«Узбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти


«Hidoya» bir necha asr davomida butun musulmon mamlakat- larida eng nufuzli va mukammal huquqiy manba sifatida etirof



Download 3,2 Mb.
bet15/38
Sana12.06.2022
Hajmi3,2 Mb.
#660523
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38
Bog'liq
Буюк аждодларимиз

«Hidoya» bir necha asr davomida butun musulmon mamlakat- larida eng nufuzli va mukammal huquqiy manba sifatida etirof etib kelinadi.
«Hidoya» bir necha tilga tarjima qilingan. Uning birinchi jildi 0 zbek tilida Toshkentda 2001-yilda chop etildi.


o‘z davrining huquqiy mezonlari asosida yashash, o‘zganing mol- mulkiga ko‘z olaytirmaslik, haromdan hazar qilish, insof va diy0. nat, mehr-oqibat kabi ezgu tushunchalarning mohiyati ochib be­rilgan. Burhoniddin Marg‘inoniyning o‘zi hayoti davomida ana shunday insoniy fazilatlarga amal qilib yashadi. Ilmu urfon yo'lidagi fidoyiligi, kamtarligi o‘z asarlarida biron marta ham “men” degan so‘zni ishlatmay, “bu zaif banda aytadi”, deya hokisorlik bilan izoh berishida ham ko‘rinib turadi.
Burhoniddin Marg‘inoniyning ilmiy merosi o‘z ahamiyatini yo'qotmagan. Jahondagi ko‘p oliy o‘quv yurtlarida musulmon huquqshunosligi fanlari Burhoniddin Marg'inoniyning fiqh ta’limoti asosida o‘rganiladi. 0‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng uning ilmiy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish, asarlarini chop etish ishlariga katta e’tibor berila boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Burhonid­din Marg‘inoniy vafotining 800 yilligi (1997), tavalludining 910 yilligi (hijriy sana bo'yicha) (2000) keng nishonlandi. Shu mu- nosabat bilan Marg‘ilon shahri markazida Burhoniddin Marg‘inoniy yodgorlik majmui bunyod etilib, shu yerda uning ramziy maqbarasi o‘rnatildi.




NAJMIDDIN
KUBRO
(taxallusi; asl ism-sharifi Ahmad ibn Umar ibn Muhammad Xivaqiy al- Xorazmiy) (1145—1221)


Najmiddin Kubroning mo‘g‘ullar bilan jangi (0‘rta asr miniatyurasidan olingan).


Ulug‘ shayx, tasawufning taniqli vakillaridan biri, tasawuf- ning kubroviylik tariqati asoschisi (uning taxallusi “dinning ulug‘ yulduzi” ma’nosini beradi) Najmiddin Kubro Xorazmning Xiva shahrida dunyoga kelgan. Kubroning karomat ko‘rsatish, voqealarni oldindan bilish, o‘tkir nazari bilan ta’sir eta olish xislatiga ega inson bo‘lganligi haqida rivoyatlar tarqalgan. Kubro yoshligidan ilmga qiziqqan, qobiliyatli bo‘lgan. Islom asoslari, shariat, hadis va tafsirni juda tez o‘zlashtirib olgan. 16—17 yoshlarida tahsilni chuqurlashtirish maqsadida Xorazmdan chiqib, Eron, Misr, Shomu Iroq mamlakatlarini kezgan. Tariqatdan xabardor bo‘lishga in- tilib, bir necha shayx, darvishlar suhbatida bo‘lgan. Dastlab Misrda shayx Ro‘zbixon Vazzon Misriy (1189-yil vafot etgan)ga murid tushgan, undan tariqat odobini o'rgangan va shayxning qiziga uylangan. Keyinchalik Hamadonda shayx Ammor Yosir (1187- yil vafot etgan), Dizfulda shayx Ismoil Qasriy (1193-yil vafot etgan) kabi ustozlardan saboq olgan. 25 yildan ortiq umrini ilm tahsiliga bag‘ishlagan Kubro 1185-yili Xorazmga qaytib keladi.




Bu yerda katta xonaqoh qurdirib, o‘z diniy maktabini yaratadi Kubroning tasawufiy ta’limotiga ko‘ra, inson o‘z mohiyati bilan kichik olamdir, u katta olam bo'lgan koinotdagi barcha narsalarni va sifatlarni yuqori samoviy doiralarda birin-ketin o‘ziga xos maqomlarda joylashganidan, haqiqat yo‘lini qidiruvchilar bunday samoga erishish uchun ma’lum riyozatli asoslarni o‘tishlari zarur. Bu yo‘lda unga piri komil rahnamolik qilishi kerak. Kubro kamo- lotga erishish asoslarini o‘nta talab (“0‘nta usul”)da ifodalab bergan. Bular: tavba, zuhd, tavakkul, qanoat, uzlat,. tavajjuh (yuzlanish), sabr, muroqaba (tafakkurga g‘arq bo‘lish), zikr, rizodir.
Kubro inson ruhiy kechinmalari, nozik holatlarini puxta bil- gan. Shunga muvofiq “latif” (“nozik ta’blilik”) nazariyasini ishlab chiqqan. Bu nazariyaga ko‘ra, inson ruhi ko‘zga ko‘rinmas latif markazlardan iborat. Bu ong va tuyg‘u, ruh va jism orasidagi bir narsa. Sufiy ayni shu markazlarni ilg‘ab olishi lozim. Ana shu “latoif” insonning ilohiy xislatidir. Sufiy riyozatlar, mashqlar davo­mida bu latoifni turli holatlarning o‘zgarishi, ranglar va shakllar- ning almashinishi tarzida tasavvur qiladi. Kubro kishilarni ezgu- likka, ilmga, saxovat va mardlikka da’vat etdi. Uning ta’limotidan yuzlab odamlar bahramand bo'ldilar. Kubroning muridlari Maj- diddin Bag‘dodiy (1209/ 1219-yil vafot etgan), Sa’diddin Hu- maviy (1252-yil vafot etgan), Najmiddin Doya (1256-yil vafot etgan) tasawuf tarixida nom qozongan shayxlardir. Kubro mu­ridlari uning g‘oyalarini Eron, Misr, Iroq va Afg‘onistonga qadar yoydilar. Kubroviylik ta’limoti ayniqsa Hindistonda chuqur ildiz otdi.
Kubro o‘z qarashlarini arab tilida yozgan bir necha risolalari- da bayon etgan. Ulardan asosiylari: “Favoih al-jamol va favotih al-jalol’ (“Jamol xushboyliklari va jalolning kashfi”), “Al-usul




al~ashara” (“O'nta usul”), “Risola at-turuq” (“Tariqatlar risola- sj”); “Risolat al-xoif al-hoim min lavm al-loim” (“Malomatchi- njng malomatidan hazar qiluvchi haqida risola”) va boshqalar. Kubroning fors tilida yozgan “Fi odobus solikin” (“Soliklar odo- bi haqida”) risolasi ham bor. Kubro Qur’onga mutasawiflar nuqtai nazaridan sharh berishni oxirigacha yetkaza olmadi, bu ishni uning shogirdlari tugalladi. Forscha ruboiylarida javonmardlik (himmatlilik), pok axloq g'oyalari ifodalangan.
Kubro mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi jangda shahid bo‘lgan. Qabri hozirgi Ko‘hna Urganch shahrida. Keksa shayx va do- nishmand insonning bu jangdagi qahramonligi, jasorati avlodlarga ibrat bo‘lib qoldi. Kubro shaxsi va uning merosi 0‘zbekistonda mustaqillik tufayli o‘rganila boshlandi. 1995-yil 0‘zbekistonda Kubro tavalludining 850 yilligi keng nishonlandi.


Najmiddin Kubro maqbarasi (Ko‘hna Urganchda).







JALOLIDDIN
HANGUBERDI
(to‘liq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad)
(1198—1231)


Jaloliddin Manguberdi qadimgi davrdan 13-asr o‘rtalarigacha Xorazm hududida mavjud bo'lgan Xorazmshohlar davlatining so‘ngg hukmdori (1220—31), mohir sarkarda. 0‘zbek davlatchiligi tizimi- dagi yirik sulolalardan biri — anushteginiylardan. Xorazmshohlardan Muhammad(1182—1220)ning katta o‘g‘li. Onasi — Oychechak turkman kanizaklardan bo‘lgan. Jaloliddin bumida xoli (mank) bo‘lga uchun Mankbumi nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuz- da o'zgarib “Manguberdi” nomi bilan mashhur bo‘lib ketgan.
Jaloliddin Manguberdi voyaga yetgach, otasi uni G‘azna, Bomi- yon, G‘ur, Bust, Takinobod, Zamindovar va Hindiston hudud- larigacha bo‘lgan yerlarga hokim va taxt vorisi etib tayinlagan (1215). Biroq Muhammad Xorazmshohning onasi Turkon xo- tun va qipchoq amirlarining qat’iy noroziligi sababli Muhammad Xorazmshohning kenja o‘g‘li Qutbiddin 0‘zloqshoh foydasiga vorislikdan mahrum etilgan. Jaloliddin Manguberdi otasining harbiy yurishlarida ishtirok etib, o‘zining jasur jangchi, iqtidorli sarkarda ekanligini namoyish etgan.


$


114




Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ul qo'shinlari Movarounnahr- ga bostirib kirib birin-ketin shaharlarni egallab, Samarqandga ya- qinlashganlarida Xorazmshoh Muhammad Kaspiy dengizi bo'yida joylashgan Obeskun shahri yaqinidagi Ashur ada orolida edi. Og‘ir betob bo‘lgan Muhammad o‘g‘illarini yoniga chorlab, so‘nggi damda Jaloliddin Manguberdini o‘z o‘rniga Xorazmshoh etib tayinlagan. Jaloliddin Manguberdi ukalari Oqshoh va Qutbiddin O'zloqshohlar bilan birga Gurganj mudofaasiga oshiqadi. Lekin Gurganjdagi qipchoq amirlari Turkon xotunning akasi Xumorteginni sulton deb e’lon qilib, Jaloliddin Manguberdiga qarshi suiqasd uyushtirmoq- chi bo‘ladilar. Bundan xabar topgan Jaloliddin Manguberdi saf- doshi, sarkarda Temur Malik boshchiligidagi 300 suvoriy bilan Gurganjni tark etib Xurosonga yo‘l oladi. Niso shahri yaqinida uni 700 nafar mo‘g‘ul suvoriysi kutardi. Jaloliddin Manguberdi shid- datli jangdan so‘ng ularni tor-mor etib, Nishopurga keldi. Bu yer- dan u barcha viloyat hokimlariga nomalar jo‘natib, mo‘g‘ul bosqin- chilariga qarshi kurashda birlashishga da Vat etdi, bir oydan so‘ng G'azni tomon yurdi. Yo‘lda unga Hirot voliysi (hokimi) qaynotasi Aminalmulk 10 ming kishilik qo'shin bilan kelib qo'shildi. Qanda- horni qamal qilib turgan mo‘g‘ul qo'shinlari bilan bo'lgan 3 kunlik jangda Jaloliddin Manguberdi ularni tor-mor keltirdi. 1221-yil u G‘azniga keldi. Bu yerda unga xalaj qabilasi boshlig‘i Sayfuddin Ig‘roq, Balx voliysi A’zam malik, afg‘onlar sardori Muzaffar malik, qarluqlar boshlig‘i Hasan Qarluq kelib qo‘shildilar. Ularning har biri ixtiyorida 30 ming kishilik qo‘shin bor edi. Jaloliddin Mangu- berdining o‘zidagi kuchlar esa 60 ming suvoriy edi. Jaloliddin Manguberdi Valiyon qal’asini qamal qilayotgan Takajuk va Malg‘ur boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shiniga hujum qilib, 3 kunlik jangdan So ng ularni tor-mor keltirgan, 1000 dan ortiq mo‘g‘ul askari 0 ldirilgan, omon qolgan qismi Panjshir daryosidan o‘tib, ko‘prikni


115


buzib tashlagan. Bu Jaloliddin Manguberdining mo‘g‘ullar ustidan qozongan dastlabki yirik g'alabasi edi.


Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi Shiki Xutuxu no‘y0n boshchiligida 45 ming kishilik qo‘shin jo‘natadi. G‘azni yaqinidagi Parvon jangi (1221)da Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ullar ustidan ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritadi. Biroq jangdan so‘ng Jaloliddin Manguberdining lashkarboshilari o'lja ustida o‘zaro janjallashib qoladilar. Oqibatda Sayfuddin Ig‘roq, A’zam malik va Muzaffar maliklar Jaloliddin Manguberdini tark etadilar. Jaloliddin Mangu­berdining yonida o‘z lashkari bilan faqat Aminalmulk qoladi.
Parvon jangidagi mag‘lubiyatdan g‘azabga kelgan Chingizxon katta qo‘shin to‘plab Jaloliddin Manguberdiga qarshi shaxsan o‘zi otlanadi. Gardiz qal’asi yaqinidagi jangda Jaloliddin Mangu­berdi Chingizxon qo‘shinining ilg‘ori (old tomonida boruvchi qismi)ni tor-mor keltiradi va kuchi ozligi sababli Sind (Hind) daryosi tomon chekinadi. Chingizxon qo‘shini Jaloliddin Mangu­berdini daryodan o‘tishiga imkon bermay qurshab oladi. 1221-yil 25 noyabrda bo‘lgan tengsiz jangda mag‘lubiyatga uchragan Jalolid­din Manguberdi 4000 jangchisi bilan Sindning o‘ng sohiliga suzib o‘tib, cho‘l ichkarisiga kirib ketadi (bu cho‘l hozir ham Cho‘li Jaloliy deb ataladi). Chingizxon Jaloliddin Manguberdi­ning bu jasoratidan hayratda qolib, o‘z o‘g‘illariga qarab: Ota o‘g‘il mana shunday bo‘lishi lozim!”, degan. Oradan bir necha kun o‘tgach, Jaloliddin Manguberdi qo‘shini soni 7 mingga yeta- di. Unga Ko‘lbars bahodir, Kabkuh va Sa’diddin Ali ash-Sha- rabdor kabi lashkarboshilar o‘z kishilari bilan kelib qo shiHi- Jaloliddin Manguberdi Shimoliy Hindistonning notanish cho li^a och, juldur kiyimli jangchilari bilan sargardon bo‘lib qoladi. UnU# bu holidan foydalanmoqchi bo'lgan Shatra viloyati ranasi (shon/ Jaloliddin Manguberdiga hujum qildi. Jangda Jaloliddin Mangu




Mo'lton, Lohur va '

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish