Mavzu: 2. Trening tarixi va guruhiy terapeyaning shakllanishi.
Reja:
Antik davr faylasuflarining trening xaqidagi ilk qarashlari
Rossiyada treningning vujudga kelishi va olimlarning olib borgan ishlari
Uzoq xorij olimlarning tpening yuzasidan olib borgan ishlari
Sharq uyg‘onish davri allomalarining trening xaqidagi fikrlari
Mavzu yuzasidan tayanch so‘zlar: trening,antik davr, sharq uyg‘onish davri, uzoq xorij,fazilatlarni shakllantirish, jismoniy sog‘lomlik,ruhiy kasallar, gumanistik psixologiya.
Bizga ma’lumki Antik davr faylasuflarining dastlabki qarashlari bir qator fanlarga asos solinishiga turtki bo‘lgan. Aynan antik davr faylasuflari deyarli barcha fanlarning uzoq o‘tmishini ochib bergan xolda, xozirgi kundagi qonuniyatlar o‘sha davrda xam mavjud bo‘lganligi va ularning boshlang‘ich nuqtasi antik davrga borib taqalishini taqozo qiladi. Faylasuflar tomonidan aynan “trening” termini ishlatilmagan bo‘lsa xam lekin jismoniy mashqlar natijasida insonlarda malaka va ko‘nikmalarni xosil qilish foydalanish inson uchun xayotda, chidamli, matonatli, o‘z kuchiga ishonchni yuzaga keltiradi deb ta’kidlaydi. Bu fikrlarning aynan bugungi kunga to‘g‘ri kelishi, treningda psixogimnastik mashqlar orqali inson o‘zida xayotda to‘g‘ri yo‘l topishga, qiyinchiliklarni o‘zi xal qilishi, to‘g‘ri fikr chiqara olish uchun malaka va ko‘nikmalar xosil qiladi.
Faylasuflarniing fikrlariga qaytadigan bo‘lsak, qadimgi yunonistonlik idealistk faylasuf va olim Arastu (384-322) o‘zining fikrlarini quyidagicha bayon etadi. Arstuning fikricha insonda fazilatlar xosil bo‘lishi uchun ezgu xulq odatlarini va ko‘nikmalarni tarkib toptiradigan va muntazam o‘tkaziladigan jismoniy mashqlar bo‘lishi zarurdir. Bunga odatlanish, buning uchun doimiy xarakat va istak bo‘lishi lozim. Buning natijada odatiy ko‘nikishdan axloqiy xatti-harakatlar xosil bo‘ladi deb ta’lim beradi
Qadimgi yunon materialistik faylasufi Demokrit (460-370)ning fikricha, axloqiy fazilatlar va ko‘nikmalar doimo mexnat qilish orqali xosil qilinadi. Mexnat qilish doimiy kuch va matonatni, jismoniy quvvatni talab eatadi. Zero, mexnat va jismoniy quvvat insonlarda bir qator yaxshi fazilatlarni ro‘yobga chiqaradi deb ta’kidlaydi.
Qadimiy Spartada xam ilk fikrlar mavjud bo‘lib, bu firklar aynan bolalarning baquvvat, jismoniy sog‘lom bo‘lishi uchun turli mashqlar va o‘yinlar bilan chiniqtirilar edi. Spartaliklar o‘z farzandlarini jismoniy mashqlar orqali sovuqqa, ochlikka, og‘riqqa bardosh berishga o‘rgatib borar edilar. Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida 6-7 boladan tashil topgan gurxlarga bo‘lib xar bir guruxlarga aloxida vazifalar berar edilar. Bundan maqsad guruxda bolalar o‘rtasida bir-biriga bo‘lgan ishonchni shakllantirish edi. Sababki ularda ta’limning asosiy qismini xarbiy gimnastika mashqlari egallar edi. Bu mashqlar o‘ta qiyinligi bilan ajralib turardi chunki qadimgi Spartaliklar o‘zlarga baquvvat va jismonan sog‘lom jangchilarni tayyorlashar edi.
Antik davri faylasuflarining ilk fikrlari mazmun va moxiyat jixatidan maqsad va vazifa jixatidan xozirgi zamon trening mashg‘ulotlari maqsadiga to‘g‘ri keladi. Bu bilan antik davrlarda trening mashg‘ulotlari o‘tkazilgan degan fikr noto‘g‘ri. Leking aynan antik davr faylasuflarinig ilk qarashlarida o‘yin va mashqlar inson xayotida va uning ruxiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlab o‘tilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |