Nobank kredit tashkilotlari deganda tor doirada ixtisoslashgan va alohida bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqi
bo’lgan kredit tashkiloti tushuniladi. Nobank kredit tashkilotlari har qanday bank operatsiyasini amalga oshira olmaydi.
Xususan:
yuridik
va
jismoniy
shaxslariga
hisob-kitob
xizmatlarini
ko 'rsatish va pul o 'tkazmalarini amalga oshirish;
hisob —raqam ochish va yuritish
vakillik hisob varaqlarini ochish va pul mablag'larini o'z nomiga joylashtirish va boshqa shu kabi operatsiyalar shular
jumlasidandir.
Nobank kredit tashkilotlarining vujudga kelishining asosiy sabab-laridan biri tez va kichik miqdordagi kreditlarni berish,
nisbatan yuqori foiz toiovlarni to'lash hisoblanadi. Chunki, tijorat banklari kredit summasi qancha bo'lishidan qat'iy
nazar
barchasiga bir xil talabni qo'yadi va biunga ko'pchilik hollarda ma'lum kun talab etiladi.
Xalqaro amalyotda nobank kredit tashkilotlariga:
>
kredit uyushmalari;
>
mikrokredit tashkilotlari;
>
lombardlar;
>
lizing kompaniyalari;
>
faktoring kompaniyalari kiradi.
Lizing kompaniyalari bahosi yuqori va muddatli foydalaniladigan tovarlarni to'la qiymatda sotib olib ularni lizingga
beradi:
a)
moliyaviy lizing;
b)
operativ lizing.
Nobank kredit tashkilotlari faoliyatidagi quyidagi xos xususiyatlariga ega. Nobank kredit
tashkilotlari faqat alohida
olingan bank operatsiyalarini amalga oshiradi.
Nobank kredit tashkilotlari faoliyati tor doirada ixtisoslashgan bo'ladi. Bu ularni raqobatbardoshligini ta'minlash
imkoniyatini beradi.
Nobank kredit tashkilotlari faoliyati Markaziy bank tomonidan Tijorat banklari faoliyati kabi qattiq nazorat qilinmaydi.
Nobank kredit tashkilotlarining resurs bazasi quyidagi manbalardan tashkil topadi:-
ustav kapitali;
-
boshqa tashkilotlarga berilgan moliyaviy yordam;
-
o'z a 'zolaridanjalb qilingan pul mablag'lari;
-
tijorat banklarining kreditlari;
-
sof foyda;
-
foyda hisobidan shakllantirilgan zaxiralar;
-
o 'tgan uillaming taqsimlanmagan foydasi.
O'zbekiston Respublikasida faktoring kompaniyalari mavjud emas. Faktoring operatsiyalarini tijorat banklari bajaradi.
Ammo ular tovar hujjjatlarini regress huquqi bilan sotib olishi mumkin emas.
Lizing kompaniyalari uzoq muddatli kreditlar bozorida tijorat banklari bilan raqobat qila oladilar. Ular bahosi yuqori va
uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni uzoq muddatli ijaraga beradilar. Lizing shartnomalarining' o'rtacha muddati 3-5 yilni
tashkil qiladi. Ammo lizing kompaniyalarining zaif jihati bo'lib ularda resurslar yetishmaydi. Ular faoliyatini asosan o'z
mablag'lari hisobidan moliyalashtirishga majburdirlar. Shu sababli ular tijorat banklarining uzoq muddatli kreditlarini keng
ko'lamda jalb qiladilar.
O'zbekiston Respupblikasida lizing operatsiyasi bilan tijorat banklari va lizing kompaniyalari shug'illanadi.
Asosiy
muammo shun-daki, to lizing obyekti lizing-oluvchi tomonidan qabul qilib olinma-gunga qadar tijorat banklari lizing kreditiga
foiz hisoblay olmaydi.
Kliring uylari (palatalari) nobank kredit tashkiloti hisoblanadi va ular chek va hosilaviy qimmatli qog'ozlar bo'yicha
o'zaro hisob-kitob-larni amalga oshiradi. Kliring palatasi har bir ishtirokchiga bankda hisob ochadi. Bu hisoblar mazmuniga ko'ra
aktiv-passiv hisoblar hisoblanadi, ya'ni bu schyotlar debit yoki kredit qoldiqqa ega boiishi mumkin.
Ko'pchilik mamlakatlarda nobank kredit tashkilotlari faoliyati Markaziy bank tomonidan tartibga solinadi va nazorat
qilinadi. Ammo Angliya, German iya, Lyuksenburg kabi mamlakarlarda ular nazorat funksiyasiga ega emas. Shu sababli ushbu
mamlakatlarda nobank kredit tashkilotlarining faoliyati moliya bozorining regulyatori tomonidan nazorat qilinadi.
Nazorat
jarayonida nobank kredit tashkilotlarining ustav kapitalining minimal miqdoriga nisbatan talablar qo'yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: