjetdan qariyb 1,8 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi
2020 yildan boshlab tariximizda ilk bora 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash tizimi joriy qilinadi, bunga budjetdan 130 miliard so‘m ajratiladi, bu jarayonda xususiy maktabgacha ta’lim muassasalari ham ishtirok etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentyabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5538-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3907-son Qarori. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-maydagi “Ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-4342-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4444-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi “Zamonaviy maktab”larni tashkil etish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4537-son Qarori umumiy o’rta ta’lim tizimini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 140-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli Qarori, 2018-yil 10-maydagi "O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 349-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 701-son Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi 823-sonli Qarorlari xalq ta’limi tizimini rivojlantirishda dasturulamal vazifasini bajardi.
2020 yilda budjetdan ajratiladigan 1,7 trillion so‘m mablag‘ hisobidan 36 ta yangi maktab qurilib, 211 tasi kapital ta’mirlanadi. Shuningdek, 55 ta xususiy maktab tashkil etilib, ularning soni 141 taga yetkaziladi.
Pedagogik mahorat va malaka darajasiga ega bo‘lgan, o‘z ishida aniq natijalarga erishgan o‘qituvchilarga yuqori maosh to‘lash tizimini joriy etamiz.
Maktab o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o‘quv yuklamalari va fanlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |