Uyushgan gapning badiiy matnda qo`llanishi mundarija: Kirish I bob uyushiq bo’laklarning semantik-stilistik xususiyatlari


II BOB UNDALMALI GAPLAR HAMDA KIRISH BO’LAKLARNING SEMANTIK-STILISTIK XUSUSIYATLARI



Download 49,31 Kb.
bet5/7
Sana26.04.2022
Hajmi49,31 Kb.
#584630
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
UYUSHGAN GAPNING BADIIY MATNDA QO`LLANISHI

II BOB UNDALMALI GAPLAR HAMDA KIRISH BO’LAKLARNING SEMANTIK-STILISTIK XUSUSIYATLARI
2.1. Undalmali gaplar
Gapda ba`zan, gapning bo`lagi vazifasidagi so`zlardan tashqari, shunday so`z yoki so`z guruhi ham bo`ladiki, ular shu gapda mazmun jihatdan bog`lansa ham, grammatik jihatidan bog`lanmaydi. Bularga undalmalar kiradi.
Undalmalar bosh kelishik shaklidagi ot yoki otlashgan so`zlar bilan ifodalanadi.
Ot bilan : Joniqul aka, - dedi birdan Sulton jilmayib.
Otlashgan sifat bilan: Yaxshilar, biz ham boraylik.
Son bilan: Uchinchilar, oldinga o`tinglar.
Olmosh bilan: Sen ham qani, bu yoqqa kelchi?
Sifatdosh bilan: O`qiganlar, sizlarga rahmat.
Undov so`zlar bilan:- Hoy, siz ovoz bermasangiz ham, doktor bo’lardim. Bilasiz-ku!
So`z birikmalari turg`un iboralar bilan: Xayr, ko`zim qorasi. Hoy qiz tushmagur, nima qilyapsan?
Undalmalar ko`pincha shaxsning ismi, familiyasi, unvoni, taxallusi, laqabi, kasbi yoki qarindoshlik munosabatlarini bildiruvchi bosh kelishik formasidagi so`zlar bilan ifodalanadi: Karim Sobirovich, xonamga kiring. Ol, jiyan, yo`l yurib kelgansan. Ey Navoiy, umr o`tar yeldek, o`zingni shod tut.
Emotsional nutqda undalmalar jonli va jonsiz predmetlarga, mavhum tushunchalarga qaratilgan bo`lishi mumkin. Masalan: Iltijo qilurman senga, tabiat meni pok niyatdan ayirma aslo. Ey quyosh, ko`rsat yuzing.
Sifatdoshning -gur, -kur shaklli otlashgan turi ham undalmani hosil qiladi: Niyatingga yetkur, quloq sol!
Undalmalar ayrim o`rinlarda shaxs, predmetning tashqi biror belgisini ifodalaydi: cho`loq, ko`r, kar va shunga o`xshash so`zlar undalmalarni tashkil qiladi. Ba`zan Hoy, shapkali! Ey, mashina! tipidagi undalmalar ham og`zaki nutqda uchraydi.
Undalmalar tarkibiga ko`ra 3 ga bo`linadi:
1.Yig`iq undalmalar.
2.Yoyiq undalmalar .
3.Murakkab undalmalar.
Yig`iq undalmalar yolg`iz bir so`zdangina tarkib topadi. Masalan: Ena, choy ichasizmi? (Qushlar qishlovdan qaytdi).
Yoyiq undalmalar o`ziga oid so`zlar bilan kengayib keladi. Yoyiq undalmalar sifat, sifatdosh, ot bilan ifodalanadi: - Hurmatli o’rtoqlar! – deb palag’da, xuddi keksalarga xos vazmin-shang’i ovozda boshladi. (Qushlar qishlovdan qaytdi).
Murakkab undalmalar - yolg`iz undov so`z bilan yoki undov so`zlar bilan barobar, aniqlovchi, izohlovchilar bilan birga kelishi mumkin. Bu holda kuchli his – tuyg`u ifodalanadi. Shukur Xolmirzayev asarlarida bu tuzilish kuzatilmadi.
Undalma, so’zlovchi nutqi qaratilgan shaxs, jonli va jonsiz predmetni ifodalashiga ko’ra, kuchli stilistik vosita hisoblanadi. “Undalma bo’lak tinglovchining diqqatini gapshakl bilan anglatilayotgan fikrga jalb qilish uchun xizmat qiladi”6, so’zlovchining tinglovchiga qo’shimcha munosabati mavjud bo’ladi, shuningdek, undash bilan bir o’rinda, ekspressivlik ham ifodalanadi. O’zbek tilshunosligida A.Sayfullayev tomonidan undalmaning lisoniy tarkib va tavsifi maxsus o’rganilgan7. Undalmaning grammatik tuzilishi uning stilistik xarakterini ham belgilaydi, gap bilan mazmunan aloqador bo’lgani bois uning grammatik tuzilishida o’ziga xos tomonlar mavjud, bu shakllar quyidagilar
- undalmalarning gap bo’laklari kabi takrorlanishi;
-undalmalarning gap bo’laklari kabi ajratilgan tartibda qo’llanishi;
-undalmalarning uyushib kelishi.
Undalma bo‘lak tinglovchining diqqatini gapshakl bilan anglatilayotgan fikrga jalb qilish uchun xizmat qiladi, bosh kelishikdagi sintaktik birlik bilan ifodalanadi, undash ohangi bilan aytiladi: - Xolajon, yirtqich qushlar o`zlarining atrofidagi tovuq jo`jalariga teginmaydi, - dedi Yo`ldosh. (Bandi burgut)
Gap bo`laklari bilan grammatik jihatdan bog`lanmagan undalmalarning turli ko`rinishlari bor. Misollarni chog`ishtiring: He, kambag`alchilik qursin, azizim. To`raqullar qishloqda eng faqir oillardan edi. Kambag`alchilik odamni ehtiyotkor qilib qo`yar ekan-da. (Bandi burgut). Ushbu misollardagi azizim so`zi grammatik jihatidan gap bo`laklari bilan bog`lanmagan.
Undalma dialogik nutqda, monologik nutqda, muallif nutqida, murojaat, shior, buyruq, chaqiriq, e`lonlarda ishlatiladi.
Undalmalar bosh kelishik shaklidagi ot yoki otlashgan so`zlar bilan ifodalanadi: - Assalom alayko`m, Rais bobo! – Ha-ha, raisning o`g`liniyam “Rais bobo” deyishardi. - eson-omongina yuribsizmi? Bobo yaxshimilar? Enaginangiz? (Bandi burgut)
Undalmalar so’zlovchining tinglovchiga munosabatini ifodalab, baho xarakteristikasi, ottenkasi (ijobiy, salbiy, ney­tral, ko’tarinki-tantana kabilar)ga ega bo’ladi. “...Murojaat birliklari... konnotativ ma’noga egadir”8, bunga ekspressivlikni sintaktik yo’l bilan ifodalash deb ham qaraladi9. Minnatdorchilik mazmuni: - Rahmat, xola, - dedi u. ko`zi qanotlarini yozganicha bizga tikilib yotgan burgut-da. – U nima? Nima qilasiz uni? Qayerdan ushladingiz? (Bandi burgut); salbiy ma’noda: Balo bormi u yerda?.. To`raqul, bularga qo`shilma! (Bandi burgut); murojaat ma’nosida: -Mayli. – keyin ijirg’anib ayvon to’siniga bordi. – Gulnazar! –deb chaqirdi (Bandi burgut) kabi.
Undalma o’zining leksik-grammatik tabiati bilan undashdan tashqari, bu vazifada kelgan shaxs, predmetlarni xarakterlaydi ham. Ularning ko’pchiligi ekspressiv xarakterda bo’lib, qo’llanishiga ko’ra turli xususiyatga egadir. Shunga ko’ra, badiiy adabiyotda undalmalarga murojaat birliklari deyiladi. Murojaat birliklari kundalik hayotimizda, nutq faoliyatida – nutq jarayonida keng qo’llaniladigan, o’zaro aloqa aralashuvga faol xizmat qiladigan, so’zlovchining tinglovchiga bo’lgan munosabatini ifodalaydigan, o’zida turli modal ma’nolarni tashiydigan o’tkir, ta’sirchan vositadir. Murojaat birliklaridan nutqda tinglovchi e’tiborini tortish, xitob qilish, undash kabi maqsadlarda foydalaniladi. Bunday birliklarda so’zlovchi va tinglovchi o’rtasidagi yaqinlik, hurmat, ishonch; hurmatsizlik, ishonchsizlik kabi kommunikativ munosabatlar ham ifodalangan bo’ladi. Shunga ko’ra, doimiylik belgisiga ega bo’lgan murojaat birliklari nutqda appelyativ (xitob va murojaat orqali muloqotni boshlash), konnotativ (subyektiv munosabat – salbiy va ijobiy munosabatlarni ifodalash), emotiv (hissiy munosabat) funksiyalarni bajaradi.10 Undalmalarni baho xarakteristikasi ottenkasini ifodala­shiga ko’ra, ikki katta guruhga ajratish mumkin:



Download 49,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish