“UzACADEMIA” scientific-methodical journal
107
www.academiascience.uz
6.
Big English-Russian Dictionary. In 2 volumes / Ed. the leadership of I.R.
Galperin and E.M. Mednikova - M.: Russian language, Volume I. 1987. - 1083 p.
Volume II. 1991. - 718 p.
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR”
MAVZUSIDAGI 23-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
“UzACADEMIA” scientific-methodical journal
108
www.academiascience.uz
BADIIY ASAR TAHLILIDA O„QUVCHILAR FAOLLIGINI OSHIRISH
Mahmudova Mahquloy O„ktamovna
Oqdaryo tuman 40-maktab ona tili va
adabiyot fani o„qituvchisi
Asar binoga o„xshaydi. Faqat bino g‟ishtdan quriladi asar esa so‟zdan. Endi
bir narsani tasavvur qiling: bitkazilgan binodan bitta g„isht sug„urib olsangiz
uning husniga shikast yetadi. O„nta g„ishtni ko„chirsangiz bino bosib qoladi…
Shunday asarlar borki, butun-butun Jumlalarni olib tashlasangiz ham, hech
nima o„zgarmaydi… Bunaqangi “asar” bino emas, vayronadir.
O„tkir Hoshimov
Kalit so„zlar:
tafakkur, nutq, badiiy asar, hayot, samimiyat, mohiyat ma‘naviy
qadriyat, usul, mustaqil fkrlash, chuqur hissiyot, kitobxon.
Adabiyot fikr va qalbni tarbiyalaydi. Har bir inson hayoti davomida duch kelgan
muammolarga javobni o‗z tarbiyasidan izlaydi.Bunday hayotiy tajriba hosil bo‗lishi
uchun esa yaxshi kitobxon sifatida voqealar – u kechinmalarni o‗z qalbidan o‗tkazish,
o‗zi tanlab olgan obrazning tarafdori bo‗lib uning yutuqlari, quvonch qayg‗usi–yu,
mag‗lubiyatini ham o‗ziniki qilib olishi kerak bo‗ladi. O‗quvchilar tafakkurini
o‗stirish, so‗z boyligini oshirish, estetik didi ma‘naviyatini yuksaltirishda badiiy asar
tahlili muhim ahamiyat kasb etadi.Unda o‗quvchining o‗qilayotgan asar yuzasidan
mustaqil ishlash,ijodiy fikrlash hamda taqdimot qilish,kezi kelganda o‗z hayotlarida
o`rganganlaridan xulosalar chiqarish masalalari shakllantiriladi.
Yaxshi badiiy asarlarning barchasida u yoki bu ma‘naviy qadriyatlar,
iymon,vijdon,insof,diyonat, sadoqat, rostgo‗ylik, samimiyat kabi qator fazilatlar
ulug‗lanadi, tarannum etiladi. Chunki badiiy asar o‗z tabiati va mohiyatiga ko‗ra
ma‘naviyatini targ‗ib qilishga asoslangan. O‗quvchi o‗qilgan asarni sir-asrorini
tuysagina, qalbida kitobga muhabbat hissi shakllanadi, chinakam badiiyat namunasini
ajrata olish malakasini egallasa haqiqiy kitoxonga aylanadi.Biror asarni o‗qish,uni
tahlil qilish jarayonida olingan bilim o‗quvchini boshqa asarlarni o‗qishga, ulardan
zavqlanishga undaydi.
Men adabiyot darslarida badiiy asar tahlili uchun,,Swot‖ –universal tahlil,,,Venn
diagrammasi‖, ―Eng muhimi…‖,,,Bu kim? Bu nima? Bu qayer?‖,,,Nima
uchun?‖,,,Jim-Jim‘‘ usullaridan ko‗proq foydalanaman.
Badiiy asar tahlilida,,Venn diagrammasi‘‘ ham juda yaxshi samara beradi. Bu
diagramma orqali o‗quvchilar o‗rganilgan asar qahramonlarining o‗xshash va farqli
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR”
MAVZUSIDAGI 23-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
Do'stlaringiz bilan baham: |