Ustoz yozuv ko'rinishi o'ta chiroyli bo'lmagani uchun wordga ko'chirdim.
Yakuniy nazorat ishi
Bosma OAV (sirtqi ) yo'nalish talabasi Jabborova Nazokatning
«Axborot texnologiyalari»fanidan 1-topshiriq
Magnitga aylangan kuch yoki daxshat iskanjasidagi hayot……
Bundan o'n besh yil muqaddam bizning uyda baxt bor edi. Samimiy suhbatlar, go'zal oqshomlar va esda qolarlik xotiralar. Uyimiz elq atori bo'lsada, tinch va xotirjamlik hukmnron mahallada joylashgandi.
Bir kuni dadam akamga sovg'a qilgan g'alati ekranli narsa hali- hanuz hayolimda. Orqasida kattagini bo'rtib chiqqan boshga o'xshash , yonida esa sichqonga o'xshahs uzun dumli qurilma…Yonidagi hamroh qora quti esa dadm aytishicha «miyasii». Zo'r-ku, deysiz ,albatta. Men ham shunday degandim.
Vaqt o'tib u bizga o'z hukmini o'tkazdi. U bizga emas , biz unga tobe' bo'ldik.
Avval kompyuterda ijod qilayotgan akam uning kino to'la miyasiga mixday bog'landi , qoldi. O'qishi rasvo va har tong ko'zi qizargancha uxlamay unga mukkasidan ketdi-qo'ydi. Biroz o'tib adashmasam ( 1 yillar chamasi ) akam asab kasalliklari shifoxonasiga yotdi. Sababi tundagi uxlamaslik va vaxshiy kinolar uni hayvon holiga solib qo'ygandi. Vaqt o'tib otam akam holatiga siqilib men va singlimga ham e'tibor bermay qo'yishdi. Shu vaqtda dota degan o'yinga bog'lanib qoldimki, u go'yo qotilliklar bazasiga tayyorgarlikdek ko'rinardi va u menga zavq bag'ishlardi.
Shoshmang , ketmang davomi ham bor. Senam shuda qo'y , deyapsizmi. Yo'q!!!
Bir oqshom tungi 2 lar chamasi kompyuterim menga o'yinda xat yozdi: mushugingni o'ldir! Ha , balli tushunasizmi, o'shanda akamni ahvoli yomonlashib, onam va otam uning yoniga shoshilib ketishgandi. Va men senga yangi bosqichga imkoniyat va pul mukofoti beraman. Indamadim ammo bu tahdid so'z 3 marta ketma-ket keldi: «o'ldir, o'ldir, o'ldir». Bechora zotdor , oppoqgina mushukcha edi. Avval pichoq bilan to'rt panjasini………..
Men uni shunchaki emas azoblab o'ldirdim….
Qo'limdagi qon esa huzur bag'ishlardi. Men onam kelguncha oshxonani tozalab, yoqimtoy momiqvoyni axlatxonaga tashlashga ulgurdim.
Bir 10 kunlar o'tib pochtadan xat keldi: manzilsiz…8 dona yuztalik dollar amakidan ekan…'
Eng qizig'i o'yin siri ochib berildi. Men shundan so'ng 3 ta qush, 2ta qo'shni it va oxiri 8 yoshli singlimni …
Achchiq haqiqat .. Men uning tobe'siga aylangandim. U hech qanday internet tarmog'iga aylanmay turib meni vahshiy qotilga aylantirdi. Men qotilman….
Kelar chog'im kompyuterni derazadan otib yubordim..Sud 18 yil berdi. . Hozir ` 28 yoshdaman. 4 yil qoldi, men tuzalib , hayotga qaytmoqchiman , doktor, rahmat sizga eshitganingizga ..
Nima deysiz, axir , doktor ..- mahbus boshini eggancha shifokor oldida yig'lab yubordi.
- bilasizmi, siz yozing. Menga shunchalar kayfiyatda aytdingizki, etim jimirlab ketdi. Kutubxonada sharoit bor . balkim, yozuvchi bo'larsiz..
Mahbus psixiatr ko'rigidan chiqib dam olish vaqti kutubxonaga keldiyu, qandaydir kuch bilan kompyuterni yoqdi. Bir amallab yangi dasturlardan yozish paneliga otdi-yu, endi yozaman deganda ekranda so'zlar paydo bo'la boshladi.
« Salom, azizam. Seni sog'indim. Xo'sh vazifani boshlaymizmi? Endi navbat…»
Jabborova Nazokat fojiali mistika
Do'stlaringiz bilan baham: |