Usullarini o’rganish. Mavjud xar xil turdagi biosignallarni qayta ishlashda Bitalino qurilmasidan foydalanish



Download 245,12 Kb.
bet1/2
Sana18.04.2022
Hajmi245,12 Kb.
#559374
  1   2
Bog'liq
Abduraximov Azizjon BIO 1-lab


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


Bioinformatika va Biomexanika-Fan nomi


Laboratoriya ishi-1
Guruh:210-18
Bajardi:Abduraximov Azizjon
Tekshirdi: Azimov Bunyod


TOSHKENT-2022

  1. Labaratoriya ishi

Mavzu: Elektromiografiya (EMG) signalini vaqt va chastota soxasida ishlov berish
usullari.
Ishdan maqsad. Elektromiografiya (EMG) signalini vaqt va chastota soxasida ishlov berish
usullarini o’rganish. Mavjud xar xil turdagi biosignallarni qayta ishlashda Bitalino
qurilmasidan foydalanish.

Biosignallarni tibbiyot sohasida keng foydalaniladigan turlariga


elektrokardiografiya (ECG) va elektroensefalografiya (EEG) misol bo„la oladi.
So„ngi bir necha o„n yillar mobaynida muhandislik tamoyillari va asbobuskunalarini ushbu mavzuga tadbiq etish zamonaviy dunyoning zamonaviy texnika va ilmiy yutuqlariga olib boradigan muhim ahamiyatga ega yo„l ekanligini isbotladi. Bugungi kunda ushbu mavzu global mavzuga aylanib bormoqda. Biosignallarni zamonaviy usullarni qo„llagan xolda insonning ish faoliyatini monitoring qilish va xulosa qiluvchi mexanik muhandislik qurilmalarini tadqiq qilish orqali bu mavzuni rivojlantirishimiz mumkin bo„ladi. Ammo shunga qaramay, biosignallarni qayta ishlash, eksperimental faoliyat o„tkazish apparat va dasturiy muhit tomonidan bir qancha qiyinchiliklarga olib kelmoqda.
Biosignal - tirik mavjudotlarda uzluksiz ravishda o'lchanadigan va kuzatiladigan har qanday signal. Biosignal atamasi ko'pincha bioelektrik signallarga murojaat qilish uchun ishlatiladi, lekin u elektr va elektr bo'lmagan signallarni nazarda tutishi mumkin. Odatdagi tushuncha faqat vaqt bo'yicha farq qiladigan signallarga murojaat qilishdir, garchi parametrlarning fazoviy o'zgarishlari (masalan, genetik kodni belgilaydigan nukleotidlar ketma-ketligi).
Elektr biosignallari yoki bioelektrik vaqt signallari, odatda, asab tizimi kabi ixtisoslashgan to'qima, organ yoki uyali tizim bo'ylab elektr potentsiali farqi miqdorida hosil bo'lgan elektr tokining o'zgarishini anglatadi.
Shunday qilib, eng taniqli bioelektrik signallar orasida:

  • Elektroensefalogramma (EEG)

  • Elektrokardiyogramma (EKG)

  • Elektromiyogramma (EKG)

  • Mexanomiyogramma (MMG)

  • Elektrookulografiya (EOG)

  • Galvanik teri reaktsiyasi (GSR)

  • Magnetoensefalogramma (MEG)

EEG, EKG, EOG va EKG teriga yopishtirilgan ikkita elektrod o'rtasidagi farqni qayd etadigan differentsial kuchaytirgich bilan o'lchanadi. Shu bilan birga, terining galvanik reaktsiyasi elektr qarshiligini va MEG miyadagi elektr toklari (elektroensefalogramma) tomonidan hosil bo'lgan magnit maydonni o'lchaydi. Elektr biosignallari yoki bioelektrik vaqt signallari, odatda, asab tizimi kabi ixtisoslashgan to'qima, organ yoki uyali tizim bo'ylab elektr potentsiali farqi miqdorida hosil bo'lgan elektr tokining o'zgarishini anglatadi.

Elektrokardiogramma — bu yurak muskuli ishlayotganida hosil bo‘lgan elektr impulslarini aks ettiruvchi egri chiziq. Elektrokardio­gramma elektrokardiograf yordamida qog‘ozga yoki fotoplyonkaga tushiriladi. Butun gavdaga tarqaluvchi yurak toklari (harakat toklari) EKGsi gavdaning turli qismlari (ko‘krak qafasi, qo‘l va oyoqlar)ga o‘rnatilgan va elektrokardiografga ulangan elektrodlar bilan yozib olinadi.


Hozirgi zamon texnikasi yutuqlari tekshirilayotgan odam ancha uzoq masofada bo‘lsa ham tele- yoki radiouzatkichlar yordamida EKGni yozib oladigan apparatlarni yaratish imkoniyatiga ega. Bunday usullar og‘ir jismoniy sinovlarda, sportchilar, kosmo- navtlar va boshqalarning yurak faoliyatini kuzatish imkonini beradi.
Sog‘lom odamlar EKGsi gavda tuzilishi, yosh va boshqalarga bog‘liq. Ammo normal EKGda har doim yurak muskulining ketma- ket qo‘zg‘alishini aks ettiruvchi tishchalar va intervallar (oraliq- lar)ni farq qilish mumkin. Turli kasalliklarda EKG tishchalarining o‘lchami, ularning davom etishi va yo‘nalishi, intervallar (segment- lar)ning davom etishi hamda joylashishi anchagina o‘zgaradi.
EKG yordamida yurak ritmining turli o‘zgarishlari, yurakning ishemik kasalligi, miokard infarktining xarakteri va bosqichlari aniqlanadi. Yurak kasalliklarini EKG yordamida diagnostika qilish boshqa tekshirish usullari ichida yetakchi o‘rinni egallaydi.
Elektrokardiogrammani yozishda uch standart va oltita ko‘krak ulanishlaridan foydalaniladi. I standart ulanishda elektrokardio- gramma elektr toklari ulanish holatida o‘ng va chap qo‘ldan yozib olinadi. IIsida elektr toki, o‘ng qo‘l va chap oyoqdan, III sida chap qo‘l va chap oyoqdan yozib olinadi.
Elektrokardiogrammani ko‘krak ulanishida yozib olishda harakat toki bevosita yurak sohasida olinadi. Elektrodlarning biri o‘ng qo‘lga bog‘lanib, hamma ko‘krak ulanishlari yozib olinmaguncha yechilmaydi. Ikkinchi ko‘krak elektrodi ko‘krak qafasining quyidagi nuqtalariga o‘rnatiladi. To‘shning o‘ng qirrasida to‘rtinchi qovurg‘a oralig‘iga—birinchi ko‘krak ulanishi (CR1 yoki V1), beshinchi qovurg‘a oralig‘ida to‘shning chap qirrasida — ikkinchi ko‘krak ulanishi (CR2 yoki V2); keyinchalik ko‘krak elektrodi beshinchi qovurg‘a oralig‘idagi ma’lum tanish chiziqlar bo‘ylab har doim olib qo‘yib turiladi, shunday qilib, elektrodning chap to‘sholdi chizig‘ida joylashgani uchinchi ulanish (CR3 yoki V3), chap o‘rta o‘mrov chizig‘i bo‘ylab joylashgani to‘rtinchi ulanish (CR4 yoki V4), old qo‘ltiq chizig‘i bo‘ylab joylashgani beshinchi ulanish (CR5 yoki V5) va o‘rta qo‘ltiq chizig‘i bo‘ylab joylashgani oltinchi ulanish (CR6 yoki V6) bo‘ladi.
Yurak faoliyati toklarining elektrokardiograf yordamida yozib olingan egri chizig‘i elektrokardiogramma deb ataladi. Normal elektrokardiogramma yuqoriga yo‘nalgan uch (B1R va T) va pastga yo‘nalgan ikki (Q va S) tishchaga ega bo‘ladi. P tishi yurak bo‘l- malarida sodir bo‘ladigan elektr hodisalarni aks ettiradi. QRS va T tishchalari qorincha kompleksini tashkil etadi.
Bunda QRS tishchalari elektrokardiogrammada qo‘zg‘alish to‘lqini qorinchalar bo‘ylab tarqalgan vaqtida yozilsa, T tishcha to‘lqinning tamom bo‘lgan vaqtini ko‘rsatadi. P tishchasi bilan Q tishi orasida masofa bor, bu masofa P— Q intervali deb ataladi. S tishchasi bilan T tishchasi orasida esa S—T intervali bor. Elektro­kardiogramma tishchalarining kattaligi, yo‘nalishi va xarakteri turli sabablarga bog‘liq bo‘ladi. Normal elektrokardiogramma eng katta tishchalar ikkinchi ulanishda, undan sal kichikrog‘i birinchi ulanishda va eng kichkinasi uchinchi ulanishda kuzatiladi.



Download 245,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish