II. O‘quv-uslubiy ishlar
1. Kafedrada 2021-2022 o‘quv yili uchun ta’lim yo‘nalishlari, Magistratura mutaxassisliklari bo’yicha DTS, malaka talablari, o‘quv va ishchi o’quv rejalar, fan dasturlari, ishchi o’quv dasturlarining mavjudligi.
Holat: Kafedrada 2021-2022 o‘quv yili uchun quyidagi ta’lim yo‘nalishlariga 5111400- Хorijiy til va adabiyoti (ingliz tili), 5112200 –Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili), 5120100 – Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, rus tillari), 120200 Tarjima nazariyasi va аmаliyoti (ingliz tili) 2-3-4-kurs bakalavr yo’nalishlariga, Umumiy psixologiya, Umumiy pedagogika, bolalar psixologiyasi, Bolalar pedagogikasi, Yosh fiziologiyasi va gigiyena va Obshaya pedagogika va psixologiya kabi fanlaridan mashg’ulotlar olib boriladi. Ushbu fanlardan mutaxassisliklar bo’yicha DTS, malaka talablari, o‘quv va ishchi o’quv rejalar, o’quv dasturlari mavjud va taqdim qilindi.
2. Kafedrada o‘qitilayotgan fanlar soni va fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari hamda ularga mos ishchi dasturlarning mavjudligi va ularning tasdiqlanganligi va ro‘yxatga olinganligi (bakalavriat va magistratura bo‘yicha).
Holat: Kafedrada 2021-2022 o‘quv yili uchun ta’lim yo‘nalishlari 5111400- Хorijiy til va adabiyoti (ingliz tili), 5112200 –Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili), 5120100 – Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, rus tillari), 120200 Tarjima nazariyasi va аmаliyoti (ingliz tili) 2-3-4-kurs bakalavr yo’nalishlariga, Umumiy psixologiya, Umumiy pedagogika, bolalar psixologiyasi, Bolalar pedagogikasi, Yosh fiziologiyasi va gigiyena va Obshaya pedagogika va psixologiya kabi fanlaridan o’quv dasturlari taqdim qilindi, 2021-yil 1-iyul sanasi bilan o’quv ishlari bo’yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan.
3. Kafedrada kurslar bo‘yicha o‘qitilayotgan barcha fanlardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil l-martdagi 107-sonli buyrug‘i bilan “Oliy ta’lim o‘quv rejalari fanlarining yangi o‘quv-uslubiy majmualarini tayyorlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma” asosida tayyorlanganligi va mavjudligi (bakalavriat va magistratura bo‘yicha).
Holat: Kafedrada 2-3-4-kurslar bo‘yicha o‘qitilayotgan barcha fanlardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017-yil l-martdagi 107-sonli buyrug‘i bilan “Oliy ta’lim o‘quv rejalari fanlarining yangi o‘quv-uslubiy majmualarini tayyorlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma” asosida quyidagi fanlar bo’yicha tayyorlangan: 5111400- Хorijiy til va adabiyoti (ingliz tili), 5112200 –Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili), 5120100 – Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, rus tillari), 120200 Tarjima nazariyasi va аmаliyoti (ingliz tili) 2-3-4-kurs bakalavr yo’nalishlariga: Umumiy psixologiya, Umumiy pedagogika, Bolalar psixologiyasi, Bolalar pedagogikasi, Yosh fiziologiyasi va gigiyena va Obshaya pedagogika va psixologiya kabi fanlardan ham o’quv-uslubiy majmualar mavjud. Majmualarning 107-sonli buyruq asosida tarkib va tuzilishi jihatidan o’rganildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |