Pediastrum (Pediastrum) ham deyarli suv to„riga o„xshash rivojlanish
sikliga ega bo„lib, mikroskopik plastinkasimon koloniya hosil qiladi.
Koloniyasidagi hujayralar bitta markaziy hujayra atrofida kontsentrik aylana
shaklida joylashadi. Chetki hujayralari ko„pincha o„simtalar hosil qiladi.
Protokokklarning avtospora hosil qilib ko„payuvchi vakillariga Xlorella
(Chorella) misol bo„ladi. Xlorella bir hujayrali, dumaloq, kosachasimon
xromatoforli suvo„ti bo„lib, ko„lmak suvlarda va tuproqda keng tarqalgan. Ular
asosan jinssiz ko„payib, har bir hujayra bir necha avtosporalarni vujudga keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |