Uzbekistonda davlat muassasalari tarixi



Download 82,93 Kb.
bet10/14
Sana19.04.2022
Hajmi82,93 Kb.
#563094
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Prezident asarlari

2.2.O‘zbekistonning umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan siyosati, ushbu yo‘nalishga erishilgan yutuqlar va yangi imkoniyatlar.

2021 yilgi xalqaro baholash jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish uchun 348 ta tayanch maktab belgilanib, 6 mingdan ortiq o‘qituvchining malakasi oshiriladi.


Joriy o‘quv yilidan boshlab mutlaqo yangi professional ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yilib, 340 ta kasb-hunar maktabi, 147 ta kollej va 143 ta texnikum tashkil etiladi.
Kadrlar malakasini xalqaro mehnat bozori talablariga moslashtirish maqsadida milliy malaka tizimi ishlab chiqiladi. Ushbu tizim 9 mingga yaqin kasblar bo‘yicha kadrlar tayyorlash imkonini beradi.
Oliy ma’lumot olaman, o‘z ustimda ishlab, ilmli bo‘laman, degan, yuragida o‘ti bor, jo‘shqin yoshlarimizning tahsil olishi uchun hamma qulayliklarni yaratishimiz shart. Shuning uchun maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 2020 yilda kamida 25 foizga va kelgusida 50-60 foizga yetkazamiz.
Bu borada shuni unutmaslik kerakki, oliy ta’lim qamrovini oshirish to‘lov kontraktiga bog‘liq bo‘lib qolmasligi zarur. Shuni hisobga olib, oliy o‘quv yurtlariga talabalar qabul qilish davlat grantlarini 2 barobar ko‘paytiramiz, desam, sizlar bu fikrga qanday qaraysiz?
Qizlarimiz uchun alohida grantlar ham ajratiladi. Xotin-qizlar qo‘mitasi ushbu grantlar asosida o‘qitishga nomzodlarni tanlash va saralash mezonlarini ishlab chiqishi kerak.
Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini ham optimallashtirish zarur. Biz bunda asosiy e’tiborni o‘qishga kirish jarayonlarini soddalashtirishga, oliy o‘quv yurtlarida chinakam bilim va tarbiya olishga qaratishimiz zarur. Misol uchun, ona tili bo‘yicha bilimni baholashning milliy test tizimini yaratish lozim. Yoshlar istalgan vaqtda imtihon topshirib, tegishli guvohnoma olsa, oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirayotgan paytda ona tili bo‘yicha qayta sinovdan o‘tishga hech qanday ehtiyoj qolmaydi.
Oliy ta’lim standartlari xorijiy tajriba asosida takomillashtiriladi, ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitiladigan fanlar qayta ko‘rib chiqiladi. Mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar soni 2 barobar qisqartiriladi.
Oliy ta’limda o‘quv jarayonini kredit-modul tizimiga o‘tkazish talab etiladi. Joriy yildan pedagogik ta’limning 6 ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘qish muddati 3 yil qilib belgilanadi.
Bu ishlarni boshqa yo‘nalishlarda ham davom ettiramiz.
Oliy o‘quv yurtlariga bosqichma-bosqich akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi. Joriy yilda ularning 10 tasi o‘zini o‘zi moliyaviy ta’minlashga o‘tadi. Bundan tashqari, kamida 5 ta oliy ta’lim muassasasini konkurs asosida tanlab, nufuzli xorijiy oliy ta’lim dargohlari bilan hamkorlikda ularni transformatsiya qilishni boshlaymiz.
Mamlakatimiz uchun ilm-fan sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni aniq belgilab olishimiz kerak. Hech bir davlat ilm-fanning barcha sohalarini biryo‘la taraqqiy ettira olmaydi. Shuning uchun biz ham har yili ilm-fanning bir nechta ustuvor yo‘nalishini rivojlantirish tarafdorimiz.
Joriy yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo‘nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlar yaratib beriladi. Shuningdek, ilm-fan sohasida fundamental va innovatsion tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablag‘larini ajratish mexanizmini tubdan qayta ko‘rib chiqish kerak.
Ilm-fan yutuqlarining elektron platformasi, mahalliy va xorijiy ilmiy ishlanmalar bazasini shakllantirish lozim. Har bir oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot dargohi nufuzli chet el universitetlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi shart.
Joriy yilda “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan 700 dan ziyod olimlar, professor-o‘qituvchilar chet elga ilmiy izlanish va malaka oshirish uchun yuboriladi.
Kelgusida grantlar miqdorini 2 barobar ko‘paytirish va tadqiqot yo‘nalishlari ko‘lamini kengaytirish, 2020-yilda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha tub burilish qilish imkoniyatlari yaratildi.
Joriy o‘quv yildan boshlab mutlaqo yangi professional ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 340 ta kasb-hunar maktabi, 147 ta kollej va 143 ta texnikum tashkil etiladi. Kadrlar malakasini xalqaro mehnat bozori talablariga moslashtirish maqsadida milliy malaka tizimi ishlab chiqiladi. Ushbu tizim 9 mingga yaqin kasblar bo‘yicha kadrlar tayyorlash imkonini beradi.
2019 yilda Xalq ta’limi tizimida erishilgan yutuqlar tinglovchilarga bayon etilishi lozim:

  • 2019-yilda xalq ta’limi tizimida davlat budjetidan jami 18,1 trln so‘m ajratildi. Jumladan, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga 13,6 trln so‘m, yagona ijtimoiy to‘lov xarajatlariga 3,4 trln so‘m, boshqa xarajatlarga 1,1 trln so‘m ajratildi.

  • 2019-2020 o‘quv yil boshidan Toshkent, Namangan, Nukus va Xiva shahrida Prezident maktabi ochildi. 27471 nafar iqtidorli o‘quvchi saralash imtihonida ishtirok etdi. Natijalarga ko‘ra, har bir maktabga 144 o‘quvchi qabul qilindi. Maktabda o‘quv jarayoni “STEAM” (Science – ta’lim, Technology – texnologiyalar, Engineering- texnik ijodkorlik, Art- san’at, Mathematic- matematika) dasturi asosida olib boriladi. Bu iqtidorli yoshlarning fikrlash qobilyati, iroda va ijodiy salohiyatini oshirishga imkon beradi. Ushbu fanlar bo‘yicha darslar ingliz tilida olib borilmoqda. Tarix ona-tili adabiyot darslari tajribali pedagoglar tomonidan o‘zbek tilida o‘tiladi.

  • Joriy yil boshida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning ijrosi asosan maktab o‘quvchilarining faolligini oshirish, ularning musiqa, adabiyot, sport va san’atga bo‘lgan ishtiyoqini kuchaytirish, yoshlar orasida kitobxonlik hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratildi.

29-aprel kuni “Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi“ tasdiqlandi.
PISA- xalqaro baholash tadqiqotlari amaliyotga joriy etila boshladi.

  • “Darsliklarni birgalikda takomillashtiraylik” ko‘rik- tanlovi tashkil etilib, 2019-yilgi darsliklarni tayyyorlash bo‘yicha keng jamoatchilik vakillari, ya’ni ota-onalar, o‘quvchi va o‘qituvchilar, mutaxassislar mavjud darslik va o‘quv-metodik adabiyotlardagi kamchiliklarni topish, sifatli darslik chop etish borasida taklif va mulohazalarini bildirish va muammolarni bartaraf etish yuzasidan hamkorlik qilish imkoniga ega bo‘lishdi.

  • 2019-yilda iqtisodiy rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda maktablarda Kuzatuv kengashlari tashkil etildi. Kuzatuv kengashi a’zolari 3 yilga saylanib, ular kamida 7 kishidan iborat bo‘lishi kerak: 2 ota-ona, 2 bitiruvchi, 1 nafaqadagi o‘qituvchi, shuningdek kamida 2 homiy.

Kegnashning vazifasiga maktab direktorini saylash, maktabning moliyaviy rejalarini tasdiqlash, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar monitoringi, o‘quvchilar va ularning ota-onalari murojaatlarini ko‘rib chiqish, shuningdek, boshqa masalalar kiritildi.

  • Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘qituvchilar bilimini aniqlash maqsadida Sirdaryo va Surxandaryo viloyatlarida test sinovlari o‘tkazildi. Bu kabi testlar bosqichma-bosqich barcha hududlarda o‘tkaziladi. Maqsad o‘qituvchilar bilimini aniqlash, natijalarga ko‘ra o‘qituvilar malakasini oshirish bo‘yicha treninglar tashkil etishdir. Shu kungacha 12261 nafar o‘qituvchilar o‘rtasidagi test sinovlarining birinchi bosqichi davlat tilini bilish darajasini aniqlashga qaratilgandi. Ayni paytgacha yurtimiz umumta’lim maktablari o‘qituvchilaridan 8000 nafari malaka oshirdi, 27 ta maktabda xalqaro darajaga ega o‘qituvchilar dars beryapti.

  • Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekistondagi Amerika Kengashlari bilan hamkorlikda o‘tkazayotgan English Speaking Nation: Secondary Teacher Training (ESN:STT) loyihasining taqdimoti Sirdaryo viloyatida bo‘lib o‘tdi. Mazkur loyihaning asosiy maqsadi umumta’lim maktablari ingiliz tili fani o‘qituvchilarinig til bilish darajasini aniqlash. Ingiliz tili bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirish, o‘qituvchining “o‘quvchilarga yo‘naltirgan” (learner-centred) pedagogik mahoratni oshirishda ko‘mak berish, trener va mentorlar salohiyatini oshirshga ko‘maklashishdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 3- maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga asosan Xalq ta’limi vazirligida Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti tashkil etildi. Unga iqtidorli o‘quvchilarning xalqaro olimpiadalarda ishtirokini ta’minlash vazifasi yuklatildi. Yil davomida respublikamiz bo‘ylab qo‘shimcha fan olimpiadalari o‘tkazildi.

Download 82,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish