Mazkur ma’ruzalar matni to’plami 5230200 “Menejment”, 5230600-“Moliya”
ta’lim yo‘nalishlari 3-kurs talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, unda ushbu fanning
ishchi o’quv dasturi asosida barcha mavzularning asosiy mazmuni yoritilgan.
“Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi yig’ilishida ma’ruzalar matni to’plami
(bayon №__ “___” ________2021__ yil) “Iqtisodiyot” fakulteti Uslubiy komissiyasida
(bayon №__ “__” ________ 2021__ yil) va institut Uslubiy Kengashida ko’rib chiqilgan
va o’quv jarayonida foydalanishga tavsiya etilgan.
KIRISH
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitda tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash
munosabatlari pul va banklarning ishtirokisiz amalga oshmasligi barchamizga ma’lum.
Shuningdek, bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday faoliyatning asosiy maqsadi foyda
olishga qaratilgan bo‘lib, ushbu faoliyatning asosini ham pul tizimi va bank tizimi bilan
bog‘liq qator munosabatlar tashkil etadi. Bu o‘z-o‘zidan, keyingi yillarda, mamlakatimiz
oily o‘quv yurtlarida iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashda “Pul va banklar” faninig
ahamiyatini keskin oshirmoqda.
E’tirof etish joizki, mamlakatimizning iqtisodiyot va moliya yo‘nalishidagi oliy o‘quv
yurtlari professor-o‘qituvchilari tomonidan “Pul va banklar” fani bo‘yicha darslik va o‘quv
qo‘llanmalar nashr etilgan.
2020 yilda o‘zlashtirish mo‘ljallanayotgan investitsiyalar. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalarni jalb etish ko‘rsatkichlari. Bugungi kunda O‘zbekistonda amalga
oshirilayotgan islohotlar natijasining jahondagi etakchi xalqaro reyting agentliklari
tomonidan e’tirof etilayotgani.
“Fitch Ratings” va “Standart & Poo’rs”
reyting agentliklari tomonidan birinchi marta
mamlakatimiz xalqaro suveren kredit reytingini belgilangani. Reyting agentliklarining
O‘zbekistonda valyuta, savdo va narx siyosati erkinlashgani, davlat boshqaruvidagi
institutsional o‘zgarishlar, mamlakat oltin-valyuta va byudjet zaxirasi etarli ekani, davlat
qarzining kamligi singari omillarga alohida e’tibor qaratayotgani.
2019 yilda O‘zbekistonning suveren davlat obligatsiyalarini xalqaro moliya bozorlariga
chiqarilishi. Bu borada “J.P.Morgan”, “Citibank”, “Deutsche Bank” kabi etakchi xalqaro
investitsiya banklari bilan olib borilayotgan hamkorlik.
Xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish uchun mamlakat investitsiya salohiyatini to‘la
namoyon etish choralari. Xorijiy investorlar uchun hududlar va tarmoqlar bo‘yicha
investitsiya loyihalarini puxta shakllantirishning ahamiyati.
Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida biznes sub’ektlarini joylashtirish, ularga
imtiyoz va preferensiyalar berishni tashkiliy va huquqiy jihatdan tartibga solish lozimligi.
Eksportga mahsulot chiqarayotgan, innovatsion va yuqori texnologik ishlab chiqarishni
yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlarga va chet ellik investorlarga imkoniyat yaratish kerakligi.
O‘zbekistonni Global raqobatbardoshlik reytingiga kiritish bo‘yicha tegishli ishlarni amalga
oshirish.
Mamlakatimizda bank kapitalining asosiy qismi davlatga tegishli ekani-bank tizimidagi
asosiy muammo. Uning bank sektorida sog‘lom raqobatga, xizmat ko‘rsatish sifatiga salbiy
ta’sir qilayotgani. Xalqaro moliya institutlari ko‘magida bank-moliya tizimini rivojlantirish
bo‘yicha uzoq muddatli strategiya ishlab chiqish lozimligi. Bank tizimiga xususiy va xorijiy
kapital kirib kelishi hisobidan davlat banklari ulushini bosqichma-bosqich kamaytirib
borishning sohada raqobat muhitini yaxshilashga, tijorat banklari faoliyatini, kreditlash
sifati va madaniyatini har tomonlama oshirishga xizmat qilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |