Atrof-muxit muxofazasi bo`yicha O`zbekiston Respublikasi qonunlari va qarorlari
O`zbekiston Respublikasi atrof-muxit muxofazasi masalalari Konstitutsiyada va er, er osti boyliklari, suv, o`rmon, atmosfera havosi va xayvonot olami haqidagi qonunlarda, shuningdek, Prezident xuzuridagi Vazirlar Maxkamasining maxsus qarorlarida o`z aksini topgan. Tabiat muxofazasi xozirgi kunda davlatning organik funktsiyasi bo`lib kelmoqda, chunki gap odamlar salomatligi va mamlakat milliy boyligiga tejamkorlik va egalik nuqtaiy-nazaridan yondashish zarurligi haqida ketmoqda.
Ekologiyaga solinayotgan xavf O`zbekiston uchun, umuman butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun naqadar yuqori ekanligini hisobga olgan holda xukumat va davlat atrof-muxitni ximoya qilish, tabiat zaxiralaridan oqilona foydalana olish masalalariga juda katta e`tibor bermoqda. Atrof-muxit muxofaza qilishni ta`minlashga qaratilgan qonun xujjatlari qabul qilindi. O`zbekiston Respublikasining tabiatni muxofaza qilish borasidagi milliy tadbirlari boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan keng va har tomonlama hamkorlik qilish ishi bilan kushib olib borilmoqda. Atrof-muxitni muxofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish oqimni turli jixatlarini tartibga soluvchi kO`plab xilma-xil xalqaro shartnomalar va bitimlar tuzildi.
O`zbekiston MDX davlat boshliqlarining 1992 yil 8 fevralda imzolangan Bitimiga muvofiq tuzilgan MDX mamlakatlari Davlatlararo Ekologiya Kengashining tO`la huquqli aozosidir. MDX mamlakatlarining ana shu ekologiya kengashi darajasidagi hamkorligi aozo davlatlarning atrof-muxitni muxofaza qilish sohasida kelishib olingan, muvofiqlashtirilgan saoy-harakatlar qilish maqsadini kO`zlaydi.
Hozirgi paytda respublikada istiqbolga, yaoni atrof-muxitni muxofaza qilish va tabiiy zaxiralardan oqilona foydalanish bo`yicha 2005 yilgacha mO`ljallangan Davlat dasturi ishlab chiqilgan. Tabiatdan oqilona foydalanish va uni muxofaza qilish sohasidagi butun faoliyat ana shu dastur asosida tashkil etilgan.
4. Atrof muxitni muxofaza kilish tizimlari va konuchiligi.
Sanoatning usishi katta hajmda chiqindilar ajralib chiqish jarayoni bilan birga boradi, chunki Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun talab etiladigan xom-ashyoni fakatgina 1/3 qismi sarf bO`ladi, 2/3 qismi esa yordamchi mahsulot va chiqindi sifatida yukotiladi.
Atmosfera havosini eng ko`p ifloslantiruvchi elementlar: uglerod, azot oksidlari, uglevodorod va sanoat changlaridir. Sanoat, issiklik elektrostantsiyalari va transport vositalari atmosferani asosiy ifloslantirish o`chog`laridir. er yuzi atmosferaga yiliga O`rtacha 250 mln. tonna chang, 200 mln. tonna uglerod, 50 mln. tonna azot oksidi va 50 mln. tonna turli xildagi uglevodorodlar tashlanadi.
Hozirgi vaqtda dunyoda 460 mln. dan ortiq avtomobillardan foydalanilmoqda. Ular O`zida tahminan 200 moddani jamlangan gazlarni atmosferaga chiqarmoqda. 15 000 km. masofani bosib O`tgan har bir mashina 4350 kg kislota chiqaradi, shu bilan birga 3250 kg uglerod dioksidi, 530 kg uglerod oksidi, 93 kg uglevodorodlar, 27 kg azot oksidi ajratib chiqaradi.
Umuman olganda sanoatning turli tarmoqlarini zararli chiqindilar O`chog`i sifatida taxlil qilinganda quyidagi natijalar olindi:
Qurilish materiallari sanoati….34,7%
Issiklik el.stantsiyalari………….29,5%
Do'stlaringiz bilan baham: |