Ўқув фанининг долзарблиги ва олий касбий таълимдаги ўрни


O’zbekiston Respublikasi pul tizimining rivojlanishi



Download 6,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/254
Sana09.07.2022
Hajmi6,02 Mb.
#765905
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   254
Bog'liq
pul va banklar majmua Музаффарова

 
O’zbekiston Respublikasi pul tizimining rivojlanishi. 
O’zbekiston Respublikasining zamonaviy pul tizimi 1994-yil 1-iyulda milliy valyuta muomalaga kiritilgandan so’ng 
shakllandi. Chunki milliy valyuta har qanday mamlakat pul tizimining asosiy elementi hisoblanadi. Kurs Respublika 
valyuta birjasida aniqlanadi. O’zbekiston Respublikasining valyutani tartibga solish to’g’risida qonuniga ko’ra so’mning 
kurs rejimi erkin suzish rejimidir, ya’ni so’mning nominal almashuv kursini AQSh dollariga bo’lgan talab va taklifga 
qarab aniqlanishini bildiradi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risidagi qonunning 23-moddasiga muvofiq 
hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-fevralidagi 63-sonli qaroriga muvofiq O’zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki pul massasining o’sishini nazorat qiladi. Bunda M2 pul agregati nazorat obekti sifatida 
olingan. O’zbekistonda Markaziy bank pul tizimini tartibga soluvchi rasmiy organ hisoblanadi. O’zbekistonda pul tizimi 
to’g’risidagi maxsus qonun 1993-yilda bekor qilingan, shu sababli hozirgi kunda pul tizimining me’yoriy huquqiy asoslari 
bo’lib, quyidagi qonunchilik hujjatlari hisoblanadi.
1.
O’zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksi 
2.
O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risidagi qonun
3.
O’zbekiston Respublikasining banklar va bank faoliyati to’g’risidagi qonun 
4.
O’zbekiston Respublikasining valyutani tartibga solish to’g’risidagi qonuni(1-marta bu qonun 1993-yil 7-mayda 
qabul qilingan, 2003-yil 11-dekabrda esa Valyutani tartibga solish to’g’risidagi qonun yangi tahrirda qabul qilindi) 
O’zbekiston respublikasi pul tizimida naqd pul aylanmasini tartibga solish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodchi 
olimlarning naqd pul aylanmasiga bag’ishlangan tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki respublika naqd pul aylanmasi bilan 
iqtisodiy faollik o’rtasida uzviy aloqadorlik mavjud. 
Naqd pullarga bo’lgan talabni qisqartirish maqsadida respublikada plastic kartochkalar muomalasini rivojlantirishga 
ustuvor yo’nalish deb qaralmoqda. Muomaladagi milliy pul birliklarining barchasi banknotalar hisoblanadi. O’zbekiston
Respublikasi moliya vazirligi pul emissiyasi sohasida hech qanday vakolatga ega emas. 


Har bir jamiyatda pulga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi iqtisodiy va ijtimoiy o’sishni rag’batlantiradi, pul 
qadrining tushishi esa tartibsizlikka, jamiyat rivojlanishida bosh-qa to’qinliklar bo’lishiga olib kelishi mumkin. 
Pulning barqarorligi deganda, pulning sotib olish qiymati-ning o’zgarmasligi va valyuta doimiyligi tushuniladi. Pulning 
sotib olish qobiliyati shu pul birligiga to’g’ri keluv-chi tovar va xizmatlar miqdori bilan ifodalanadi. Binobarin, pul-ning 
sotib olish qobiliyatini ifodalovchi «ko’rsatkich» tovarlar va xizmatlar bahosi hisoblanadi. Agar tovar va xizmatlar bahosi 
bar-qaror bo’lsa, pulning sotib olish qobiliyati ham barqaror bo’ladi. Agar pul o’zgarmagan sharoitda tovarlar bahosi 
oshadigan bo’lsa, bu hol pulning sotib olish qobiliyati tushganini ko’rsatadi va aksincha, tovar va xizmatlar bahosining 
tushishi pulning sotib olish qobiliyatini oshganligidan dalolat beradi.
Demak, pulning qadri tovarlar va xizmatlar bahosiga teskari proportsional – narx pasaysa, pul qadri oshadi yoki narx 
oshsa pulning qadri tushadi.
Pul tovar bo’lganligi uchun ham unga talab va taklif ta’sir qiladi. Pul taklifi muomalaga chiqarilgan turli shakldagi 
pullarning yig’indisi bo’lib, u talabdan ortiq yoki kam bo’lishi mumkin. Muomalaga chiqarilgan pul miqdori pulning 
aylanish tezligiga qarab ham o’zgarib turishi mumkin.Pulga bo’lgan talab mamlakat pul aylanmasi asosida aniqlanadi. 
Pul talabi korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, aholi, davlat tashkilotlari olib boradigan naqd pullik va naqd pulsiz 
aylanma uchun zarur pul miqdori asosida aniqlanadi. Pulga bo’lgan ehtiyoj xo’jalik sub’ektlari - ishlab chiqaruvchilar va 
iste’molchilar o’rtasida bo’ladigan pullik jarayonlarning ko’lamiga va tezligiga bog’liq. Pulni qo’llash yo’li bilan 
bajariladigan jarayonlarning ko’lami qancha keng bo’lsa, pulga bo’ladigan talab shuncha ko’p bo’ladi. Agar pul bilan 
bog’liq operatsiyalar tez bajarilsa, pulga bo’lgan talab shuncha kam bo’ladi demak, muomalaga kam pul chiqarish kerak 
bo’ladi. Pulga bo’lgan taklif va talabning tengligi pul muvozanatini bildiradi. Pulga bo’lgan taklif, unga bo’lgan talabdan 
oshmasa pul barqaror deb xulosa qilish mumkin, aksincha bo’lsa, pulning qadri tushib ketadi va puldan qochish jarayoni 
boshlanadi. Amaliyotda pulni jamg’argandan ko’ra uni tovarlarga aylantirib qo’yish yoki boshqa bir qadrliroq valyutani 
jamg’arish qulay bo’lib qoladi.
Pulning barqarorligini ta’minlashning asosiy yo’nalishlaridan yana biri byudjet taqchilligining bo’lmasligidir. Davlat 
byudjeti xarajatlarining daromadlaridan oshib ketishi natijasida yuzaga keladigan byudjet taqchilligi muomalaga tovarlar 
bilan ta’minlangan pullar chiqarish hisobidan qoplanadi. Bu tadbir muomalada ta’minlangan pulning ko’payishiga, 
oqibatda pul qadrining tushib ketishiga olib keladi. Shuning uchun har bir mamlakat pul taqchilligi bo’lmasligiga yoki 
uning salmog’i sezilarsiz bo’lishiga erishishi kerak. Pulning barqarorligini ta’minlashning yana bir yo’nalishi bu oltin va 
valyuta zaxiralarining mavjudligi va ularning ko’payishidir. Oltin valyuta zaxiralarining salmog’i qancha ko’p bo’lsa, pul 
shuncha barqaror bo’lishi mumkin.


Milliy valyutani mustahkamlashning yana bir sharti – inflyattsiyaga qarshi puxta o’ylangan siyosat yuritishdir. 
Muomalaga chiqarilgan har bir so’m muayyan miqdordagi tovar va xizmatlar bilan ta’minlangan bo’lishi zarur. Ichki 
bozorimizni tovarlar bilan to’ldirish, aholiga xizmat ko’rsatishning sifati va turlarini oshirish ham milliy valyutaning 
barqarorligini ta’minlashning asosi hisoblanadi. 
Ma’lumki, har bir davlat o’zining pul tizimiga ega bo’ladi. O’zbekistonning mustaqil davlat sifatida ajralib chiqishi uning mustaqil 
pul tizimiga ega bo’lishini taqozo qildi. Mustaqil pul tizimi joriy qilinishining I bosqichi 1993 yildan boshlab «so’m-kupon»larning 
muomalaga chiqarilishi hisoblanadi. O’zbekiston pul tizimini qurishning ikkinchi bosqichi – 1994 yil iyuldan boshlab milliy 
valyuta–«so’m»ning muomalaga chiqarilishi bo’lib, u O’zbekiston tarixida juda katta ahamiyatga ega. 
Har bir davlatning pul tizimi ma’lum elementlardan tashkil topadi va qonun asosida yuqori davlat organlari orqali 
boshqarib boriladi.

Download 6,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish