Uzbekistonda davlat muassasalari tarixi


Tinglovchilarga oliy ta’lim tizimida 2019 yilda amalga oshirilgan islohotlar tahliliy tushuntiriladi



Download 82,93 Kb.
bet13/14
Sana19.04.2022
Hajmi82,93 Kb.
#563094
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Prezident asarlari

Tinglovchilarga oliy ta’lim tizimida 2019 yilda amalga oshirilgan islohotlar tahliliy tushuntiriladi:
2019 yil barcha sohalar singari mamlakatimiz oliy ta’lim tizimi uchun ham shiddatli va yangiliklarga boy bo‘ldi: yangi OTMlar, yangi yo‘nalishlar ochildi, tizim rivoji uchun bir qator qonun va qarorlar qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-yanvardagi qaroriga binoan Toshkent shahrida Amiti universiteti tashkil etildi. Universitetda axborot-kommunikatsiyasi texnologiyalari sohasida, birinchi navbatda, dasturiy ta’minotini ishlab chiqish, axborot tizimlari va kompyuter tarmoqlarini boshqarish bo‘yicha xalqaro standartlar darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi qaroriga asosan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus fakulteti Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti etib qayta tashkil qilindi.
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida harbiy jurnalistika qayta tayyorlash kursi va harbiy jurnalistika fakulteti ochildi.
Andijon viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga binoan Sharda universiteti tashkil etildi. Unda o‘quv jarayonlari Hindistoning Sharda universiteti o‘quv dasturlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standartlari talablarini inobatga olgan holda ishlab chiqarilgan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha olib borilmoqda.
Parij xalqaro moda akademiyasi va Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining qo‘shma fakulteti ochildi. Ushbu o‘quv yili qabulidan boshlab abiturientlarga oliy ta’lim muassasalarining test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan uchtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tanlovda ishtirok etish huquqi berildi. 2019 yildan DTM ruxsatnomalarini bevosita Davlat test markazi saytidan yuklab olish imkoniyati yaratildi.

Xulosa
Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan demokratik islohotlarning izchil davom ettirilishi va 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi va uning mazmun-mohiyatini tinglovchilar ongi va qalbiga singdirish xalq ta’limi sohasi xodimlari oldida turgan dolzarb muammolar hamda ularning yechimini topishda dasturilamal bo’lib xizmat qiladi.
Mamlakatimiz uchun ilm-fan sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni aniq belgilab olishimiz kerak. Hech bir davlat ilm-fanning barcha sohalarini biryo‘la taraqqiy ettira olmaydi. Shuning uchun biz ham har yili ilm-fanning bir nechta ustuvor yo‘nalishini rivojlantirish tarafdorimiz.
Joriy yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo‘nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoitlar yaratib beriladi. Shuningdek, ilm-fan sohasida fundamental va innovatsion tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablag‘larini ajratish mexanizmini tubdan qayta ko‘rib chiqish kerak.
Ilm-fan yutuqlarining elektron platformasi, mahalliy va xorijiy ilmiy ishlanmalar bazasini shakllantirish lozim. Har bir oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot dargohi nufuzli chet el universitetlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi shart.
Joriy yilda “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan 700 dan ziyod olimlar, professor-o‘qituvchilar chet elga ilmiy izlanish va malaka oshirish uchun yuboriladi.
Kelgusida grantlar miqdorini 2 barobar ko‘paytirish va tadqiqot yo‘nalishlari ko‘lamini kengaytirish, 2020-yilda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha tub burilish qilish imkoniyatlari yaratildi.
Joriy o‘quv yildan boshlab mutlaqo yangi professional ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 340 ta kasb-hunar maktabi, 147 ta kollej va 143 ta texnikum tashkil etiladi. Kadrlar malakasini xalqaro mehnat bozori talablariga moslashtirish maqsadida milliy malaka tizimi ishlab chiqiladi. Ushbu tizim 9 mingga yaqin kasblar bo‘yicha kadrlar tayyorlash imkonini beradi.



Download 82,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish