Mingbuloq tuman XTBga qarashli 22-sonli umumiy o`rta ta’lim maktabida Huquqbuzarlik va jinoyatchilk, ayollar jinoyati, diniy oqimlarga qo`shilib qolishdan saqlanish masalalari bo`yicha o’tkazilgan yig’ilish
BAYONI
Uyirchi-Damko`l MFY 22 fevral 2022 yil
Yig`ilish raisi: M.Bo`ronboyeva – maktabdirektori
Yig`ilishkotibi: D.Oxunova - MMIBDO`.
Qatnashdilar: Mingbuloq tuman DXX bo`limi o`rinbosari K.Muhammadiyev, tuman IIB HPMB XQMB katta inspektori, katta leytenant S. A. Xoshimova va maktabning 9-10-11 sinf o`quvchilari.
KUN TARTIBIDAGI MASALA:
O`quvchi yoshlarni turli diniy ekstremistik oqimlarga qo`shilib qolishi va uning ta’siridan saqlash, yoshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash.
Xotin-qizlar o`rtasida huquqbuzarlik va jinoyat, erta tug`ruq, erta turmush, suitsid hamda zo`ravonlikni oldini olish.
Karantin qoidalariga rioya qilish hamda o`quvchilar davomati.
Yig’ilishni maktab direktor o`rinbosari D.Oxunova ochdi va yig’ilish qatnashchilariga kun tartibidagi masalalarni tanishtirib o’tdi. Shundan so`ng so`zni DXX o`rinbosari K.Muhammadiyevga berdi.
K.Muhammadiyev o`z sozida hozirgi kunda yoshlarning ijtimoiy va ma’naviy jihatdan rivojlanishiga komaklashish davlat siyosati darajasiga ko`tarilgani, buning asosiy sabablaridan biri ijtimoiy tarmoqlardagi davlatimiz, jamiyatimiz ravnaqiga to`siq bo`luvchi kishi ongiga salbiy ta’sir etadigan axborot xurujlari ekanligini ta’kidladi. Bunday axborotlar oqimidan himoyalanish uchun o`quvchi yoshlar internet orqali olinadigan ma’lumotlardan foydalanishda nihoyatda xushyor bo`lishlari, diniy oqimlar tomonidan tarqatilayotgan noxolis axborotlar ta`siriga tushib ularga sherik bo`lib qolmasliklari kerakligi zarurligini tushuntirdi. K.Muhammadiyev o`quvchilarga dars jarayonlariga kelishda o`zlari bilan ko`p funksiyali smartfon olib kelmasliklari, juda zarur hollarda oddiy telefon olib kelib ovoz siz rejimda sumkalarida olib yurishlari kerakligi haqida tushuncha berdi. O`quvchi yoshlarning ta’lim jarayoniga diniy liboslarda kelishlari, xijob o`rab yurishlari bilan bog`liq bo`lgan masalalarni batafsil tushuntirib berdi. U oz sozi yakunida yoshlarga tinimsiz izlanib o`z bilimlarini oshirib borsalar kelajakda bugungi o`rganganlari ularning hayotida albatta o`z samarasini berishi, oilalari, xalqimiz farovonligiga munosib hissalarini qo`shishlari mumkinligini ta’kidlab o`tdi.
Yig`ilish raisi navbatdagi so`zni tuman IIB xodimi S.Xoshimovaga berdi.
S.Xoshimova Xotin qizlarimizni ijtimoiy muhofaza qilishga davlatimiz rahbari tomonidan alohida etibor berilayotgani, shunga qaramay xotin-qizlar tomonidan jinoyatchilik hali xam sodir etilayotganligi haqida afsus bilan gapirdi.
Tumanimizda ayollar sodir etgan jinoyatga oid statistic ma’lumotlar S.Xoshimova tomonidan misol tariqasida keltirildi. O`quvchi qizlarimizga erta nikoh, erta tug`ruqning salomatlikka, va inson hayotiga havfi haqida tushuntirib o`tdi. Qizlarimizga hayotda o`z o`rinlarini topishlarida ilm va hunarning orni beqiyos ekanligini uqtirib, ularga yaxshi ta’lim olishlarida ustozlari bilan bamaslahat ish olib borishga chaqirdi
Yig`ilish so`ngida maktab director o`rinbosari so`z olib tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan aytilgan ma’lumotlar o`quvchilarimizning bundan buyon ham astoydil bilim o`rganib, kelajakda oily o`quv yurtlariga kirib o`qishlari, zamonaviy kasb-hunarlarning egalari bo`lib xalqimizga xizmat qiladigan munosib farzandlar bo`lishlari uchun oz samarasini berishiga umid bildirdi.
Ko`rilgan masalalar yuzasidan yig`ilish qaror qiladi:
1.Tashrif buyurganlar tomonidan aytilgan fikrlar ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2.Oquvchilarning maktabda odob-axloq qoidalariga amal qilishlarining nazorati yanada kuchaytirilsin, ushbuni nazorat qilish MMIBDO` D.Oxunova zimmasiga yuklatilsin.
3.Oquvchi qizlarga erta turmush va erta tug`ruqning zararli ta’sirlari haqida tushunchalarini rivojlantirib borilsin, buni nazorat qilish maktab xotin-qizlar komissiyasi raisi T.To`ychiyeva hamda maktab psixologi K.Usmonovaga yuklatilsin.
4.Yuqoridagilarning bajarilishini nazorat qilishni o`z zimmamda qoldiraman.
Yig`ilishraisi: M.Bo`ronboyeva
Kotib: D.Oxunova
Do'stlaringiz bilan baham: |