Ўқув фанининг долзарблиги ва олий касбий таълимдаги ўрни



Download 6,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/254
Sana09.07.2022
Hajmi6,02 Mb.
#765905
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   254
Bog'liq
pul va banklar majmua Музаффарова

 
 
2-MAVZU. PULNING PAYDO BO‘LISHI, ZARURLIGI VA 
FUNKSIYALARI 
REJA: 


1
. Pul, uning kelib chiqishi va zarurligi. 
2.
Qiymat shakllarining evolyusiyasi. 
3
. Pulning mohiyati.Pulning funksiyalari. 
 
 
 
Pul, uning kelib chiqishi va zarurligi. 
Pulning vujudga kelishi kishilik jamiyati sivilizatsiyasining buyuk kashfiyotlaridan hisoblanadi. 
Pul deb nomlangan maxsus tovarning paydo bo‘lishi natijasida odamlar o‘rtasida ayirboshlash bilan 
bog‘liq ziddiyatlar va«ehtiyojlarning bir – biriga mos kelmasligi» kabi muammolar barham topdi. 
Pulning vujudga kelishi, uning evolyusion rivojlanishi, nazariyasi, mohiyati va funksiyalari haqida 
xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar, nazariyachilar, mutaxassislar juda ko‘p ilmiy asarlar, maqolalar 
va tadqiqot ishlari yaratgan. Hozirgi kunda ham ushbu jarayon davom etmoqda. Iqtisodiy adabiyotlarda 
pulning vujudga kelishi va uning hozirgi kundagi ko‘rinishi haqida yagona yondashuv mavjud 
emas.Pulning vujudga kelish sababini bilish uchun qadimda odamlar o‘rtasida ro‘y bergan ayirboshlash 
munosabatlarini amalga oshirish jarayoniga e‘tibor qaratish lozim. Chunki, aynan mana shu tabiiy 
ayirboshlash jarayoni hozirgi kunda siz bilan biz kundalik hayotda va hisob – kitoblarda foydalanib 
kelayotgan pulning vujudga kelishiga zamin yaratgan. Xususan, pulning vujudga kelishiga quyidagi
omillar asos bo‘lib xizmat qiladi: Keyinchalik odamlarning ongi, dunyoqarashi va hayot kechirish tarzi 
rivojlanganligi natijasida, ikki tomonloma ayirboshlash munosabatlari vujudga kela boshladi. Bu davrda, 
kishilarda o‘ziga zarur bo‘lmagan buyumning o‘rniga nimadir olish evaziga, ikkinchi kishiga berishi 
lozimligini anglay boshladilar. Bularning barchasi dastlab stixiyali ravishda sodir etilib, bu odamlarning 
kundalik uchun zarur bo‘lgan buyumlar, oziq – ovqatlar, kiyim – kechaklar va boshqa ehtiyojlarini 
qondirish natijasida ro‘y bergan. Bu davr ishlab chiqarish usulining natural xo‘jalik tuzumi davriga borib 
taqaladi. Ma‘lumki, natural xo‘jalik tuzumidan ilgarigi davrda har bir kishi kunlik ehtiyoj uchun zarur 
bo‘lgan mahsulotni mustaqil ravishda ishlab topgan (yaratgan)ligi bois, ular o‘rtasida ayirboshlash 
munosabatlariga ehtiyoj mavjud bo‘lmagan. Yuqorida qayd etilgan ikki omil, kishilar o‘rtasida 
ayirboshlash munosabatlarining shakllanishiga zamin yaratdi, natijada odamlar ixtiyoridagi ortiqcha 
mahsulotni o‘zi uchun zarur bo‘lgan boshqa mahsulotga ayirboshlashga ehtiyoj seza boshladi. 
Demak, ayirboshlash ―A va ―B tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv natijasida sodir bo‘ladigan 
jarayon bo‘lib, ―A o‘ziga tegishli tovar yoki xizmatini B tomonning tovar yoki xizmati uchun
berishdir. Madomiki, ushbu almashuv jarayoni ikki tomonga ham iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lib,
―A‖ tomon voz kechgan tovar yoki mahsulot o‘rniga o‘zi uchun zarur bo‘lgan, undan ham foydaliroq 
tovar yoki xizmatni oladi. 
PUL NIMA? 
Agar siz Amerikada mustakillik uchun kechgan urushdan ilgari yashaganingizda, sizning pullaringiz 
asosan ispan kumush tangalardan iborat bular edi. (kumush tangalar «pieces of eight» deb nomlanar edi). 
Fukarolik urushigacha bulgan davrda AQShda pulning asosiy shakllari sifatida oltin va kumush tangalar 

Download 6,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish