moliyaviy bosim oqibatida banklar aktivlarni sotishga majbur bo'ladi. Agarda mavjud siyosatni o'zgartirish orqali
bank inqirozlarining oldi olinmasa, ular tizimli hamda tashqi omillar ta'siri ostiga ham tushib qolishi ehtimoldan
holi emas.
Bank inqirozlari xususidagi keyingi qarashlar banklarning to'lov qobiliyatiga ega bo'lmaslik holatini keltirib
chiqaruvchi balans aktiv qismidagi yo'qotishlarga asoslanadi. Banklar aktivlari sifatida uzoq muddat davomida
yo'qotishlarning mavjud bo'lishi, odatda noho'sh makroiqtisodiy jarayonlar, bozor tangligi, hukumat siyosati (yoki
aralashuvi) va firibgarliklar bilan bog'liqdir. Shuningdek, mazkur qarashlaming aksariyati iqtisodiyot
tamoyillaridagi o'zgarishlar hamda biznes sikllarining tabiiy mahsuli ekanligiga asoslanadi. Bank inqirozlarining
makroiqtisodiy nuqtai-nazardan kelib chiqishi nobarqaror makroiqtisodiy siyosat, global moliyaviy shart-
sharoitlar va valyuta kurslari ayriboshlash mexanizmiga oid muam-molarga bogiiq. Haddan ortiq pul-kredit
ekspansionistik siyosati va fiksal siyosat kredit inqirozini, qarzlarni haddan ortiq ko'p jalb qihsh va real aktivlarga
investitsiyalarni safarbar qilish bank aktivlari sifatining pasayishiga olib keladi.
Amerikalik iqtisodchi olimlar Karmen M. Reynxart va Kennet S. Rogoff bank inqirozlari kelib chiqishining
ilk sabablari sifatida kredit inqirozlari va aktivlar narxi bilan bog'liq pufak (ko'pik) larning vujudga kelishini
ko'rsatib o'tadilar. Bu kabi makroiqtisodiy tanglikni iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlarda kuzatish mumkin.
Iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlar boshqa mamlakatlardan qisqa muddatli xorijiy valyutadagi qarzlarni jalb
qilish orqali valyuta kursining qadrsizlanishi, xalqaro bozorda foiz stavkalarining oshishi va xalqaro savdo
shartlarining o'zgarishi natijasida yuqori kredit riskini vujudga keltiradi.Misol uchun, 1980 yillarda G'arb
mamlakatlari banklari Lotin Amerikasi mamlakatlariga iqtisodiy o'sishni ta'minlash va joriy operatsiyalar
bo'yicha defitsitni qoplash maqsadida katta miqdorda qarzlar (AQSh dollarida) ni ajratadi. Katta miqdordagi
xorijiy mablag'larning oqib kelishi qarzdor mamlakatlarda real amalmashuv kursining keskin oshishiga olib kelib,
bir qancha qarzdorlarning defolt holatiga kelishiga sabab bo‘ldi. Natijada mazkur inqiroz 800 mlrd. AQSh
dollaridagi umumiy qarz mablagiarining 250 mlrd. AQSh dollaridan voz kechish orqali yakun topdi. Bank
inqirozlari kelib chiqish sabablarini bir qancha omillar orqali yaqqolroq yoritib o'tishga harakat qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: