VII. Avtomobil yo„llardan foydalanish bo„yicha bosh mutaxassisning vazifalari.
7.1. O‟zbekiston Respublikasining “Avtomobil yo„llari to„g„risida”gi Qonuni, sohaga
oid O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlari va qarorlari, O‟zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini, hamda umumfoydalanuvdagi
avtomobil yo„llaridan foydalanish va ularni rejalashtirish bo„yicha me‟yoriy qoidalarni,
ishlab
chiqarish, xisobotlarni yuritishni va boshqa sohaga oid xujjatlarni bilishi,
O‟zbekiston Respublikasi umumfoydalanuvdagi avtomobil yo„llari tarmog„i to„g„risida
tushunchaga ega bo„lishi, xisobotlar tayyorlash, axborotlar bankidan foydalanishni,
qo„shimcha kiritishni, saqlashni bilishi lozim.
7.2. Boshqarma bosh mutaxassisi lavozimiga tegishli oliy ma‟lumotga va kamida 3
yillik mehnat stajiga ega yuqori malakali mutaxassis boshqarma boshlig„ining tavsiyasiga
ko„ra kompaniya boshqaruvi raisi tomonidan tayinlanadi.
7.3. Quyidagilar boshqarma bosh mutaxassisining asosiy vazifalari xisoblanadi.
7.3.1. Xizmat doirasiga oid barcha masalalar bo„yicha
xujjatlar tayyorlaydi va
boshqarma boshlig„ining topshiriqlarini o„z vaqtida, puxta, sifatli va samarali bajarilishini
ta‟minlaydi;
7.3.2. Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo„llarini mavsumiy (baxorgi-kuzgi) texnik
ko„rik jadvalini tuzish, boshqarma boshlig„iga Boshqaruv tomonidan tasdiqlash uchun
taqdim etish va unda faol ishtirok etish;
7.3.3. Umumfoydalanuvdagi va avtomobil yo„llarda xarakat havfsizligini ta‟minlash
bo„yicha 22 ko„rsatkich hisobotlarini qabul qilish va kompaniya bo„yicha
umumlashtirilgan hisobot tayyorlash;
7.3.4. Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo„llarini ta‟mirlash
va saqlash ishlari
rejasini bajarilishi to„g„risidagi 7-D hisobotini yo„l tashkilotlaridan qabul qilish va
kompaniya bo„yicha umumlashtirilgan xisobot tayyorlash;
7.3.5. Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo„llarining joriy ta‟mirlash va saqlash
ishlari bo„yicha davlat loyihalarida ishtirok etish;
7.3.6. Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo„llarini kishki mavsumga tayyorgarligi
to„g„risida joylarda qilinayotgan ishlar haqida axborot tuzish;
7.3.7. “O‟zavtoyo„l” DAK tasarrufidagi avtomobil yo„llari va ulardagi sun‟iy
inshootlar hamda xarakat xavfsizligi elementlarining yil yakuni bo„yicha
avtomobil
yo„llar pasportiga o„zgartirish kiritishini ta‟minlash va nazorat etish;
7.3.8. Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo„llar mintaqasini ko„kalamzorlashtirish
(daraxtlar va gul ko„chatlar ekish) bo„yicha yo„l korxonalari ishini muvofiqlashtiradi,
oylik ma‟lumotlarni jamlab, taxlil qilib, natijalari bo„yicha boshqarma boshlig„iga taqdim
etadi;
7.3.9. Joriy ta‟mirlash va saqlash ishlari uchun ajratilgan mablag„larni bosh
iqtisodchi bilan birgalikda maqsadli yo„naltirilayotganini nazorat qiladi va boshqarma
boshlig„iga axborot beradi;
7.3.10. Bosh mutaxassis O‟zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarini,
O‟zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari,
farmoyishlari, Xukumatning kapital qurilish soxasidagi me‟yoriy-huquqiy xujjatlari
talablarini, “O‟zavtoyo„l” DAK buyruqlarini, yo„riqnomalari va ko„rsatmalarini,
amaldagi me‟yoriy
xujjatlarini, boshqarma boshligining va o„rinbosarining og„zaki yoki
yozma ko„rsatma, topshiriq va buyruqlarini o„z vaqtida amaldagi me‟yoriy xujjatlar
asosida bajaradi.
7.3.11.Boshqarma faoliyatiga daxldor masalalar bo„yicha yozishmalar, xujjatlarni
tayyorlaydi va imzolashga taqdim qiladi.
7.3.12 Ichki mehnat tartibi va ishlab chiqarishdagi ijro qoidalariga to„liq amal qiladi.
7.3.13. Qurish, qayta qurish va ta‟mirlash ishlari tugagan ob‟ektlarni
foydalanishga
topshirishda ishchi qabul komissiyalari tarkibida ishtirok etadi.
7.3.14. O‟zining iqtisodiy va texnik saviyasini muntazam ravishda oshirib boradi va
ularni ish faoliyatida qo„llaydi.
7.4. Bosh mutaxassisning javobgarligi:
7.4.1. Ushbu yo„riqnomada ko„rsatilgan vazifalarini bajarilishiga, oylik, choraklik va
yillik xisobotlarni boshqarma boshlig„i o„rinbosari bilan birgalikda o„z muddatida
topshirilishiga;
7.4.2. Boshqarma faoliyati bilan bog„liq bo„lgan xukumat qarorlari va
farmoyishlarining, kompaniya kengashi va Boshqaruvining qarorlarini,
Boshqaruv raisi
va uning o„rinbosarlari buyruq va farmoyishlarini, kompaniya bo„yicha chiqarilgan
direktiv ko„rsatmalarning bajarilishiga;
7.4.3. Boshqarma faoliyati bilan bog„liq masalalarda kompaniya raxbariyatiga
berilgan ma‟lumotlarni to„g„riligi va tezkorligiga;