Узбекистон республикаси фанлар академияси минтацавий булими хоразм маъмун академияси


- diagramma. Limon nematodafaunasidagi turkumlarning biotoplar bo’yicha uchrash darajasi



Download 127,34 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana22.02.2022
Hajmi127,34 Kb.
#84183
TuriДиссертация
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
macola-2

2- diagramma. Limon nematodafaunasidagi turkumlarning biotoplar bo’yicha uchrash darajasi
Tuproqning ushbu qatlamida topilgan 45 tur 6 turkum vakillaridan iborat bo’lib, ular turkumlar 
bo’yicha quyidagicha taqsimlanadi, ya’ni Dorylaimida - 6 ta, Monhysterida - 1 ta, Araeolaimida - 3 ta, 
Rhabditida - 13 ta, Diplogasterida - 1 ta va Tylenchida - 21 ta turni tashkil etdi. Rizosfera tuprog’ining 
10-20 sm li qatlamida topilgan 42 turning turkumlar bo’yicha taqsimlanishi, ustki qatlamdagi holatga 
o ’xshaydi. Jumladan, Dorylaimida turkumi - 6 ta, Monhysterida - 1 ta, Araeolaimida - 3 ta, Rhabditida 
- 11 ta va Tylenchida - 21 ta tur. Lekin ushbu qatlamda 0-10 sm li qatlamda uchratilgan Diplogasterida 
turkumining yagona vakil Diplogaster rivalis qayd etilmadi. Nihoyat, rizosferaning 20-30 sm li


Ши
XORAZM M A’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOM ASI -6(1)/2020
qatlamida aniqlangan 29 tur 176 individdan iborat nematodalarni turkumlar b ’yicha tahlil qilganimizda 
turlar turkumlar o’rtasida quyidagicha taqsimlandi: Dorylaimida - 4 ta, Monhysterida - 1 ta, 
Araeolaimida - 2 ta, Rhabditida - 8 ta, Diplogasterida - 1 ta va Tylenchida - 13 ta tur. Keltirilgan 
raqamlardan ko’rinib turganidek eng katta o ’zgarish, ya’ni turlar sonining keskin kamayishi Tylenchida 
turkumi vakillariga tegishli. Ushbu turkum vakillari rizosferaning 0-10 va 10-20 sm li qatlamlarida 21 
turdan uchragan bo’lsa, bu ko’rsatkich 20-30 sm li qatlamda 13 taga tushgan (2- diagramma).
Aniqlangan turlarni biotoplar bo’yicha zich yoki siyrak tarqalganligiga e’tibor bersak, ildiz 
sistemasida aniqlangan 27 tur nematodaning barchasi rizosfera tuprog’i qatlamlarida (asosan 0-10 va 
10-20 sm li) uchratildi. Ildiz sistemasida limonning xususiy paraziti Tylenchulus semipenetrans boshqa 
turlardan farqli ravishda rizosferaning faqatgina 0-10 sm li qatlamida kam miqdorda uchratildi. 
Umuman ildiz sistemasida individlari zich holda uchrovchi turlar sifatida Rhabditis brevispina, 
Diplogaster rivalis, Aphelenchus avenae, Ditylenchus dipsaci, Pratylenchus pratensis, P. thornei, 
Tylenchulus semipenetrans kabi turlarni qayd etish mumkin. Plectus, Eudorylaimus, Chiloplacus, 
Aglenchus, Helicotylenchus avlodlarining vakillari esa juda siyrak, ya’ni 1-3 tadan individlari bilan 
uchratildi.
Limon nematodafaunasidagi turlarni rizosfera qatlamlari bo’yicha tarqalishida ham o ’ziga xoslik 
kuzatildi. Ya’ni aksariyat turlarning individlari tuproqning 0-10 sm li qatlamlarida uchratilib, quyi 
qatlamlarga o’tgan sari ularning soni kamayib bordi. Rizosfera tuprog’ining 0-10 va 10-20 sm li 
qatlamlarida mos ravishda 45 va 42 tur nematoda aniqlanib, turlar tarkibi jihatidan o ’xshashlik 
kuzatilsada individlar miqdori keskin kamayib borishi bilan farq qildi. Umuman rizosfera tuprog’ining 
ushbu qatlamida nematoda turlari sonining ildiz sistemasiga nisbatan keskin ortib borishi asosan 
Dorylaimida, Araeolaimida va Rhabditida turkumlari turlari hisobiga amalga oshdi. Rizosferaning 20-30 
sm li qatlamida turlar va ularning individlari soni kamayib borishi esa Tylenchida turkumi turlarining 
kamayib borishi tufayli yuzaga kelgan. Rizosfera tuprog’i qatlamlarida keng uchraydigan dominant 
turlar 
sifatida 
Eudorylaimus, 
Rhabditis, 
Mesorhabditis, 
Heterocephalobus, 
Aphelenchus, 
Paraphelenchus, 
Aphelenchoides, 
Ditylenchus, 
Pratylenchus, 
Helicotylenchus, 
Merlinius, 
Paratylenchus kabi avlod vakillarini ko’rsatish mumkin. Aksincha faunadagi ba’zi turlar faqat m a’lum 
rizosfera qatlamida yoki kam sondagi individlari bilan fauna tarkibidan joy oldi. Bunday turlarga misol 
qilib Eudorylaimus acusticauda, Tylencholaimus minimus, Eucephalobus oxyuroides, Acrobeloides 
butschli, Acrobeloides emarginatus larni keltirish mumkin.
Samarqand viloyati ayrim tumanlarida issiqxona sharoitida o ’stiriluvchi limon nematodafaunasini 
o ’rganish natijasida fauna tarkibidagi turlardan Eudorylaimus monhystera, Monhystera paludicola, 
Rhabditis brevispina, R. filiformis, Heterocephalobus elongatus, Diplogaster rivalis, Aphelenchus 
avenae, Paraphelenchus pseudoparietinus, Aglenchus agricola, Aphelenchoides parietinus, Tylenchus 
davainei, Ditylenchus dipsaci, Pratylenchus pratensis, P. thornei, Helicotylenchus multicinctus, 
Merlinius dubius, Paratylenchus macrophallus kabilarni dominant turlar sifatida e’tirof etish mumkin. 
Aniqlangan turlar orasida limonning xususiy paraziti Tylenchulus semipenetrens ning topilishi olib 
borilgan tadqiqot ishining ahamiyatini oshiradi.

Download 127,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish