1.4. Bul algebrasi va ventillar.
Bul funksiyalarini amalga oshirish.
Kompyuterning elementi hisoblangan – raqamli sxema yordamida o‘zgaruvchilari va qiymati ikkita mantiqiy qiymatdan birini qabul qilishi mumkin bo‘lgan funksiyalar amalga oshiriladi. Bunday funksiyalar Bul funksiyalari deb ataladi. Ushbu funksiyalar va ularni qo‘llash qoidalari in- gliz matematiki Djordj Bul (1815-1864) nomi bilan yuritiladigan Bul al- gebrasida ishlab chiqilgan. Kompyuter arxitektursasining raqamli mantiqiy sathi elementlarini loyihalashda, Bul algebrasi koidalaridan foydalaniladi. 1.18-rasmda hozirgi kompyuter sxemalarini tashkil qiluvchi va Bul alge- brasining oddiy funksiyalari hisoblangan, mantiqiy ko‘paytirish – И (AND), mantiqiy qo‘shish – ИЛИ (OR) va inkorlash – НЕ (NOT) funksiyalarini bajaruvchi elementlar va ularning haqiqat jadvallari keltiril- gan.
29
1.18-rasm. Bul algebrasining oddiy funksiyalarini bajaruvchi ele-
mentlar.
Bu elementlarni, o‘zbek tilida mos holda VA, HAM va EMAS deb atash mumkin. Biz ularni va boshqa shu kabi elementlarni rus va ingliz til- laridagi nomlaridan foydalanamiz. 1.18-rasmning yuqori qismida element- larning Amerika standartidagi, pastki qismida esa Rossiya standartidagi ko‘rinishlari keltirilgan [2].
Ushbu sxemalarning kirishiga 0 yoki 1 ga teng bo‘lgan mantiqiy o‘zgaruvchilar beriladi, ularning chiqishida esa, yana o‘sha mantiqiy qiymatlarni qabul qila olishi mumkin bo‘lgan funksiyalarning, ya’ni Bul funksiyalarining qiymatlari olinadi. Sxemalarda mantiqiy qiymatlar ma’lum bir kattalikdagi kuchlanishlar bilan ifodalanadi. Odatda mantiqiy 0-ga 0 dan 1V-gacha bo‘lgan kuchlanish, mantiqiy 1-ga esa 2 dan 5V- gacha bo‘lgan kuchlanishlar mos keladi. TTL va ESL texnologiyalarida mantiqiy 1-ga to‘g‘ri keladigan kuchlanishning maksimal qiymati 5V, MOP texnologiyasida esa +3,3V bo‘lishi mumkin.
Yuqoridagi va keyingi rasmlarda keltirilgan oddiy mantiqiy funksiyalarni amalga oshiruvchi juda kichik elektron qurilmalar – ventillar deb ataladi. Ventillar – tranzistorlar asosida quriladi (1.19-rasm). Barcha zamonaviy mantiq, ya’ni mantiqiy sxemalarni qurish binar uzgich-ulagich
30
sifatida ishlay oladigan tranzistorlarga asoslanadi. Tranzistor yordamida, ikkita qiymatga ega signallardan turli xil Bul funksiyalarini amalga oshir- uvchi raqamli sxemalarni hosil qilish mumkin. Kompyuterlarni qurishda ishlatilgan kichik mikrosxemalardan tortib, to katta va o‘ta katta inte- gratsiyadagi mikrosxemalar hisoblangan turli xildagi protsessorlar ham – raqamli sxemalardan tashkil topgandir. Shuning uchun kompyuterlar protsessorlarining ko‘rsatgichlaridan biri sifatida, ularning tarkibida ish- latilgan tranzistorlar sonidan ham foydalaniladi. Masalan: biz ushbu qo‘llanmada ko‘rib chiqadigan 8-razryadli protsessor Intel 8080 protsesso- ri tarkibida 6 mingta, 16-razryadli protsessor Intel 8088 tarkibida 29 ming- ta va 32-razryadli protsessor Pentium 4 protsessori tarkibida esa 42 mil- lionta tranzistor ishlatilgan.
1.19-rasmda keltirilgan НЕ (NOT) – inkorlash amalini bajaruvchi ele- mentning sxemasi tarkibida, bipolyar tranzistor qo‘llanilgan. Tranzistor tashqi muhit bilan bog‘lana oldigan uchta ulanish nuqtalariga ega, ular – kollektor, baza va emitter deb nomlanadi.
Agar Vin kirish kuchlanishi, ya’ni tranzistorning bazasidagi kuchlanish ma’lum bir kritik qiymatdan kichik bo‘lsa, tranzistorda uzilish sodir bo‘ladi va u juda katta qiymatga ega qarshilik sifatida ishlaydi. Kritik qiymat deganda – mantiqiy 1-ga to‘g‘ri keladigan kuchlanishdan kichikroq bo‘lgan kuchlanishning qiymati tushuniladi. Bunda tranzistorning kollektoriga berilayotgan +Vcc kuchlanishi natijasida hosil bo‘lgan tok, tranzistor orqali uning emitteriga o‘ta olmaydi. Natijada sxema uchun chi- qish signali hisoblangan Vout kuchlanishining qiymati, +Vcc kuchlanishin- ing qiymatiga yaqin qiymatga teng bo‘ladi. Ushbu xildagi tranzistorlar uchun odatda +Vcc = 5V.
1.19-rasm. НЕ (NOT) – inkorlash amalini bajaruvchi element.
31
Agar Vin kuchlanishining qiymati kritik qiymatdan katta bo‘lsa,
tranzistor ulanadi, ya’ni u orqali tok oqa boshlaydi va tranzistor
o‘tkazgich sifatida ishlaydi. Bu esa Vout signalini erga ulanganligini
anglatadi, ya’ni bunda Vout ≈ 0 bo‘ladi. Demak agar sxemadagi Vin
kuchlanishining qiymati [0, 5V] chegaraning pastki qiymatiga yaqin
bulsa, Vout kuchlanishining qiymati chegaraning yuqori qiymatiga ega
bo‘ladi. Bu esa ushbu sxemani, inkorlash sxemasi – invertor ekan-
ligini anglatadi. Unda mantiqiy 0, mantiqiy 1 ga, mantiqiy 1 esa man-
tiqiy 0 ga aylantiriladi. Sxemada siniq chiziqlar shaklida ifodalangan
qarshilik (rezistor) esa tranzistor kuyib qolmasligi uchun, undan
o‘tayotgan tok kuchini cheklash maqsadida qo‘yilgan. Tranzistorni
bir holatdan boshqa holatga o‘tishi uchun, bir necha nanosekund
kerak bo‘ladi. 1.19.-rasmning o‘ng tomonida inkorlash amalini ba-
jaruvchi element – invertorning chizmalardagi ifodalanishi va uning
haqiqat jadvali keltirilgan.
1.20-rasmda keltirilgan НЕ-И (NOT-AND) – mantiqiy
ko‘paytirish va inkorlash amallarini bajaruvchi elementining sxemasi
tarkibidagi ikkita tranzistor ketma-ket ulangan. Agar V1 va V2
kuchlanishlarning qiymatlari [0, 5V] chegaraning yuqori qiymatlariga
yaqin bo‘lsa, ya’ni mantiqiy 1-ga teng bo‘lsa, unda ikkala tranzistor
ham o‘tkazgichlarga aylanadi va sxemaning chiqishidagi kuchlanish
o‘zining past qiymatiga teng bo‘lib qoladi. Bunda chiqishda mantiqiy
0 hosil bo‘ladi. Agar tranzistorlardan birining kirishidagi, ya’ni ba-
zasidagi kuchlanish past qiymatga – mantiqiy 0-ga teng bo‘lsa, chi-
qish kuchlanishi Vout mantiqiy 1-ga mos bo‘lgan kuchlanishga teng
bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, Vout kuchlanishi, mantiqiy 0-ga
mos kuchlanishga teng bo‘ladi, qachonki V1 va V2 kuchlanishlarning
qiymatlari mantiqiy 1-ga mos keladigan kuchlanishga teng
bo‘lsagina. 1.20-rasmning o‘ng tomonida esa, ushbu elementning
chizmalardagi ifodalanishi va uning haqiqat jadvali keltirilgan.
32
1.20-rasm. НЕ-И (NOT-AND) – mantiqiy ko‘paytirish va inkorlash amal-
larini bajaruvchi element.
1.21-rasmda keltirilgan НЕ-ИЛИ (NOT-OR) – mantiqiy qo‘shish va inkorlash elementining sxemasi tarkibidagi ikkita tranzistor parallel tarzda ulangan. Agar kirishdagi bitta signal yuqori qiymatga (mantiqiy 1-ga) teng bo‘lsa, unga tegishli tranzistor ulanadi va kirishdagi signal Vout o‘zining pastki qiymatiga, ya’ni mantiqiy 0-ga teng bo‘ladi. Agar ikkala kirishdagi signal ham o‘zining pastki qiymatiga (mantiqiy 0-ga) teng bo‘lsagina, chiqishdagi kuchlanish yuqori qiymatga, ya’ni mantiqiy 1-ga teng bo‘ladi. 1.21-rasmning o‘ng tomonida, ushbu elementning chizmalardagi ifodalani- shi va uning haqiqat jadvali keltirilgan.
1.21-rasm. НЕ-ИЛИ (NOT-OR) – mantiqiy qo‘shish va inkorlash amal-
larini bajaruvchi element.
33
Yuqoridagi rasmlarda keltirilgan sxemalar – uchta oddiy ventillarni tashkil etadi. Ular mos ravishda НЕ, НЕ-И va НЕ-ИЛИ ventillari deb at-
aladilar. Ushbu ventillarning chiqishidagi kichik aylanacha esa, inkor- lovchi chiqish deb ataladi. Chizmalardagi A va B-lar kirish signallari, X esa chiqish signalidir. Haqiqat jadvallarining qatorlarida kirish signallarin-
ing kombinatsiyalari va ularga to‘g‘ri keladigan chiqish signallarining qiymatlari keltirilgan.
1.18-rasmda keltirilgan И (AND) – mantiqiy ko‘paytirish elementini, НЕ-И elementining chiqishini, НЕ elementining kirishiga ulash bilan hosil qilish mumkin. ИЛИ (OR) – mantiqiy qo‘shish elementini esa, НЕ-
Do'stlaringiz bilan baham: |